So’nggi yangiliklar

01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  5 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  1 01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ғалабага эришди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  6 00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  4 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  8 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  26 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  84 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  8 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  11 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  5 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2

ECHL. PSJ "Leypcig"dan ustun keldi va guruh etakchiligini qo'lga oldi, Messi parijliklar uchun birinchi marta dublga erishdi Yangiliklar

ECHL. PSJ "Leypcig"dan ustun keldi va guruh etakchiligini qo'lga oldi, Messi parijliklar uchun birinchi marta dublga erishdi

Teglar :  ECHL PSJ"Leypcig"
CHempionlar ligasi "A" guruhi 3-turidan o'rin olgan uchrashuv tafsilotlarini mazkur sahifada kuzatib bordingiz.

PSJ (Franciya) – RB Leypcig (Germaniya) 3:2

«Park de Prens»

Gollar: 1:0 – 9' Mbappe, 1:1 – 28' Andre Silva, 1:2 – 57' Mukiele, 2:2 – 67' Messi, 3:2 – 74', penalti Messi.

Gol urilmagan penalti: Mbappe 90+4' (noaniq)

PSJ – Navas, Xakimi, Markinos, Kimpembe, Mendesh, Errera (Veynaldum, 61), Guye (Danilu Pereyra, 61), Verratti, Draksler (Kerer, 90), Messi, Mbappe.

RB Leypcig – Gulachi, Mukiele, Orban, Klostermann (Gvardiol, 70), Simakan (Poulsen, 83), Anxelino (Xenrixs, 83), Laymer, Adams, Aydara (Moriba, 62), Nkunku, Andre Silva (Forsberg, 83).

Ogohlantirishlar: Orban (18), Simakan (38), Guye (48), Xakimi (64), Adams (84).


Bahs yakunlandi! PSJ qiyin g'alabaga erishdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+4. Uuuux!  Kilian Mbappe penaltini ko'kka sovurdi. Uning zarbasi yuqoriga qarab ketdi... 

90+3. Gvardiol Xakimini yiqitgach, VAR ishga tushdi... Penalti! 

90+2. Kristofer Nkunku jarima zarasini ijro etdi, ammo to'p noaniq ketdi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. PSJda o'zgarish: Draksler o'rniga Kerer maydonga tushdi. 

86. Konrad Laymer Verrattiga nisbatan qo'pollik qildi, hakam vaziyatga befarq qaramadi.

84. Tayler Adams ogohlantirish oldi.

83. "Leypcig"da 3 ta almashtirish: Simakan o'rniga Poulsen, Anxelino o'rniga Xenriks, Andre Silva o'rniga Forsberg turishirldi. 

80. Zarba!  Yoshko Gvardiolning xavfli zarbasi noaniq chiqdi.

77. Marko Verratti jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan o'ynagandek tuyuldi, lekin hakam qoida buzish yo'q, dedi.

74. GOOOOOOOOOOOOOOL!  Lionel Messi penaltidan gol urib, hisobni 3:2 ko'rinishiga keltirdi!  

73. PENALTI!  Simakan Mbappega nisbatan qoidani buzgach, bosh hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi.

69. "Leypcig"da o'zgarish: Klostermann o'rniga Gvardiol tushirildi. 

67. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Mbappening pasidan keyin pastki chap burchakni ko'zlagan Lionel Messi hisobni tenglashtirdi 2:2!

64. Ashraf Xakimi Moriba Kurumani yiqitgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

62. "Leypcig"da almashtirish: Aydara o'rniga Kuruma o'yinni davom ettiradi. 

61. PSJda 2 ta o'zgarish: Guye o'rniga Danilu Pereyra, Errera o'rniga Veynaldum o'yinga qo'shildi. 

57. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Anxelinoning uzatmasidan keyin Nordi Mukiele o'ng oyoqda zarba yo'llab, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi! 1:2! 

55. Marko Verratti o'ziga bo'sh hudud izlashga kirishdi va darvoza tomon zarba yo'lladi, himoyachilar bunga to'g'anoq bo'lishdi.

52. Konrad Laymer bir raqibini aldadi, ammo darvozaga aniq zarba bera olmadi.

50. Guye Simakandan to'pni olib qo'yish chog'ida qo'pollik ishlatdi, Simakanga tibbiy yordam zarur.

49. Zarbaaaa!  Kristofer Nkunkuning chamasi 22 metrlik jarima zarbasi orqali yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

48. Idrissa Guye Andre Silvaga nisbatan qo'pol o'ynagani bois ogohlantirildi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi.

44. Anxelinoning ichkariga uzatmasi kutilgan natijani bermadi.

42. Zarba!  Kristofer Nkunku jarima maydoni chizig'iga yaqinlashib keldi, biroq uning zarbasi chap ustun oldidan o'tib ketdi. 

40. Messining ichkariga oshirgan to'piga himoyachilar birinchi bo'lib etib kelishdi. SHu orada Mbappe ofsaydga tushib qoldi.

38. Simakan Nunu Mendeshga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun jazolandi.

37. Marko Verrattining yaxshi o'ynalngan uzatmasini sherigi tushunmay qoldi.

33. Amadu Aydara "podnojka" orqali Ashraf Xakimini yiqitdi.

30. Nunu Mendeshning ichkariga uzatgan qaltis pasi himoyachilap tomonidan to'xtatib qolindi. To'p maydonni tark etdi, PSJda burchak zarbasi.

28. GOOOOOOOOOOOL!  Anxelinoning qulay pasidan keyin himoyachilar tomonidan bo'sh qoldirilshan hujumchi Andre Silva muvozanatni tikladi – 1:1!

24. Messi Mbappe bilan kombinaciya uyushtirishga urindi, biroq to'p yakunda Gulachiga nasib qildi.

22. Konrad Laymerning to'p oshirishidan so'ng Keylor Navas unga ega chiqishga erishdi.

20. Kilian Mbappe oxirgi to'qnashuvda jabr chekdi, lekin hammasi joyida, u o'yinni davom ettira oladi.

19. Villi Orban Mbappega nisbatan ishlatgan qo'polligi tufayli sariq kartochka oldi.

17. Nunu Mendesh kichik jarohatga yo'liqqani bois unga tibbiy yordam namoyish etildi.

14. Kristofer Nkunkuning uzatmasini himoyachilar bartaraf etishdi.

12. Qanotdan uzatilgan pasdan keyin Mbappe bosh bilan zaiba berdi, biroq noaniq.

10. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Kilian Mbappe yuksak darajadagi individual mahoratini ko'rsatib, darvoza burchagini nishonga oldi – 1:0!

8. Andre Silva baland sakragan holda bosh bilan zarba berdi, Keylor Navas ajoyib o'ynadi va zarba yo'liga g'ov bo'ldi.

7. Zarba! Ander Erreraning uzatmasidan keyin Yulian Draksler yaqin masofadan darvozani nishonga olishga harakat qildi, ammo noaniq.

4. Zarba!  Konrad Laymer ichkariga kirib borib, pastki burchak tomon zarba yo'lladi. Navas yaxshi o'ynadi va to'pni maydon tashqarisiga urib yubordi.

2. Mbappe qanot bo'ylab oldinga intildi. U markaz tomon uzatmani amalga oshirdi, ammo bu to'pga birinchi darvozabon ega chiqdi.

1. O'yinga start berildi!

- Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun "Pari Sen-Jermen" ECHL  3-turida o'z maydonida "Leypcig"ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuv matnli translyaciyasini yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика