ECHL va Evropa ligasi saralashi qisqartirilishi mumkin
12 may 2020 00:15
Yangiliklar


ECHL va Evropa ligasi saralashi qisqartirilishi mumkin
UEFA Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasi turnirlari saralash bosqichini o'tkazib borasida bir necha variantlarni ko'rib chiqmoqda.
UEFA ushbu mavsumdagi o'yinlarni avgust oyida o'tkazishni rejalashtirmoqda. SHu boisdan navbatdagi mavsum evrokuboklarning saralash bosqichlari o'yinlari qisqarishi mumkin.
Qayd etilishicha, ECHLning 2020/21 yilgi mavsum guruh bosqichi o'yinlari 20 oktyabr, Evropa ligasiniki esa 22 oktyabr kuni boshlanishi kutilmoqda.
Niderlandiyada sentyabrga qadar futbol o'yinlarini o'tkazish taqiqlangani uchun u erda saralash bahslarini o'tkazib bo'lmaydi.
Hozirda UEFAdagilar saralash o'yinlarini neytral stadionda bir o'yinlik qilish yoki umuman o'tkazmaslik borasida muzokaralar olib bormoqda.
UEFAning navbatdagi yig'ilishi 27 may kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar