ECHL. Real ishtirokidagi o'yinga muxlislar kiritilmaydi
29 sen 2016 17:16
Yangiliklar
ECHL. Real ishtirokidagi o'yinga muxlislar kiritilmaydi
Polshaning Legiya klubi ECHL doirasidagi Real bilan o'yinni tomoshabinlarsiz o'tkazadi.
UEFA polshalik muxlislarning Dortmundning Borussiya klubiga qarshi o'yindagi harakatlari tufayli shunday jazo tayinladi.
Varshava klubi stadionida tartibsizliklar, muxlislar tomonidan pirotexnika ishlatilgani, maydonga turli buyumlar otilgani va rasizmga yo'l qo'yilgani ayblari qo'yildi. Legiya muxlislari styuardlarga qarshi borib mehmon muxlislari o'tirgan sektorga kirmoqchi bo'lishdi.
Legiya 80 ming evro jarima ham to'laydi. Klub apellyaciya berishga tayyorlanmoqda. Legiya – Real uchrashuvi 2 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar