ECHL yarim finalida "Barselona" "Bavariya" bilan, "Yuventus" "Real" bilan o'ynaydi
24 apr 2015 15:35
Yangiliklar


ECHL yarim finalida "Barselona" "Bavariya" bilan, "Yuventus" "Real" bilan o'ynaydi
- Finalda ikkinchi juftlik g'olibi mezbon jamoa bo'ladi.
- Demak, "Barselona" - "Bavariya" uchrashuvi 5 may kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi. 6 mayda esa "Yuventus stedium"da "Yuventus" "Real"ni kutib oladi. Javob uchrashuvlari 12-13 mayda o'tkazilishi rejalashtirilgan.
1 juftlik
"Barselona" - "Bavariya"
2 juftlik
"Yuventus" - "Real"
- Juftliklarning birinchi jamoasi ilk uchrashuvni o'z uyida o'tkazadi.
- "Yuventus" o'tgan mavsumda xatto guruhdan chiqa olmagan. "Barselona" chorak finalda turnirni tark etgan. "Real" "Bavariya"ni mag'lub etib, finalda "Atletiko" bilan kurashgan edi.
- Demak, ushbu turnirning yarim finaligacha Germaniyaning "Bavariya", Italiyaning "Yuventus" va Ispaniyaning "Real" va "Barselona" jamoalari etib kela oldi.
- CHempionlar ligasi amaldagi g'olibi "Real".
- CHempionlar ligasi yarim finali uchun qura tashlash boshlanmoqda.
- Evropa ligasi qura marosimin saytimizda kuzatib boring.
Evropa CHempionlar ligasi final uchrashuvi Germaniya poytaxti Berlinda joylashgan "Olimpiashtadion" stadionida bo'lib o'tadi.
- Hozircha Evropa ligasi yarim finali uchun qura tashlanadi va bu tadbirni saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
- Sizningcha yarim finalda qanday juftliklar bo'ladi?
O'yindan oldingi fikrlar:
"Real" muxbiri Jo Uolker: "Real" va "Yuventus" o'tgan yili guruh bosqichida to'qnash kelgan edi. "Yuventus" 2003 yil yarim finalda "Qirollik klubi"ni turnirdan chiqarib yuborgan. O'sha jamoa azolaridan "Real"da faqat Kasilyas qolgan.
Xaver Maskerano: Bizga tushadigan har qanday raqib juda kuchli jamoa bo'lishi aniq, ko'ramiz taqdir bizga kimni ro'para qilar ekan. Bizni CHempionlar ligasi finalidan ikki uchrashuv ajratib turibdi va "Barselona" bu o'yinlarda g'alaba qozonishiga umid qilaman.
Iker Kasilyas: Biz to'rt buyuk jamoa, to'rtta Evropa chempionlari haqida gapiryamiz. Yarim final o'yinlari juda qiziq va tomoshabop bo'lishi aniq.
- CHempionlar ligasi yarim finalida Germaniya va Italiyadan bitta, Ispaniyadan esa ikkita jamoa ishtirok etadi.
- "Bavariya", "Real", "Barselona", "Yuventus".

Fikrlar