So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   10 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  15 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  14 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  12 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   13 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

ECHL: Tur yakunlari, statistika, qiziqarli faktlar va ligalarning antiqa turnir jadvali (FOTO) Yangiliklar

ECHL: Tur yakunlari, statistika, qiziqarli faktlar va ligalarning antiqa turnir jadvali (FOTO)

Evropa chempionlar ligasining 3-tur yakunlari haqida to'xtalib o'tamiz.

"A" guruhi: "Benfika" - "Manchester Yunayted" 0:1, CSKA - "Bazel" 0:2
"B" guruhi: "Bavariya" - "Seltik" 3:0, "Anderlext" - "PSJ" 0:4
"C" guruhi: "Qorabog'" - "Atletiko" 0:0, "CHelsi" - "Roma" 3:3
"D" guruhi: "Barselona" - "Olimpiakos" 3:1, "Yuventus" - "Sporting" 2:1

"E" guruhi: "Spartak" - "Sevilya" 5:1, "Maribor" - "Liverpul" 0:7
"F" guruhi: "Manchester Siti" - "Napoli" 2:1, "Feyenoord" - "SHaxter" 1:2
"G" guruhi: "Monako" - "Beshiktash" 1:2, "RB Leypcig" - "Portu" 3:2
"H" guruhi: "Real" - "Tottenxem" 1:1, APOEL - "Borussiya" Dortmund 1:1


O'tkazilgan 16 uchrashuvda jami 54ta gol kiritildi.
Mezbonlar 25ta golga mualliflik qilishgan bo'lsa, mehmondagi jamoalar hisobiga 29ta gol yozildi.

Eng ko'p gol "E" guruhida (13) urildi.
Eng kam gol esa "A" "kvarteti"da (3) kuzatildi.

Madridda o'tgan "Real" - "Tottenxem" uchrashuvida eng ko'p tomoshabin (76589) tashrif buyurdi.
Eng kam ishqiboz (7403) esa "Monako" - "Beshiktosh" o'yinida qayd etildi.

"Benfika" - "Manchester Yunayted" uchrashuvida portugaliyaliklar darvozasini qo'riqlagan Mile Svilar ECHL tarixida maydonga tushgan eng yosh darvozabonga aylandi. Mile Svilar Kasilyasning 18 yillik rekordini yangiladi.


Tur sensaciyasi esa Ozarboyjonda kuzatildi. Ispaniyaning grand klubi "Atletiko" bu safar Ozarboyjondan atiga bir ochko bilan qaytishga majbur bo'ldi. Gurban Gurbanov boshchiligidagi "Qorabog'" o'z uyida ECHLning so'nggi 2 mavsumdan buyon kamida yarim finalga qadar borayotgan "Atletiko"ga kutilgan ko'proq qarshilik ko'rsatishdi. O'yin yakunida maydon egalari g'alaba to'pini ham kiritishlariga bir bahya qolgandi.


Turni yana bir kutilmagan natijasi Moskvada qayd etildi. Massimo Karrera qo'l ostidagi "Spartak" Evropa ligasining mutaxassis jamoasi, oxirgi ikki mavsumdan buyon ECHLda o'ynayotgan Ispaniyaning nomdor klubi "Sevilya" posbonini 5 marotaba ranjitishdi. Yakunda esa "Spartak" ECHLdagi o'zining eng yirik g'alabasini nishonladi.


"E" guruhida esa 3-turda barcha jamoalar o'z hisoblariga 1 ochkodan qo'shib qo'yishdi. Peshqadamlar hamda autsayderlarning o'zaro qarama-qarshiligida g'olib nomi aniqlanmadi.
Har ikkala o'yinda ham kutilmagan durang bo'ldi.

Turni eng murosasiz o'yini shubhasiz Londonda o'tdi. Italyancha o'tgan uchrashuvda 6ta golga guvohi bo'lgan ishqibozlar uylariga bir xil kayfiyatda qaytishdi. "CHelsi" ham, "Roma" ham uchrashuv davomida g'alaba qozonib turib ustunlikni saqlab qola olishmadi. Ammo ikkala jamoa ham mag'lubiyatdan qutilib qolishga muvaffaq bo'ldi. SHu jihatdan qo'lga kiritilgan bir ochko har ikkala tomonni qanoatlantirgani aniq.

Manchesterda kechgan premer liga va A Seriya peshqadamlari o'rtasidagi bahsda g'olib chiqqan "Siti" guruhda yakka hokimlikni saqlab qoldi.

Yupp Xaynkesning "Bavariya"ga qaytishi esa kutilganidek muvaffaqiyatli chiqdi. Jamoa o'z uyida "Seltik"ka hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yirik hisobdagi g'alabani rasmiylashtirdi.

Ushbu turda hech bir futbolchi xet-trik qayd etgani yo'q. Firmino, Salax, Jeko, Azar, Promes, Tosun, hamda Bernard dubl muallifiga aylanishdi.

Yo'qotishlarsiz ketayotgan jamoalar: "Manchester Yunayted", PSJ, "Manchester Siti", "Barselona" va "Beshiktosh". Ushbu jamoalar har uchala o'yinda g'alaba qozongan holda 9 ochko bilan o'z guruhlarida peshqadamlik qilishmoqda.

PSJ esa hali o'z darvozasidan birorta gol o'tkazib yuborgani yo'q. "Anderlext" esa aksincha, belgiyaliklar 3-turdan keyin ham o'z gollari sonini ochib olishgani yo'q.

"Benfika", "Anderlext", "Olimpiakos" hamda "Feyenoord" jamoalari 3-turdan keyin ham ochko ishlashgani yo'q. Bu jamoalar guruhdan chiqish imkoniyatlarini deyarli yo'qotib bo'lishdi.


ECHLda to'purarlik bahsida Xarri Keyn hamda Ronaldu qo'shpeshqadamlik qilishmoqda. Har ikkala hujumchining hisobida 5tadan gol mavjud.


LIGALAR TURNIR JADVALI (birinchi davra)

1. APL (5 jamoa) - 37 ochko
2. La Liga (4 jamoa) - 22 ochko
3. A Seriya (3 jamoa) - 14 ochko
4. Bundesliga (3 jamoa) - 11 ochko
5. Franciya 1 Divizioni (2 jamoa) - 10 ochko
6. Turkiya chempionati (1 jamoa) - 9 ochko
7. Rossiya chempionati (2 jamoa) - 8 ochko
8. Ukraina chempionati (1 jamoa) - 6 ochko
9. SHveycariya chempionati (1 jamoa) - 6 ochko
10. Portugaliya chempionati (3 jamoa) - 6 ochko
11. SHotlandiya chempionati (1 jamoa) - 3 ochko
12. Ozarboyjon chempionati (1 jamoa) - 1 ochko
13. Sloveniya (1 jamoa) - 1 ochko
14. Kipr chempionati (1 jamoa) - 1 ochko
15. Belgiya chempionati (1 jamoa) - 0 ochko
16. Greciya chempionati (1 jamoa) - 0 ochko
17. Gollandiya chempionati (1 jamoa) - 0 ochko


"A" guruhi
"Benfika" - "Manchester Yunayted"
0:1

CSKA - "Bazel" 0:2


- "Manchester Yunayted" bu "kvartet"dagi peshqadamlik masalani deyarli hal etdi. "Bazel" va CSKA esa ikkinchi yo'llanma uchun kurashadi. Yo'llanmani yutqazgan jamoa esa katta ehtimol bilan Evropa ligasida o'z yurishini davom ettirishi mumkin. CHunki "Benfika"ning hozirgi holatidan kelib chiqadigan bo'lsak, 3-o'rinni qo'lga kiritish ham ularga oson bo'lmasligi aniq. Ikkinchi davrada balki ko'p narsa o'zgarishi mumkin. Ammo Manchesterning joyi o'zgarmasligi katta ehtimol.


"B" guruhi
"Bavariya" - "Seltik" 3:0

"Anderlext" - "PSJ" 0:4


Bu "kvartet"da guruhdan chiqadigan jamoalar nomi avvaldan malum edi. Birinchi davradan keyin esa bu yana bir bor o'z isbotini topgandek. Bu guruhda ikkita savol ochiq qolmoqda: Peshqadam va evropa ligasiga yo'llanma beruvchi 3-o'rin taqdiri. Peshqadam jamoa nomi "Bavariya" va PSJning Myunxendagi o'zaro o'yinida malum bo'lsa, "Seltik" va "Anderlext" evropa ligasi chiptasi uchun kurashadi.


"C" guruhi
"CHelsi" - "Roma" 3:3

"Qorabog'" - "Atletiko" 0:0


Uchta kuchli jamoalarni orasiga tushib qolgan "Qorabog'" aslida o'zini yo'qotib qo'ymadi. To'g'ri, jamoa ilk turda Londonda tor-mor keltirildi. Ammo Ozarboyjondagi o'yinlarda "Qorabog'"ning raqiblariga oson bo'lmayapti. Avvaliga "Roma" jiddiy qarshilikka uchradi, ammo g'alaba qozondi. "Atletiko" esa safarda "Qorabog'" bilan ochko bo'lishishga majbur bo'ldi. Londondagi dramada esa g'olib nomi aniqlanmadi. "Atletiko"ning Ozarboyjondagi ochko yo'qotishi ularga qimmatga tushishi mumkin. Guruhdan chiqish uchun eng yaxshi imkoniyat hozircha "CHelsi" va "Roma"da saqlanib turibdi. Diego Simeone jamoasi bahorda Evropa ligasida o'ynash huquqini qo'lga kiritishini taxmin qilish mumkin.


"D" guruhi
"Barselona" - "Olimpiakos" 3:1

"Yuventus" - "Sporting" 2:1


Bu guruhda ham quradan keyin kimlar 1-2 o'rin uchun kurashishi malum bo'lib ulgurgandi. Amalda ham shunday bo'lmoqda. Lekin "Yuventus"ga ikkinchi yo'llanma uchun "Sporting" jiddiy qarshilik ko'rsatmoqchiligi kechagi Turindagi bahsda ham ko'rinib qoldi. Portugaliyada o'tadigan javob bellashuvida "Sporting" g'alaba qozonsagina guruhdan chiqish uchun imkoniyatni oshiradi. Aks holda lissabonliklar Evropa ligasiga chiptani yutib olishlari mumkin. "Olimpiakos" esa birinchi davrada barcha jamoalarga ochko ulashib turdi.


"E" guruhi

"Maribor" - "Liverpul" 0:7

"Spartak" - "Sevilya" 5:1


Uchta jamoa ikkita yo'llanma uchun qizg'in kurashayotgan "kvartet"da ishlar ancha chigal. "Liverpul", "Spartak" hamda "Sevilya"ning qattiq raqobati oxirgi turga qadar cho'zilishi mumkin. Hozircha ikkinchi davra oldidan Yurgen KLopp va Massimo Karrera jamoasida imkoniyatlar yuqoriroq. Ispaniyaning "Sevilya" jamoasi ikkinchi davrada vaziyatni o'zgartira olmasa, unda o'zlari uchun yaxshi tanish Evropa ligasiga ravona bo'lishadi.


"F" guruhi
"Manchester Siti" - "Napoli" 2:1

"Feyenoord" - "SHaxter" 1:2


Bu guruhda "Siti" dastlabki uchta turdan keyin kim xo'jayin ekanligini ko'rsatib qo'ydi. "Napoli" va "SHaxtyor" esa ikkinchi o'rin uchun qizg'in kurash olib borishadi. Ukrainada o'tgan o'yinda "konchilar"ning g'alabasi hozircha turnir jadvalida kim ikkichni o'rin egasi degan savolga javob berib turibdi. "Napoli"da esa o'z uyida vaziyatni o'zgartirish imkoniyati mavjud. Ko'p narsani keyingi turdagi "Napoli" - "Siti" o'rtasidagi bahs hal etib beradi. Agarda Neapolda ham "Siti" "Napoli"ni mag'lub etsa, unda Gvardiola jamoasi "SHaxtyor" uchun pley-off eshiklarini ochib yuborishlari mumkin. CHunki "Feyenoord" jamoasi o'z uyida qilolmagan ishni Ukrainada amalga oshirishiga ishonish qiyin.


"G" guruhi

"Monako" - "Beshiktash" 1:2

"RB Leypcig" - "Portu" 3:2


Teng kuchli jamoalar jamlangan "kvartet"da "Monako" deyarli "o'yindan chiqdi". Turkiyaning ushbu ECHLdagi yagona vakili yo'qotishlarsiz ketmoqda. Peshqadam masalasi allaqachon hal etildi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Ammo ikkinchi o'rin uchun kurashda "Leypcig" hamda "Portu" jamoalari oxirigacha keskin kurashishlarini taxmin qilish mumkin.


"H" guruhi
"Real" - "Tottenxem" 1:1

APOEL - "Borussiya" Dortmund 1:1


Bu guruhda birinchi davradan keyin ko'p narsa oydinlashib qoldi. "Real" va "Tottenxem" peshqadamlik uchun kurash olib borishayotgan bo'lsa, Dortmund kutilmaganda APOEL bilan 3-o'rin uchun kurashishga majbur. Keyingi turda Londonda birinchi o'rin masalasi hal etiladi. Dortmundda esa katta ehtimol bilan Peter Boshsh jamoasi hech bo'lmaganda Evropa ligasi yo'llanmasiga ega chiqish uchun harakat qiladi. CHunki "Borussiya" faqatgina juda katta omad evaziga guruhdan chiqishi mumkin.



ECHL 3-TUR RAMZIY TERMA JAMOASI (4-3-3):

Darvozabon: Ibrohim Sexich ("Qorabog'")
Himoyachilar: Joshua Kimmix ("Bavariya"), Dimitriy Kombarov ("Spartak"), Sokratis Popastatopulos ("Borussiya" D) Aleksandr Kolarov ("Roma")
Yarim himoyachilar: Nabi Keyta ("Leypcig"), Eden Azar ("CHelsi"), Bernard ("SHaxter")
Hujumchilar: Roberto Firmino ("Liverpul"), Edin Jeko ("Roma"), Kvinsi Promes ("Spartak")

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика