So’nggi yangiliklar

04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан ўйингача"  1 01:56U-23 Осиё кубоги. Даҳшат! Индонезия Жанубий Кореяни енгиб, ярим финалга йўл олди. Жамоалар 12 тадан пенальти тепишди  44 00:28Швейцария Суперлигасида ўйин олдидан қорли стадионни мухлислар тозалашди  0 00:11U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  3 23:54АПЛда ўйнайдиган икки нафар футболчи зўравонликда гумонланиб, ҳибсга олинди  7 23:37Франция президенти Дрогба ва Азар билан бир жамоада футбол ўйнаб, пенальтидан гол урди  3 23:10Ҳожимат Эркинов: "Учрашувнинг асосий вақтида ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  13 22:46Ямал тепган тўп дарвозага кирганмиди? Лунин жавоб берди  26 22:08U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  15 21:51U-23 Осиё кубоги. Мезбон Қатар Олимпиада йўлланмасидан маҳрум бўлди, Япония ярим финалда!  22 21:39Эрон футзал термаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши энг яхши ўйинимизни кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  6 21:14Биласизми? Роналду кунига беш маҳал ухлайди  16 20:48U-16 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Озарбайжонни мағлуб этди  3 20:20“Ордабаси” машғулотига номаълум шахслар ташриф буюриб, клубга ким хўжайин эканлигини кўрсатмоқчи бўлишди  14 20:01Карло Анчелотти Куртуа "Кадис"га қарши майдонга тушиши мумкинлигини тасдиқлади  3

ECHL. "Real Madrid" safarda "SHaxtyor"ga "bor-yo'g'i" 5 ta gol urdi Yangiliklar

ECHL. "Real Madrid" safarda "SHaxtyor"ga "bor-yo'g'i" 5 ta gol urdi

Evropa chempionlar ligasining 3-turi doirasida "SHaxtyor" - "Real Madrid" o'yini bo'lib o'tdi.

"SHaxter" – "Real Madrid" 0:5
"NSK Olimpiyskiy" stadioni
Gollar
: 0:1 – 37, avtogol Krivcov, 0:2 – 51 Vinisius Junior, 0:3 – 56 Vinisius Junior, 0:4 – 64 Rodrigo, 0:5 – 90 Benzema.

"SHaxtyor" – Trubin, Dodo, Krivcov, Marlon, Ismaili (Kornienko, 75), Alan Patrik (Stepanenko, 79), Solomon (Markos Antonio, 46), Maykon, Pedrino, Tete (Marlos, 46), Fernando Pedro (Mudrik, 74).

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Militao (Valexo, 87), Mendi (Marselo, 69), Modrich (Kamavinga, 78), Kroos (Valverde, 78), Kazemiro, Vaskes, Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo (Asensio, 78).

Ogohlantirish: Markos Antonio (46).

Shakhtar Donetsk

Champions League Grp. D . 3-tur

20/10/2021, 00:00

5
:
0
Tugadi

Real Madrid

Serhiy Kryvtsov - 37', Vinicius Junior - 51', Vinicius Junior - 56', Rodrygo - 65', Karim Benzema - 90'

Stadion: Stadion NSK Olimpiyskiy, Kyiv, 34037 tomoshabin

Bosh hakam: Srdjan Jovanovic

45'
90'
46'  Tete (Marlos)
46'  Manor Solomon (Marcos Antonio)
47'  Marcos Antonio
74'  Fernando (Mykhaylo Mudryk)
74'  Ismaily (Viktor Korniienko)
79'  Alan Patrick (Taras Stepanenko)
37'  Serhiy Kryvtsov
51'  Vinicius Junior
51'  Luka Modric
56'  Vinicius Junior
65'  Rodrygo
65'  Vinicius Junior
69'  Ferland Mendy (Marcelo)
78'  Toni Kroos (Federico Valverde)
78'  Rodrygo (Marco Asensio)
78'  Luka Modric (Eduardo Camavinga)
87'  Eder Militao (Jesus Vallejo)
90'  Karim Benzema
90'  Marco Asensio


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va "Real" chiroyli o'yin ko'rsatib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritib, muhim 3 ochkoni ishlab oldi.  

Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Marko Asensio golli uzatma muallifi.

90+1-daqiqa. GOOOOOOOL! Karim Benzema ham ismini tabloga yozdirib qo'ymoqda.   

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

87-daqiqa. O'zgarish! Xesus Valexo mavsumda ilk bor "Qirollik klubi" safida maydonga tushirildi. U Eder Militaoni alishtirdi.   

82-daqiqa. "Real" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

79-daqiqa. O'zgarish! "SHaxtyor"da ham o'zgarish yuz berdi. Alan Patrik o'rnini Taras Stepanenkoga bo'shatib berdi.  

78-daqiqa. O'zgarishlar! Kroos, Modrich va Rodrigo o'rniga Asensio, Kamavinga hamda Valverde tushirildi.    

77-daqiqa. Hozirgina o'yinga qo'shilgan Mudrik Militaoga nisbatan qo'pollik ishlatdi.   

75-daqiqa. O'zgarish! Fernando o'rniga Mixail Mudrik o'yinga qo'shildi.  

74-daqiqa. Marselo jarima maydoniga yaqin hududda to'pni egallab olgach, zarba berishga qaror qildi. Lekin jarohat sabab anchadan buyon o'yin amaliyotisiz qolib ketgan himoyachining urinishga aniqlik etishmadi.   

70-daqiqa. Xavfli vaziyat! Karim Benzema yaxshi harakat qildi, bir raqibini osonlik bilan aldadi va zarba yo'lladi, ammo Trubin bu safar to'pni qaytarishni uddaladi.  

69-daqiqa. O'zgarish! Ferlan Mendi o'rniga Marselo o'yinga qo'shildi.  

68-daqiqa. Hujumga yordamga kelgan himoyachi Dodo oyog'ini qayirib olib, jarohat oldi chog'i. 

67-daqiqa. Xavfli vaziyat! Tibo Kurtua ketma-ket ikki bor jamoasini qiyin vaziyatda qutqarib qoldi. Mezbonlar oradagi farqni qisqartirish uchun qulay imkoniyatga ega bo'lishgandi.     

65-daqiqa. GOOOOOOOL! "Real" oradagi farqni yanada oshirmoqda. Benzema-Vinisius-Rodrigo kombinaciyasini oxirgisi gol bilan yakunladi. Vinisiusdan bu safar golli uzatma.

61-daqiqa. Bu safar ham "SHaxtyor" futbolchilari burchak zarbasidan naf chiqara olishmadi. 

Alan Patrik to'pni o'ziga o'nglab zarba yo'lladi, Militao boshi bilan to'pni qaytarib yubordi. Yana burchak zarbasi. 

60-daqiqa. CHap qanotdan uyushtirilgan hujum burchak zarbasi bilan yakunlandi. 

58-daqiqa. Ketma-ket "zarbalar qabul qilib olgan" mezbonlar karaxt holatda hujumga o'tishga urinayotgandek. Ukrainaliklar to'pni egallab raqib jarima maydonchasiga yaqinroq kelishyaptiyu, uyog'iga nima qilishni bilmay qolishmoqda. 


56-daqiqa. GOOOOOOOOL! Vinnidan dubl! Braziliyalik futbolchi raqib himoyasini bir o'zi yanchib tashladi! SHunchaki super!

55-daqiqa. "SHaxtyor" futbolchilari katta qiyinchilik bilan zarbaga imkon topishdi. Lekin Kurtua kuchsiz zarbadan keyin osonlik bilan to'pni egallab oldi.  

51-daqiqa. GOOOOOOOOL! Vinisius oradagi farqni ikkitaga oshirmoqda. 

48-daqiqa. O'yin davom etadi.

47-daqiqa. Kazemiro raqib bilan to'qnashgach, oyog'ini ushlagan holda maydonda yotibdi. Unga yordam ko'rsatishlari zarur.   

O'zgarishlar! Tete va Solomon maydonga qaytmadi. Ularning o'rniga Marlos va Markos Antonio tushirildi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni Karim Benzema boshlab berdi.  

45-daqiqa. Hakam birinchi bo'limga umuman vaqt qo'shmaslikka qaror qildi. Tanaffus. 

45-daqiqa. Tezkor hujumni Rodrigo zarba bilan yakunladi, ammo himoyachi to'pni darvozagacha etib borishiga yo'l qo'ymadi.   

Burchak zarbasidan keyin to'p Karim Benzemaga kelib tushdi, franciyalikning aniq zarbasidan keyin Anatoliy Trubin o'zini ko'rsatdi.  

41-daqiqa. Vinisiusdan zarba, himoyachiga tekkan to'p maydonni tark etdi. 

40-daqiqa. Gol urib olganiga qaramay, "Real" bosimni davom ettirmoqda. 

38-daqiqa. avtoGOOOOOOL! Sergey Krivcov kutilmaganda to'pni Benzemaga o'tkazmayman deb, o'z darovzasiga to'g'rilab yubordi. CHiroyli gol chiqdi lekin.

36-daqiqa. Benzema jarima maydonchasi markaziga yo'llagan to'p sheriklariga etib bormadi, "SHaxtyor" qarshi hujumga qochib ketishiga Militao yo'l qo'ymadi va keyin Fernando unga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

34-daqiqa.Modrich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib ko'rdi, ammo to'p eng yaqin raqibga tegib qaytdi. 

"SHaxtyor"ning hujumi, oxirgi zarbani beradigan futbolchi topilmadi. 

33-daqiqa. "Real"ning navbatdagi hujumi, yana Karim Benzema zarba berishga imkon topdi, lekin to'p darvozadan ancha yuqoridan o'tib ketdi.   

30-daqiqa. Vinisiusdan uzatma qabul qilgan Kroos jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo'lladi, Trubin biroz qiyinchilik bilan to'pni qaytarishni uddaladi.  

28-daqiqa. Vinisiusning uzatmasini raqib ilib ketdi va "SHaxtyor" qarshi hujumga qochib ketishi mumkin edi, lekin to'p uzatishidagi xato tufayli barchasi chippakka chiqdi. 

26-daqiqa. Kroosning ajoyib uzatmasi va Rodrigo texnikasini ishga solib, jarima maydonchasiga yorib kirgandi, ammo son jihatdan ustunlikka ega himoyachilar xavfni bartaraf etishdi. 

23-daqiqa. Xavfli vaziyat! Mezbonlar chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirib ketishdi va Ferlan Mendi "Real"ni muqarrar goldan qutqarib qoldi. Qo'shimchasiga, yon hakami o'yindan tashqari holatni qayd etdi. 

20-daqiqa. Markazda Benzemadan to'pni olib qo'yishdi. Karim ko'zida va qo'lida og'riq his qilmoqda. 

19-daqiqa. Kutilmaganda jarima maydonchasiga kiraverishda to'pga egalik qilgan Kazemiro zarba yo'lladi, leki himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

17-daqiqa. "Real" futbolchilari raqibni maydon markaziga ham etib borishiga yo'l qo'ymayapti. 

15-daqiqa. "SHaxtyor" kutilmaganda qarshi hujumga o'tib ketdi, Solomon darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, lekin Tibo chiqib kelib, xavfni bartaraf etdi. 

Qaytarilgan to'pni egallab olgan Vinni zarba berishga qaror qildi, ammo juda noaniq. 

14-daqiqa. To'pni uzoq cho'zmay, qaytarib olgan "Real" yana burchak zarbasi ishlab oldi.  

Uchrashuvdagi birinchi burchak zarbasidan keyin Benzema zarba berishga urindi, ammo urinishi ko'ngildagidek chiqmadi. 

13-daqiqa. Lukas Vaskes qanotdan to'pni jarima maydonchasiga yo'llagandi, himoyachi uni maydondan chiqarib yubordi. Burchak zarbasi. 

10-daqiqa. Mezbonlar o'ng qanotdan hujumni rivojlantirish niyatida edi, Ferlan Mendi bunga yo'l qo'ymadi va to'pni jamoasiga olib berdi.   

8-daqiqa. "SHaxtyor" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.

6-daqiqa. CHaproqdan jarima maydonchasiga yorib kirgan Vinisius bir nechta futbolchi o'rtasida bo'lishiga qaramay, darvozaga aniq zarba yo'lladi, Trubin o'z o'rnida. 

4-daqiqa. "SHaxter" hujumga hujum bilan javob berishga urinib ko'rdi, lekin urinish yakuniga etmay qoldi. 

3-daqiqa. Xavfli vaziyat! O'yindagi ilk vaziyatni mehmonlar futbolchilari yuzaga keltirishdi. Rodrigo rivojlantirib, Vinisius ham ishtirok etgan hujumni Karim Benzema zarba bilan yakunladi, ammo noaniq. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi. 

Jamoalar maydonga tushib kelishdi va stadion uzra ECHL madhiyasi yangradi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика