ECHL. PSJ mag'lub bo'lsada, yarim finalga chiqdi. Xayr, "Bavariya"
14 apr 2021 01:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630894_original.jpg)
![](/upload/storage/630894_220.jpg)
ECHL. PSJ mag'lub bo'lsada, yarim finalga chiqdi. Xayr, "Bavariya"
PSJ - "Bavariya" 0:1
"Park De Prens" stadioni
Gol: 0:1 – 40 SHupo-Moting.
PSJ – Navas, Dagba, Diallo (Bakker, 58), Kimpembe, Paredes, Danilu Pereyra, Guye, Draksler (Kin, 73), Di Mariya (Errera, 88), Mbappe, Neymar.
"Bavariya" – Noyer, Boateng, Lyuka Ernandes, Pavar, Alaba, Myuller, Kimmix, Koman, Sane, SHupo-Moting (Xavi Martines, 85), Devis (Musiala, 71).
Ogohlantirishlar: Alaba (52), Dagba (55), Myuller (68), Errera (90).
Paris Saint-Germain |
Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur 14/04/2021, 01:00 1
:
0
Tugadi
|
Bayern Munich Eric Maxim Choupo-Moting - 40' |
Stadion: Parc des Princes, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Orsato
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va PSJ yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Amaldagi g'olib "Bavariya" esa uyiga ravona bo'ladi.
90+3-daqiqa. "Bavariya"ning navbatdagi urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
90+2-daqiqa. PSJ to'pni darvozasidan uzoqroqda olib yurishga harakat qilmoqda.
O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
90-daqiqa. Ogohlantirish! Hozirgina maydonga tushgan Ander Erreraga sariq kartochka ko'rsatildi.
89-daqiqa. Mbappe tezligi evaziga qarshi hujumni tashkillashtirib, uzatmani amalga oshirgandi, lekin Noyer to'p Neymargacha etib bormasligini taminlab, jamoasini qutqarib qoldi.
88-daqiqa. O'zgarish! Anxel Di Mariya o'rniga Ander Errera tushirildi.
84-daqiqa. Burchak zarbasidan "Bavariya" futbolchilari naf chiqara olishmadi, to'p Keylor Navasda.
81-daqiqa. "Bavariya" hujumga shoshmoqda, bu esa raqibning qarshi hujumlariga zamin yaratmoqda.
78-daqiqa. GOOOOOL! Mbappe gol urgandi, ammo o'yindan tashqari holta qayd etildi va gol inobatga olinmadi.
77-daqiqa. Moyze Kin fursat bo'ldi deguncha, zarba berdi, ammo to'p darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketdi.
Mayda follar ko'payib ketgandek.
73-daqiqa. O'zgarish! Draksler o'rnini Moyze Kinga bo'shatib berdi.
71-daqiqa. O'zgarish! "Bavariya"da Alfonso Devis o'rniga Musiala o'yinga qo'shildi.
71-daqiqa. Maydon markazida Neymarga nisbatan qo'pollik ishlatildi
68-daqiqa. Ogohlantirish! Tomas Myuller to'pga etolmay, Leandro Paredesning oyog'ini tepib yubordi.
65-daqiqa. Neymar va Di Mariya yuksak texnika sohibi ekanliklarini namoyish qilishdi.
63-daqiqa. "Bavariya"ning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi. Hakam SHupo-Moting himoyachiga nisbatan qo'pol harakat qildi deb topdi.
59-daqiqa. O'zgarish! Dialloning o'rnini Mitchel Bekker egalladi.
57-daqiqa. Abdu Dialloga nimadir bo'ldi chog'i. Futbolchi o'yinni to'xtatishni so'radi va maydonga o'tirib qoldi.
55-daqiqa. Ogohlantirish! Kolen Dagba o'ta qo'pol harakati uchun sariq kartochka ishlab oldi. Bu borada hisob tenglashdi 1:1
53-daqiqa. Vaaauv! Di Mariya barcha ishni qilib, Neymarga bo'sh darvozani qoldirgandi, ammo braziliyalik futbolchi to'pga zarba bera olmadi.
52-daqiqa. Ogohlantirish! David Alaba Neymarga nisbatan ochiqchasiga fol ishlatgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
52-daqiqa. Kingsli Koman jarima maydoni tashqarisidan zarba berib ko'rdi, ammo juda noaniq.
50-daqiqa. "Bavariya" burchak zarbasidan naf chiqara olmadi. Hakam nemislar hujumda fol ishlatdi deb topdi.
49-daqiqa. Jarima maydoniga to'p ajoyib tarzda etkazildi, Neymar uni qabul qilib oldi g'am, biroq zarbasi qovushmadi.
48-daqiqa. Neymar qaprshisida ikki raqib bo'lishiga qaramay, cho'chimay oldinga o'tishga harakat qildi va burchak zarbasi ishlab oldi.
47-daqiqa. David Alaba yana bir bor zarba berdi, lekin bu safar ham biroz noaniq.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Uni PSJ vakillari boshlashdi.
Jamoalar maydonga qaytishdi.
Bo'ldi, shu pallada bosh hakam Daniel Orsatoning hushtagi chalindi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.
45+2-daqiqa. Leroy Sane sal qolsa jamoasini tanaffusga 2ta to'p farq bilan oldinda chiqib ketishini taminlardi, ammo bunga Navas yo'l qo'ymadi.
45+1-daqiqa. Kingsli Koman o'yindan tashqari holatda ekanligi qayd etildi.
45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.
Burchak to'pidan keyin esamyunxenliklar samara chiqara olishmadi.
44-daqiqa. Uxxx! Goldan ruhlangan "Bavariya" hujumni davom ettirmoqda. Alaba jarima maydoniga kirmay, kuchli va xavfli zarba yo'llagandi, Keylor Navas chiroyli sakrab, to'pni qaytarib yubordi.
40-daqiqa. GOOOOOOOL! Erik SHupo-Moting hisobni ochdi! Kutilmaganda, oddiy vaziyatdagi oddiy zarba golga aylandi. Buyog'iga o'yin yanada qizishi turgan gap!
39-daqiqa. PSJ triosi raqib himoyachilari taqibini sezmagandek, bemalol o'tib ketishmoqda. Biroq bu safar ham Neymarning qulay vaziyatdan bergan zarbasi ustunga tegib maydonga qaytdi.
37-daqiqa. Neymaarrr! Braziliyalikning yuqori mahorati va engil harakatlaridan keyin zarba hamda to'p darvoza to'sinini larzaga soldi.
33-daqiqa. Neymar mazza qilib raqiblarini aldab tashlayapti. Hozirgi vaziyatda uning kuchli va aniq zarbasini Manu Noyer qiyinchilik bilan bartaraf etdi.
30-daqiqa. Di Mariya... Alfonso Devisni uyaltirib, to'pni oyoqlari orasidan bemalol o'tkizib ketdi.
27-daqiqa. Qarshi hujum! Mbappe yana chap qanotdan oldinga o'tdi va himoyachilarni o'ziga "tortib" to'pni Neymarga tashlab berdi, biroq Neymar yana Noyerni nishonga oldi.
26-daqiqa. Raqib himoyachilariga o'tkazilgan bosimdan so'ng mehmonlar to'pni olib qo'ydi va Yozua Kimmix zarba berdi, biroz noaniq.
21-daqiqa. Kingsli Koman tezligini ishga soldi va jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab berdi.
19-daqiqa. Markazda to'p olib qo'yilgach, PSJ futbolchilari tezkor qarshi hujumga oshiqishdi. Neymar, Mbappe va Di Mariya ishtirok etgan hujumni braziliyalik yakunlashi kerak edi, ammo u Boatengga to'qnashib, to'pga eta olmadi.
16-daqiqa. Alfonso Devis to'p uchun kurashni boy bergach, Anxel Di Mariyaga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
13-daqiqa. O'yin tempi u qadar yuqori emas va bu tabiiyki "Bavariya" rejalariga butkul to'g'ri kelmaydi. Hozircha Flik shogirdlari raqib darvozasi oldida keskinlikni yuzaga keltira olishmayapti.
11-daqiqa. Neymar bugun ham ancha faol va hozircha unga nisbatan bir necha bor qo'pollik ishlatib ulgurishdi.
9-daqiqa. Mbappening faolligi hamda Pavarning xatosidan keyin Neymar ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi va zarba ham yo'lladi, lekin Noyer jamoasini qutqardi.
5-daqiqa. "Bavariya" nihoyat to'p nazoratini o'z qo'liga olgandek. Germaniyaliklar raqibni o'z yarim maydonida himoyalanishga majbur qilmoqda, parijliklar esa qarshi hujum uchun payt poylayotgandek.
O'yindagi darvoza tomon yo'naltirilgan ilk zarbani Mbappe berdi, lekin biroz noaniq.
3-daqiqa. PSJ shoshilmay, raqibni ham tinchlantirishga urinmoqda.
1-daqiqa. O'yin boshlandi!
Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.
PSJ - "Bavariya"
"Park de Prens"
PSJ - Navas, Dagba, Danilo, Kimpembe, Diallo, Geye, Paredes, Di Mariya, Neymar, Draksler, Mbappe.
"Bavariya" - Noyer, Pavar, Kimmix, Sane, CHupo-Moting, Boateng, Devis, Ernandes, Myuller, Alaba, Koman.
Paris Saint-Germain |
Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur 14/04/2021, 01:00 1
:
0
Tugadi
|
Bayern Munich Eric Maxim Choupo-Moting - 40' |
Stadion: Parc des Princes, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Orsato
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar