So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  3 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  3 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  14 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

ECHL. "Yang Boyz" so'nggi soniyalardagi gol evaziga "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi Yangiliklar

ECHL. "Yang Boyz" so'nggi soniyalardagi gol evaziga "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi

CHempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Yang Boyz" – "Manchester Yunayted" 2:1
"Stad de Syuiss" o'yingohi
Gollar: 0:1 – 13 Ronaldu, 1:1 – 66 Ngamale, 90+5 Teozon Sebatsho. 

"Yang Boyz" – fon Ballmos, Xefti, Lauper, Kamara, Garsiya, Martins Pereyra, Fassnaxt, Serro (Sebatsho, 46), Ngamale, Ebisher, Elia.

"Manchester Yunayted" – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, SHou, Pogba, Fred, Brunu Fernandesh, van de Bek (Varan, 46), Sancho (Diogu Dalot, 37), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Fassnaxt (45), Martins Pereyra (50), Varan (64).

CHetlatish: Uan-Bissaka (35)


Young Boys

Nicolas Ngamaleu - 66', Jordan Pefok - 90'

Champions League Grp. F . 1-tur

14/09/2021, 21:45

1
:
2
Tugadi

Manchester United

Cristiano Ronaldo - 13'

Stadion: Stade de Suisse Wankdorf, 31120 tomoshabin

Bosh hakam: Francois Letexier

45'
90'
45'  Christian Fassnacht
46'  Vincent Sierro (Jordan Pefok)
50'  Christopher Martins
66'  Nicolas Ngamaleu
66'  Silvan Hefti
82'  Christopher Martins (Fabian Rieder)
83'  Silvan Hefti (Miralem Sulejmani)
90'  Meschack Elia (Wilfried Kanga)
90'  Sandro Lauper (Cedric Zesiger)
90'  Jordan Pefok
13'  Cristiano Ronaldo
13'  Bruno Fernandes
35'  Aaron Wan-Bissaka
37'  Jadon Sancho (Diogo Dalot)
46'  Donny van de Beek (Raphael Varane)
64'  Raphael Varane
72'  Cristiano Ronaldo (Jesse Lingard)
72'  Bruno Fernandes (Nemanja Matic)
89'  Fred (Anthony Martial)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Hakamning final hushtagi yangradi, "Manchester Yunayted" ECHLni mag'lubiyat bilan boshladi. 

90+5-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Teozon Sebatsho mezbonlarga g'alaba keltirdi. Lingarddan assist! Inglizlar yarim himoyachisi to'pni bir raqibiga bermaslik uchun boshqasini birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi va Teozon sovg'ani qaytarmadi. 

90+3-daqiqa. Dalot to'pni Antoniga uzatdi, lekin himoyachilar unga imkon qoldirishmadi. 

"Yang Boyz" vakillari shu qadar erkin o'ynayaptiki, maydonda "sms" jo'natishga ham ulgurishyapti.  

90+2-daqiqa. O'zgarishlar! Meshak Elia va Sandro Lauper o'rniga Vilfrid Kanga hamda Sedrik Ceziger maydonga tushirildi. 

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi! 

89-daqiqa. O'zgarish! Fred o'rniga Marsiyal.

Ha, anchadan buyon "Manchester Yunayted" klass bobida o'zidan pastroq jamoaga qarshi bunday harakat qilganini ko'rmagan edik.

88-daqiqa. Mehmonlar butun tarkibi bilan jarima maydonchasida, himoyalanish bilan ovvora.  

86-daqiqa. Qulay imkoniyatdan Mumi aniq zarba berolmadi. Aks holda, kim biladi deysiz, dublni rasmiylashtirib qo'yarmidi. 

85-daqiqa. "Yang Boyz" burchak zarbasini amalga oshirdi. MYU hozircha chidab bermoqda.   

83-daqiqa. O'zgarishlar! Silvan Xefti va Martins o'rniga Fabian va Miralem Suleymani tushirildi.

80-daqiqa. Har ikki jamoadan bir nafardan futbolchi maydonda yordamga muxtoj bo'lib yotibdi. SHu sababli o'yin to'xtatilgan.   

76-daqiqa. Mehmonlar shoshilishmayapti. Endi ularga durang ham etarli. 

75-daqiqa. Pol Pogba charchaganiga qaramay, to'p uchun astoydil kurashib yuribdi. 

72-daqiqa. O'zgarishlar! Brunu Fernandesh va Ronaldu o'rniga Lingard va Matich maydonga tushirildi.  

69-daqiqa. Ronaldu jamoadoshlariga himoyada yotib olishdan foyda yo'qligini, oldinroqqa chiqish zarurligini uqtirishga urinyapti. 

Endi bir kishi kam bo'lib harakat qilayotgan MYU nima qilarkin?

66-daqiqa. GOOOOOL! Ngamalyo muvozanatni tikladi.    

64-daqiqa. Ogohlantirish! Rafael Varanga sariq kartochka ko'rsatildi.   

63-daqiqa. MYU katta kuch va qiyinchilik bilan himoyalanmoqda. Biroq hozircha inglizlar raqibga ortiqcha imkoniyat qoldirishmayapti.  

Ikkinchi bo'limning uchdan bir qismi ortda qoldi va qiziq bir fakt, tanaffusdan keyin "Manchester Yunayted" birorta zarba bermadi. 

60-daqiqa. Kamchilikda bo'lishiga qaramay, mehmonlar pressing uyushtirishga urinib ko'rishdi, ammo "Yang Boyz" futbolchilari amallab bo'sh zonaga chiqib keta olishdi.

58-daqiqa. Ronaldu yana himoyachi bilan kurashda yiqilib tushdi, lekin hakam bu safar ham bunga ortiqcha etibor qaratgisi kelmadi.  

De Xea hech qaerga shoshmayapti. Manchesterga reysga hali bir necha soat bor.

56-daqiqa. Ngamalyo jamoasiga burchak zarbasi ishlab berdi. Biroq "Yang Boyz" standartdan naf chiqara olmadi.    

55-daqiqa. "Yang Boyz"ning uzoq davom etgan hujumini Mishel Abisher zarba bilan yakunladi, biroq uning urinishi o'ta noaniq chiqdi.  

53-daqiqa. Qarshi hujumda to'pni himoyachidan olib qochib ketgan Ronaldu jarima maydonchasiga kirib, yiqilib tushdi, ammo hakam penalti belgilash uchun sabab yo'q dedi. 

51-daqiqa. Diogo Dalot raqib bilan kurashda to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.  

50-daqiqa. Ogohlantirish! Kristofer Martinsga Brunu Fernandeshga nisbatan qo'polligi uchun sariq kartochka ko'rsatildi. 

48-daqiqa. Tabiiyki, buyog'iga "Manchester Yunayted" shoshilmasdan, ehtiyotkorlik bilan hujumga o'tadi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

O'zgarish! "Yang Boyz" murabbiyi Vagner ham tanaffusdayoq o'zgarish qilishga qaror qildi. Vinsent Serro o'rnini Teozon Sebatsho egalladi.    

O'zgarish! Tanaffusdan mehmonlar azosi Donni van de Bek qaytmadi. Uning o'rniga maydonga himoyachi Rafa Varan tushirildi.

Bo'ldi, voqealarga boy bo'lgan birinchi bo'lim yakuniga etdi. Tanaffusdan so'ng, bizni yanada qiziqarli ikkinchi bo'lim kutib turganiga ishonamiz.

45+1-daqiqa. Ogohlantirish! Fredga nisbatan qo'pollik uchun Kristian Fassnaxt ogohlantirildi.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. Pogba to'pni olib qo'ygandi, lekin hakam francuz qoidani buzdi deb hisobladi .

Endi bir futbolchi ko'p bo'lib qolgan "Yang Boyz" dadillik bilan oldinga bormoqda. 

41-daqiqa. Silvan Xefti Lyuk SHouga nisbatan qo'pol o'ynadi va angliyalik himoyachi maydonda yotibdi. 

37-daqiqa. O'zgarish! Sulsher darhol munosabat bildirdi va Sanchoning o'rniga Dalotni o'yinga tashlamoqda.

35-daqiqa. QIZIL KARTOCHKA! Hozirgina tezligini maqtaganimiz, Van Bissaka juda xunuk harakat qildi va hakam haqli ravishda unga qizil kartochka ko'rsatdi!

33-daqiqa. Van Bissakaning tezligi APLga befarq bo'lmagan muxlislarga yaxshi malum, ammo bugun unga qarshi o'ynayotgan Ngamalyo ham bu jihatda undan qolishmasligini ko'rsatyapti.   

30-daqiqa. Bu safar o'ng qanotdan to'p havolatib jarima maydonchasidagi Ronalduga yo'llandi, ammo darvozabon baland sakrab to'pni ushlab oldi.    

28-daqiqa. To'pga egalik qilish foiz ko'rsatkichida 39 - 61 "Manchester Yunayted" foydasiga. 

Mehmonlar standartdan samara chiqara olishmadi.

26-daqiqa. Ali Kamara Ronalduga nisbatan qoidani buzdi. 

25-daqiqa. Javob hujumini esa Krishtianu kuchli zarbasi bilan yakunlamoqchi edi, ammo darvozabon to'pni maydon tashqarisiga chiqari yubordi. 

25-daqiqa. Kristian Fassnaxt jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli va aniq zarba yo'lladi, De Xea o'z o'rnida.   

23-daqiqa. Mumi Ngamalyo zarba berdi, lekin himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi.   

21-daqiqa. Mezbonlar burchak zarbasi ishlab olishdi. Uzatmadan keyin himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi. Takroriy urinishdan keyin Elia Meshakning bosh bilan zarbasi juda noaniq bo'ldi.  

20-daqiqa. Brunu Fernandesh o'yindan tashqari holatda edi. 

20-daqiqa. Lyuk SHou qanotdan uzatmani amalga oshirdi, Sandro Lauper to'pni qaytarib yubordi.  

18-daqiqa. "Manchester Yunayted" yana chap qanotdan oldinga o'tish niyatida. To'p yon chiziqdan o'yinga kiritib berildi.   

16-daqiqa. Himoyani o'ylasa ham gol qo'yib yuborgan "Yang Boyz" hujumga o'tishga urinmoqda. 

13-daqiqa. GOOOOOOL! Albatta, Krishtianu Ronaldu! Portugaliyalik futbolchi yana bir bor yuksak mahorat sohibi ekanligini isbotlab qo'ymoqda.
 

12-daqiqa. "Yang Boyz" futbolchisi chap qantodan jarima maydonchasiga yorib kirdi va xavfli uzatmani amalga oshirdi, lekin sheriklari uni tushunmadi. 

12-daqiqa. Lyuk SHouning uzatmasi Ronalduga etib borishiga posbon yo'l qo'ymadi. 

11-daqiqa. Donni van de Bek to'pga eta olmadi va raqibini erga qulatdi.   

9-daqiqa. Lyuk SHou to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi, lekin "Yang Boyz" futbolchilari qarshi hujumga qochib keta olmadi. 

7-daqiqa. "MYU" to'p nazoratini o'z qo'liga olmoqda. 

4-daqiqa. Mezbonlarning chap qanotdan rivojlangan hujumi xavfli bo'lishi mumkin edi, ammo jarima maydonchasi ichida Sancho to'pni to'xtata ololmadi.    

3-daqiqa. Uchrashuvdagi birinchi xavfli vaziyat va zarbani mezbonlar amalga oshirdi, hujumchi mo'ljalda biroz adashdi.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Young Boys

Nicolas Ngamaleu - 66', Jordan Pefok - 90'

Champions League Grp. F . 1-tur

14/09/2021, 21:45

1
:
2
Tugadi

Manchester United

Cristiano Ronaldo - 13'

Stadion: Stade de Suisse Wankdorf, 31120 tomoshabin

Bosh hakam: Francois Letexier

45'
90'
45'  Christian Fassnacht
46'  Vincent Sierro (Jordan Pefok)
50'  Christopher Martins
66'  Nicolas Ngamaleu
66'  Silvan Hefti
82'  Christopher Martins (Fabian Rieder)
83'  Silvan Hefti (Miralem Sulejmani)
90'  Meschack Elia (Wilfried Kanga)
90'  Sandro Lauper (Cedric Zesiger)
90'  Jordan Pefok
13'  Cristiano Ronaldo
13'  Bruno Fernandes
35'  Aaron Wan-Bissaka
37'  Jadon Sancho (Diogo Dalot)
46'  Donny van de Beek (Raphael Varane)
64'  Raphael Varane
72'  Cristiano Ronaldo (Jesse Lingard)
72'  Bruno Fernandes (Nemanja Matic)
89'  Fred (Anthony Martial)

"Yang Boyz" (SHveycariya) – "Manchester Yunayted" (Angliya)

21.45, «Stad de Syuiss»

Yang Boyz – Fon Ballmos, Xefti, Kamara, Lauper, Garsiya, Fassnaxt, Serro, Pereyra, Ebisher, Ngamalyo, Elia

Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Lindelyof, Maguayr, SHou, van de Bek, Fred, Pogba, Sancho, Brunu Fernandesh, Ronaldu

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика