So’nggi yangiliklar

21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  57 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  0 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  1 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  29 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  0 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  2 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  3 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  7 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  12 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4

To'rtta jamoa barcha masalani hal etdi, uchta jamoa uchun ECHL tugadi va boshqa qiziqarli malumotlar haqida Yangiliklar

To'rtta jamoa barcha masalani hal etdi, uchta jamoa uchun ECHL tugadi va boshqa qiziqarli malumotlar haqida

Seshanba va chorshanba kunlari Evropa chempionlar ligasida 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda bir qator kutilmagan va sensacion natijalar qayd etildi.

31 okyatbr, seshanba

"A" guruhi: "Manchester Yunayted" - "Benfika" 2:0, "Bazel" - CSKA 1:2
"B" guruhi: "Seltik" - "Bavariya" 1:2, "Pari Sen-Jermen" - "Anderlext" 5:0
"C" guruhi: "Roma" - "CHelsi" 3:0, "Atletiko" - "Qorabog'" 1:1
"D" guruhi: "Olimpiakos" - "Barselona" 0:0, "Sporting" - "Yuventus" 1:1

1 noyabr, chorshanba

"E" guruhi: "Liverpul" - "Maribor" 3:0, "Sevilya" - "Spartak" 2:1
"F" guruhi: "SHaxter" - "Feyenoord" 3:1, "Napoli" - "Manchester Siti" 2:4
"G" guruhi: "Beshiktosh" - "Monako" 1:1, "Portu" - "RB Leypcig" 3:1
"H" guruhi: "Tottenxem" - "Real" 3:1, "Borussiya" - APOEL 1:1


"Atletiko" o'z uyida ham Ozarboyjonning "Qorabog'" qarshiligini enga olmadi. Bu jamoalar o'rtasidagi dastlabki uchrashuvda durang qayd etilgandi. Bu qarama-qarshilikdagi  har ikkala o'yin natijasi shubhasiz barchani ajablantirdi.

SHuningdek, "Borussiya" - APOEL o'rtasidagi har ikkala to'qnashuvda ham g'olib nomi aniqlanmadi.
"Atletiko" va "Borussiya" jamoalari guruhdan chiqish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yuborishdi.

Turning markaziy o'yinlari London, Neapol va Rimda o'tkazildi.


"Roma" va "CHelsi" o'rtasidagi bahsda tezkor gol o'yin taqdirini belgilab berdi. Aynan SHaaravi tomonidan kiritilgan goldan keyin Kontening o'yinga tayyorlagan rejasi barbod bo'ldi va yakunda "Roma" yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Londondagi bahsda mag'lubiyatdan qochishga muvaffaq bo'lgan "CHelsi" bu ishni Rimda takrorlay olmadi. "CHelsi" himoyachilari, xususan Ryudigerning xurmacha o'yinlari jamoasiga qimmatga tushdi.


Manchesterda "Siti"dan mag'lubiyat alamini tatib ko'rgan "Napoli" o'z uyida birinchi raqam bilan harakatlanishini taxmin qilish qiyin emasdi. Mauricio Sarri jamoasi kutilganidek o'yin boshidan hujumkor ruhda va birinchi raqam ostida o'ynadi. Birinchi bo'limda nisbatan kuchliroq ko'ringan "Napoli" o'z ustunligini hisobda to'liq aks ettira olmadi. Tanaffusdan keyin "Siti" darvozasini penaltidan ishg'ol etgan "Napoli" o'z darvozasidan uchta to'p o'tkazib yubordi. Natijada "Siti" Neapolda ham "Napoli"dan ustun keldi. O'yindan keyin jamoa avtobusini adashtirib qo'ygan Gvardiola ("Siti"ning avtobusiga o'tiraman deb "Napoli" futbolchilari o'tirgan avtobusga kirgan) uchrashuvga reja tuzishda adashmadi.


Londonda ham katta afishali bellashuv guvohiga aylandik. Guruh peshqadamini aniqlab berishi kutilgan uchrashuvda "Real" "Tottenxem" oldida chorasiz qoldi. Uchrashuv boshidanoq "Tottenxem" jamoasi Londonda kim xo'jayin ekanligini ko'rsatib qo'yish maqsadida oldinga intilishdi. Birinchi bo'limda to'liq tashabbus bilan o'ynagan mezbonlar tanaffusga qadar bitta gol urishdi. Ikkinchi bo'limda esa urilgan gollari soni ikki barobar ko'paydi. Bunga javoban turnir to'purari Ronaldu birgina gol yo'lladi. Londonda kim xo'jayinligini ko'rsatgan "shporlar" guruhda ham yakka hokimga aylanishdi. "Real" esa nimchorak final masalasini hal etishni kamida bir turga kechiktirdi.

Turning kutilmagan natijalaridan yana biri Greciya va Portugaliyada qayd etildi. Unda "D" guruhi etakchilari "Barselona" va "Yuventus" ochko yo'qotishdi.


4-turdan keyin guruhdan chiqish imkoniyatini rasman yo'qotgan jamoalar ("Seltik", "Anderlext", "Feyenoord") soni 3taga etdi.
Qolgan guruhlardagi autsayderlarda hali nazariy jihatdan imkoniyatlar saqlanib turibdi.

Nimchorak final masalasini muddatidan avval hal etgan jamoalar (PSJ, "Bavariya", "Tottenxem", "Manchester Siti") soni esa to'rttaga etdi.


Evropa chempionlar ligasida yo'qotishlarsiz ketayotgan jamoalar - "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va PSJ.
Etiborlisi, PSJ jamoasi hozircha o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborgani yo'q.


"Anderlext" esa hozircha gol urmagan yagona jamoa sifatida qolmoqda.

Ushbu turda Greciyada nursiz durang qayd etgan "Barselona" 5 yil deganda guruh bosqichida gol ura olmadi.

"Real"ning ECHL guruh bosqichidagi mag'lubiyatsiz seriyasiga "Tottenxem" barham berdi.

Hozircha uchta "C", "E", "G" "kvartet"larida hech bir jamoa rasman nimchorak masalasini hal etmagan va barcha klublarda guruhdan chiqish imkoniyati mavjud.
Qolgan ikkita turda aynan mana shu guruhlarda kurash ancha qiziydi.

Evropa chempionlar ligasining 4-turidan keyin uchta jamoa hozircha umuman ochko ishlamagan: "Benfika", "Anderlext" va "Feyenoord".


PSJ himoyachisi Leyvin Kurzava ushbu turda "Anderlext"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi


Ronaldu kechagi mag'lubiyatdan xafa. Ammo Krishtianu Ronaldu musobaqa to'purarlari ro'yxatida 6ta gol bilan yakka peshqadamlik qilmoqda

* "Real"ning ECHL guruh bosqichidagi mag'lubiyatsiz seriyasiga "Tottenxem" barham berdi.

* Hozircha uchta "C", "E", "G" "kvartet"larida hech bir jamoa rasman nimchorak masalasini hal etmagan va barcha klublarda guruhdan chiqish imkoniyati mavjud.
Qolgan ikkita turda aynan mana shu guruhlarda kurash ancha qiziydi.

* Evropa chempionlar ligasining 4-turidan keyin uchta jamoa hozircha umuman ochko ishlamagan: "Benfika", "Anderlext" va "Feyenoord".

ECHLda raqib darvozasiga eng ko'p xavf solgan jamoalar TOP5:
1. "Liverpul" (36 zarba)
2. "Bavariya" (34 zarba)
3. "Real" (33 zarba)
4. "Atletiko" (28 zarba)
5. "Manchester Siti" (28 zarba)

ECHLda raqib darvozasiga eng kam xavf solgan jamoalar TOP5:  
1. "Qorabog'" (7 zarba)
2. "Olimpiakos" (9 zarba)
3. "Maribor" (10 zarba)
4. "Benfika" (10 zarba)
5. APOEL (10 zarba)

Eng ko'p to'p bilan muomalada qiladigan jamoa: "Barselona" (68%)
Eng ko'p aniq pas oshirgan jamoa: "Barselona" (89,5%)
Eng ko'pol jamoa: "Sporting" (14 ogohlantirish)
Eng foydali futbolchi: Raul Albiol ("Napoli" - 2ta penalti ishlagan)


LIGALAR TURNIR JADVALI (4-turdan keyingi holat)

1. APL (5 jamoa) - 49 ochko
2. La Liga (4 jamoa) - 27 ochko
3. A Seriya (3 jamoa) - 18 ochko
4. Bundesliga (3 jamoa) - 15 ochko
5. Franciya 1 Divizioni (2 jamoa) - 14 ochko
6. Rossiya chempionati (2 jamoa) - 11 ochko
7. Turkiya chempionati (1 jamoa) - 10 ochko
8. Portugaliya chempionati (3 jamoa) - 10 ochko
9. Ukraina chempionati (1 jamoa) - 9 ochko
10. SHveycariya chempionati (1 jamoa) - 6 ochko
11. SHotlandiya chempionati (1 jamoa) - 3 ochko
12. Ozarboyjon chempionati (1 jamoa) - 2 ochko
13. Kipr chempionati (1 jamoa) - 2 ochko
14. Sloveniya (1 jamoa) - 1 ochko
15. Greciya chempionati (1 jamoa) - 1 ochko
16. Belgiya chempionati (1 jamoa) - 0 ochko
17. Gollandiya chempionati (1 jamoa) - 0 ochko


ECHL 4-tur ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Ibrohim Sexich ("Qorabog')
Himoyachilar: Kiron Tripper ("Tottenxem"), Karlao (APOEL), Yakub ("Qorabog'"), Leyvin Kurzava (PSJ)
Yarim himoyachilar: Danilo Pereyra ("Portu), Banega ("Sevilya"), Marlos ("SHaxtyor")
Hujumchilar: Delli Alli ("Tottenxem"), SHaaravi ("Roma"),  Raxim Sterling ("Manchester Siti")


Eslatib o'tamiz, ECHLda jamoalarning ochkolari teng bo'lib qolsa, unda avvalo o'zaro o'yinlar natijasiga qaraladi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика