

UEFA ushbu mavsumdagi o'yinlarni avgust oyida o'tkazishni rejalashtirmoqda. Shu boisdan navbatdagi mavsum evrokuboklarning saralash bosqichlari o'yinlari qisqarishi mumkin.
Qayd etilishicha, YCHLning 2020/21 yilgi mavsum guruh bosqichi o'yinlari 20 oktyabr, Yevropa ligasiniki esa 22 oktyabr kuni boshlanishi kutilmoqda.
Niderlandiyada sentyabrga qadar futbol o'yinlarini o'tkazish taqiqlangani uchun u yerda saralash bahslarini o'tkazib bo'lmaydi.
Hozirda UEFAdagilar saralash o'yinlarini neytral stadionda bir o'yinlik qilish yoki umuman o'tkazmaslik borasida muzokaralar olib bormoqda.
UEFAning navbatdagi yig'ilishi 27 may kuni bo'lib o'tadi.



