So’nggi yangiliklar

20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  6 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  1 19:10"Аҳмоқона тақвимни инобатга олсак, ишларимиз жуда яхши кетмоқда"  6 18:45"Манчестер Сити" ёзда МЮ қизиққан дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 18:17Гвардиола Абдуқодир Ҳусановни мақтади  17 17:48"Милан" ЕЧЛга чиқа олмаса, етакчилар клубни тарк этади   2 16:58Расман: Френсис Нарх ва Достонбек Турсунов "Хоразм" сафига қўшилди!  7 16:33"ЦСКАнинг янги базаси — Европа стандартлари аналоги"  1 16:07ЎФА "Навбаҳор"дан трансфер тақиқини олиб ташлади. Клуб қарзларини 29 мартгача ёпмаса ОФК лицензиясини ололмайди  7 15:49"Қизилқум" Грузия клубини йирик ҳисобда таслим қилди  0 15:24БУМ! Кейинги мавсум Лео Месси "Барселона"га қайтади  41 14:55Расман: "Динамо" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади!  7 14:49Расман: "Нефтчи" Ўзбекистон терма жамоасида ўйнаган 4 нафар футболчини ПФЛда рўйхатдан ўтказди  19 14:10Интервью. Умар Эшмуродов - "Насаф", чемпионлик, Катанец ва Черан ҳақида  13

ECHL. Madridda bo'lib o'tgan finaoldi finalning ilk uchrashuvida jangovar durang qayd etildi Yangiliklar

ECHL. Madridda bo'lib o'tgan finaoldi finalning ilk uchrashuvida jangovar durang qayd etildi

ECHLning dastlabki yarim finali ilk uchrashuvi yakunlandi.

ECHL. "Real Madrid" - "Manchester Siti" 1:1

Gollar: Vinisius Junior (Eduardo Kamavinga) 36', Kevin De Bryoyne (Ilkay Gyundogan) 67'

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 2. Daniel Karvaxal, 22. Antonio Ryudiger, 4. David Alaba, 12. Eduardo Kamavinga, 15. Federiko Valverde, 8. Toni Kroos (18. Orelen Tchuameni 84'), 10. Luka Modrich (6. Nacho Fernandes 87'), 21. Rodrigo (11. Marko Asensio 81'), 9. Karim Benzema, 20. Vinisius Junior.

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 5. Xesus Valexo, 7. Eden Azar, 16. Alvaro Odriosola, 17. Lukas Vaskes, 19. Dani Sebalos, 24. Mariano Dias, 26. Luis Lopes.

"Manchester Siti": 31. Ederson Moraes, 2. Kayl Uoker, 3. Ruben Diash, 25. Manuel Akandji, 5. Jon Stounz, 16. Rodrigo Ernandes, 20. Bernardu Silva, 17. Kevin De Bryuyne, 8. Ilkay Gyundogan, 10. Jek Grilish, 9. Erling Xoland.

Zaxira: 18. SHtefan Ortega, 33. Skott Karson, 4. Kalvin Fillips, 14. Emerik Lyaport, 19. Xulian Alvares, 21. Serxio Gomes, 26. Riyad Marez, 47. Fil Foden, 80. Kol Palmer, 82. Riko Levis.

Ogohlantirishlar: Toni Kroos 45+2', Karlo Anchelotti 68', Ilkay Gyundogan 71', Eduardo Kamavinga 79', Bernardu Silva 86'

Real Madrid

Vinicius Junior - 36'

Champions League Final Stage . Semi Finals-tur

10/05/2023, 01:00

1
:
1
Tugadi

Manchester City

Kevin De Bruyne - 67'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 63485 tomoshabin

Bosh hakam: Artur Dias

45'
90'
36'  Vinicius Junior
36'  Eduardo Camavinga
45'  Toni Kroos
68'  Carlo Ancelotti
79'  Eduardo Camavinga
81'  Rodrygo (Marco Asensio)
84'  Toni Kroos (Aurelien Tchouameni)
87'  Luka Modric (Nacho Fernandez)
67'  Kevin De Bruyne
67'  Ilkay Gundogan
71'  Ilkay Gundogan
86'  Bernardo Silva


90+3. O'yin yakunlandi!

90+1. "Real" bosimni oshirmoqda, mehmonlar to'liq himoyalanmoqda.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Tchuamenining dahshatli zarbasini Ederson arang qaytarib qoldi!!!

81. Uchrashuvdagi dastlabki daqiqa o'yinning asosiy vaqti yakunlanishiga 9 daqiqa qolganda amalga oshirildi. 

78. Kroosning Benzemaga uzatgan ajoyib pasini Karim boshi bilan darvozaga yo'lladi, Edersondan ajoyib seyv!

75. O'yinning to'rtdan uch qismi o'tib bo'ldi, ikki jamoa haligacha tarkibda birorta o'zgarish qilgani yo'q.

71. Madrid gol o'tkazib yuborgandan so'ng faollikni yanada oshirdi. Buyog'iga endi barchasi qaytadan boshlanadi deyish mumkin.

Kevinning jarima maydonchasi tashqarisidan erlatib tepgan to'pi darvoza to'ridan joy oldi! 

67. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! De Bryuynedan ajoyib gol!

65. "Real" markazni "betonlab" qo'ygan. "SHaharliklar"ning hech bir hujumlari markazdan o'tmayapti.

60. Valverdening uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.

59. "Real" ketma-ket hujumlarni amalga oshirmoqda, biroq ulardan naf chiqmayapti. 

55. Holandning zarbasi yo'liga "Real" himoyachilari to'g'anoq bo'lishdi.

52. De Bryuynening ajoyib zarbasini Kurtua qaytarib yubordi!

50. Benzema jarima maydonchasi ichida chap oyoqda darvoza tomon zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi.

48. Madrid bo'limni juda faollik bilan boshladi. CHamasi, tanaffusda Anchelotti shogirdlarini qattiq koyigan ko'rinadi. Qiziq, kuzatamiz...

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. Gyundoganning ajoyib uzatmasini darvozaga yo'laydigan futbolchi topilmadi...

39. "Real" goldan so'ng yanada faollashdi.

Kamavingga oldinga yurish qilib to'pni Vinisiusga uzatdi, braziliyalik futbolchining ajoyib zarbasi golga aylandi!

36. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Vinisiusdan super gol!!!

34. Hujumlar uyushtirish navbati "Real"da endi. Bir qator hujumlar xavfli tus olmayapti, biroq muxlislarni jumbushga solib turibdi. 

25. Vinisius oldinga yurish qilib, to'pni markazga uzatdi, biroq bu vaziyatda manchesterlik himoyachilar to'pni qaytarishdi.

18. Rodrigoning ajoyib pasidan so'ng Benzema oldinga o'tib ketdi, Ederson to'pga o'z vaqtida chiqib, ushlab oldi.

16. Grilishning chap qanotdan havolatib uzatgan to'pini Holand darvozaga yo'lladi, to'pni Kurtua ushlab oldi.

16. Bahsning o'tgan 15 daqiqasida "Man Siti" faolligini ko'rdik. Qiziq, "Real" o'z maydonida mehmonlar ustunlik qilishiga yo'l qo'ymoqda.

15. Endigi zarba Holanddan bo'ldi, Kurtua o'z o'rnida!

14. Rodrining zarbasini Kurtua qaytarib yubordi.

8. Dastlabki zarba de Bryuynedan bo'ldi, to'pni Kurtua qaytardi.

6. Holand o'z ishini boshlab yubordi. To'pni egallab olib, Madrid jarima maydonchasiga yorib kirishga urindi, to'pni Kroos olib qo'ydi.

4. O'yinning dastlabki daqiqalari ajoyib boshlandi. Maydon shunchaki "yonmoqda"!

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. 

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика