So’nggi yangiliklar

23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  0 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  4 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Фламенго" – "Челси". Таркиблар аниқ!  2 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  3 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0 20:2332 ёшли Парти "Арсенал"ни тарк этади — Туркия клублари ҳаракатда  0 19:38"Ливерпуль" ҳимоя чизиғида ўзгариш кутиляпти — "Кристал Пэлас" ҳимоячиси рўйхатдаги асосий номзодлардан бири  0 18:41Мудрик антодопинг қоидаларини бузганликда айбланса, "Челси" уни судга беради  8 18:18Аморим Рэшфордга чиқиш эшигини кўрсатмоқда: МЮ уни "Реал"га таклиф қилди   3 17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  3

"SHerif" o'z tarixida ilk bor ECHLda g'alaba qozondi, Yaxshiboev 67 daqiqa o'ynadi Yangiliklar

"SHerif" o'z tarixida ilk bor ECHLda g'alaba qozondi, Yaxshiboev 67 daqiqa o'ynadi

Evropa chempionlar ligasi "D" guruhi 1-turidan o'rin olgan uchrashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

"SHerif" (Moldova) – "SHaxtyor" (Ukraina) 2:0

«SHerif»

Gollar: 1:0 – 16 Traore, 2:0 – 62 Yansane.

SHerif – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos (Yansane, 55), Till, Addo (Radelich, 86), Traore, Kastaneda (Nikolov, 85), Yaxshiboev (Bruno, 67).

SHaxtyor – Pyatov, Dodo, Marlon, Matvienko, Ismaili, Maykon, Pedrino, Markos Antonio (Alan Patrik, 65), Tete (Marlos, 46), Fernando Pedro (Mudrik, 65), Traore.

Ogohlantirish: Dulanto (42).

Bahs yakunlandi! "SHerif" va Yaxshiboev tarixiy yutuqni qo'lga kiritdi. Ofarin! Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Marlosning ichkariga uzatmasi muvaffaqiyatsiz chiqdi. 

87. "SHaxtyor" uchrashuvdani naq 17-burchak zarbasini amalga oshirdi. Ulardan birortasi hali foyda keltirganicha yo'q.

86. "SHerif"da o'zgarish: Addo o'rniga Radelich tushdi.

85. "SHerif"da almashtirish: Kastaneda o'rniga Nikolov tushirildi.

84. Mixail Mudrikning xavfli uzatmasi himoyachilar tomonidan uzoqlashtirildi.

82. Edmund Addo maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

80. Zarba!  Frank Kastaneda darvozani ko'zlab, Pyatovning xushyorligini sinab ko'rdi. Darvozabon zarbani qaytarishga erishdi.

77. Zarba!  Adama Traorening zarbasi sal qolsa "rikoshet" tufayli darvoza to'qqizligiga kirib ketishi mumkin edi.

75. Sebasten Till burchakdan yaxshi uzatmani amalga oshirdi, Andrey Pyatov darozadan chiqib kelib, ishonchli o'yin namoyish etdi.

72. "SHerif" o'zining ikkinchi taymdani birinchi pozicion hujumini amalga oshirdi. Ish zarbagacha etib bormadi, ammo vaqtdan yutishdi.

70. Lasina Traore jarima maydoni yaqinida "simulyaciya" ishlatib ko'rdi, bosh hakam Aytekin unga ishonmadi.

69. Marlonning ichkariga uzatmasi himoyachilar tomonidan qaytarildi.

67. "SHerif"da o'zgarish: Yaxshiboev o'rniga Bruno maydonga tushdi.

66. Yaxshiboev katta tezlikda oldinga bordi, ammo to'pni oldirib qo'ydi. 

65. "SHaxtyor"da 2 ta o'zgarish: Markos Antonio o'rniga Patrik,  Fernando Pedro o'rniga Mudrik tushdi. 

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "SHerif" hisobni oshirdi. Yansane bosh bilan jamoasining ikkinchi golini urdi – 2:0!  Kristianoda ikkinchi assist!

60. Mezbonlar himoyaga "yotib olishdi". Ularning maqsadi tarixiy g'alabani ushlab qolish.  

58. Zarba!  Maykonning uzatmasidan so'ng Marlon bosh bilan zarba berdi. Zarbaga aniqlik etishmadi.

57. Zarba!  Fernando Pedroning uzoqdan yo'llagan zarbasi Atanasiadis tomonidan bartaraf etildi.

55. "SHerif"da almashtirish: Kolovos o'rniga Yansane o'yinga qo'shildi.

54. Burchak uzatmasidan keyin Fernando o'zi xohlaganidek zarba berolmadi, to'p ancha yuqoriga ketdi. 

50. Maykon burchak zarbasidan to'pni ichkariga oshirdi. Marlonning bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.

49. Markos Antonio Kristianoning chap qanotdan oldinga borishiga yo'l qo'ymadi. 

47. Mehmonlarda burchak to'pi. Maykonning uzatmasidan keyin to'p Yaxshiboevga etib keldi, u jamoasi foydasiga "aut" ishladi.

46. "SHaxtyor"da o'zgarish: Tete o'rniga Marlos tushirildi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym yakunlandi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.

45. Zarba!  Maykon kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. 

42. Dulanto Tetega nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi.

40. Maykon tirsagi bilan Koloaosga zarba berib yubordi, fol.

37. Dimitrios Kolovos havodan pas uzatishga urindi, biroq to'p kutilmaganda jamoadoshiga tegib qoldi.

36. Jasur Yaxshiboevni oldinga boshlovchi pas berdi, hamyurtimiz kurash paytida qoidani buzdi. 

34. Pedrino sheriklarini pas bilan taminlashi lozim edi, lekin negadir zarba berishga chog'landi va himoyachilarni ko'zladi.

32. Fernando Lasina Traorega qulay pas berdi, hujumchining zarbasini Atanasiadis qaytardi.

31. Maydonda qandaydir kamchilik bor. Ikki jamoa azolari faqat to'qanab, yiqilib yurishibdi.

29. Ismailining zarbasi "rikoshet" orqali darvozabonga qulaylik taqdim etdi.

27. Pedrino "SHerif" posbonining xushyorligini sinab ko'rishga harakat qildi. Zarba aniq chiqmadi.

26. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika shaxtyorliklarning katta ustunligini ko'rsatmoqda – 27% - 73%.

24. To'p burchak zarbasidan chamasi 11 metrlik nuqta tomon uzatildi. Marlon zarba yo'lladi, noaniq.

23. Adama Traore goldagi kabi zarba yo'lladi, bu gal ancha yuqoriga.

22. Frank Kastanedaning darvoza tomon zarbasi himoyachilar tomonidan to'sib qo'yildi.

19. Zarba!  Jasur Yaxshiboev bir nechta futbolchini aldab o'tib, erlatib zarba berdi. Darvozabon o'z o'rnida!

19. Maykon fol ishlatdi, hakam o'yinni to'xtatdi.

16. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Kristianoning uzatmasidan keyin Adama Traore to'pni to'xtatmasdan zarba yo'lladi va darvozaga joyladi – 1:0. SHedevr gol!

14. Maykon burchak to'pini o'yinga kiritdi. To'p himoyachilar tomonidan uzoqlashtirildi.

11. "SHerif" qarshi hujumga o'tdi, ammo Kolovos to'pni himoyachilarga hadya qildi. Maqsad Yaxshiboevni oldinga boshlash edi.

10. Dastlabki 10 daqiqalikni tahlil qilsak, Jasur markaziy hujumchi sifatida o'ynamoqda. 

9. Tete himoyachini chalg'itib, zarba yo'lladi, noaniq.

6. Zarba!  Edmund Addo qanotda pas qabul qilib oldi va darhol zarba berdi. Noaniq.

4. Addo Maykonga nisbatan qoidani buzdi va og'zaki ogohlantirildi.

3. Pedrino dribling ko'rsatdi, aqlli qaror, biroq samarasiz j braziliyalik to'pni yo'qotdi.

2. O'yinni mehmonlar boshlab berishdi. Alohida aytish joiz, Moldova klubi ilk bor bunday darajadagi musobaqada qatnashmoqda. 

1. Bahs boshlandi!  

- O'yin 21:45 da boshlanadi.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun ECHL 1-turida hamyurtimiz ijara asosida to'p tepayotgan "SHerif" klubi o'z maydonida "SHaxtyor"ni qabul qilmoqda. Mazkur o'yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика