ECHL. Yaxshiboev ettinchi bo'ldi, endi gol urgan o'zbekistonlik uchinchi futbolchi bo'la oladimi?
16 sen 2021 17:09
Yangiliklar
ECHL. Yaxshiboev ettinchi bo'ldi, endi gol urgan o'zbekistonlik uchinchi futbolchi bo'la oladimi?
SHuningdek, mazkur klub safida Jasurbek Yaxshiboev ham musobaqadagi birinchi uchrashuvida maydon tushib, 67 daqiqa harakat qildi.
O'yinda tiraspolliklar Adama Traore hamda Momo Yansanening gollari evaziga 2:0 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, Yaxshiboev nufuzli musobaqaning guruh bosqichida o'ynagan ettinchi o'zbekistonlikka aylandi. Avvalroq bunday natijaga quyidagi futbolchilar muvaffaq bo'lgan:
1. Maksim SHackix ("Dinamo K") – 45ta o'yin
2. Vladimir Maminov ("Lokomotiv M") – 26
3. Oleg Pashinin ("Lokomotiv M") – 17
4. Jafar Irismetov ("Spartak") – 4
5-6. Sefer Alibaev ("Tavriya") – 2
5-6. Nikolay Turchinenko ("Tavriya") – 2
CHempionlar Ligasining final raundida gol urish faqatgina ikki futbolchimizga nasib etgan. Bular, SHackix va Maminov. Maks hisobida 11ta gol bo'lsa, Vladimirda 2ta to'p mavjud.
Jasurbek Yaxshiboev ham ularning safiga qo'shilish uchun yaxshi imkoniyatga ega. “SHerif” ustozi Yuriy Vernidub vakilimizga to'liq ishonishini o'z intervyularida aytib o'tdi. Jamoani oldinda “Real”ga qarshi o'yin kutmoqda. 2-tur bahsi 29 sentyabr kuni Madridda bo'lib o'tadi.
Malumot o'rnida, CHL 2006/07 yilgi mavsum Maksim SHackix “qaymoqranglilar”ga (2:2) qarshi Kievdagi o'yinda dublga erishgandi.
Fikrlar