ECHL. "Manchester Yunayted"dan fantastik kambek
07 mar 2019 03:00
Yangiliklar


ECHL. "Manchester Yunayted"dan fantastik kambek
... RKunning markaziy bellashuvi Parijdagi "Park de Prens" stadionida bo'lib o'tadi. Dastlabki uchrashuvda "Old Trafford"dan 2:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan PSJ "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi. Uchrashuvdan matnli translyaciyani aynan shu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.
MATNLI TRANSLYACIYA
ECHL
Nimchorak final, javob o'yini
06.03.2019
"Park de Prens", Parij
PSJ - "Manchester Yunayted" 1:3
Gollar: Lukaku (2, 0:1), Bernat (12, 1:1), Lukaku (30, 1:2), Markus Reshford 90
PSJ: Buffon, Tyago Silva, Kimpembe, Kerer (Paredes, 70), Markinos, Verratti, Mbappe, Di Mariya, Dani Alvesh, Bernat, Draksler (Mene, 70).
"Manchester Yunayted": De Xea, Yang, Bayi (Dalot, 35), Smolling, Lindelof, SHou, MakTominey, Pereyra, Fred, Reshford, Lukaku.
Paris Saint-Germain Juan Bernat - 12' |
Champions League Final Stage . 1/8-tur 07/03/2019, 01:00 3
:
1
Tugadi
|
Manchester United Romelu Lukaku - 2', Romelu Lukaku - 30', Marcus Rashford - 90' |
Stadion: Parc des Princes, 47441 tomoshabin
Bosh hakam: Damir Skomina
Uchrashuv yakunlandi. Sulsher boshchiligidagi "Manchester Yunayted"dan fantastik kambek!!!!!
90+2. Gooooooooooollllllll, Markus Reshfordddddd MYUni tarixiy g'alaba sari boshladi.
90+1. Damir Skomina VARga murojaat qilganidan keyin parijliklar darvozasiga penalti belgiladi.
69. Kutilmaganda Draksler jarohat oldi. U o'zini almashtirishni so'radi. Uning o'rniga Mene maydonga tushdi.
65. O'yin surati tushib ketdi.
60. Di Mariyaning uzoq masofadan bergan zarbasini De Xea ushlab oldi.
56. AJOYIBBB GOOLLLL EMASSSS!!! Futbol tili bilan aytganda "zamax" bo'ldi. Albatta, PSJning bu hujumini va Di Mariyaning golini tariflashga til ojiz. Ammo offsayd borligi yaqqol ko'rinib turgandi.
54. Yo'q, birinchi bo'limda ham MYU yomon o'ynamadi. Ular shunchaki o'z uslubida o'ynashmoqda. Raqibni kutib olib, keskin qarshi hujum. Hozirgi daqiqalarda ham shunday o'yin.
52. PSJ xavfli hujumga o'tgandi. Ammon Lindelof o'z joyida anchagina ishonchli o'yin ko'rsatmoqda bugun.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
45. Taym shunday pallada tugaganidan PSJ xursand bo'lishi kerak. MYU anchagina xavflilashgandi. Yana bir necha daqiqalar bo'lganida "Yunayted" yana bir gol urib qo'yishi hech gap emasdi.
44. Birinchi bo'limning eng yaxshi futbolchisi sifatida Fredni keltirsak bo'ladi. U bugun shunchaki ajoyib o'yin ko'rsatmoqda.
43. ZARBAAAAA!!!! Kerer Buffon darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi. Ammo italiyalik posbon avtogolga yo'l qo'ymadi.
39. SHu o'rinda eslatma: Lukaku so'nggi 3 o'yinda 6 gol urdi
36. ZARBAAAAA!!! Reshford xavfli zarba berdi. Noaniq, ammo offsayd.
35. Ana holos! Bayi jarohat oldi. Uning o'rniga Dalot maydonga tushdi.
30. GOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!!! Reshfordning zarbasidan keyin Buffon to'pni qo'lidan chiqarib yubordi. Kerakli paytda kerakli joyda paydo bo'lgan Lukaku qaytgan to'pga aniq zarba berdi va hisobni o'zgartirdi, 1:2.
29. Reshford tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Biroq uning so'nggi pasini hech kim tushunmay qoldi. Oqibatda MYUning kamdan kam hujumi to'xtadi
26. "Yunayted" futbolchilari individuallik jihatdan PSJdagi hamkasblaridan ortda qolmoqda.
23. O'yin "Yunayted"ning yarim maydonida kechmoqda. Mankunianliklar "Park De Prens"na ikkita avtobus bilan tashrif buyurishgan chog'i.
20. ZARBAAAAAAAAAA!!!! PSJning hujumi o'ta xavfli chiqdi. Yakunda Bernatning zarbasini De Xea qaytardi.
16. PSJ hujumga o'tdi. Alveshning pasidan keyin Mbappe o'tkir burchakdan zarba berdi. Noaniq.
12. GOOOOOOOOOOOOOOLLL!!!! BERNATTTTT!!!! Kilian Mbappening ajoyib pasidan keyin Xuan osonlik bilan gol kiritdi. "Yunayted" himoyada yotavergani uchun jazolandi.
11. PSJ bosimni oshirmoqda. "Yunayted"ning ajoyib himoyasi esa bunga turib bermoqda.
7. Qanotdan Kerer to'pni markazga oshirdi. Mbappe zarba bera olmadi. Ikkinchi tempda ham huddi shunday hujum uyushtirdi parijliklar. Endigi zarbani himoyachilar qaytardi.
6. PSJning bosimi boshlanmoqda. Hozircha zarba yo'q.
4. Uchrashuv surati tenglashdi. Hozircha to'p asosan markazda o'ynalmoqda.
2. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!!! LUKAKUUUUUU!!! Romelu raqib himoyachisining xatosidan unumli foydalandi, 0:1!
1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
- Uchrashuv o'tadigan "Park De Prens" osmoni uzra yomg'ir yog'moqda. Ko'ramiz, bu o'yinga qanchalik tasir qilarkin...
O’xshash yangiliklar

Fikrlar