So’nggi yangiliklar

13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  0 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  0 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   0 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  2 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  12 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  7 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  6 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1

ECHL. Parijda markaziy o'yin, Madridda taktik kurash, "Barselona" esa Ronalduning sobiq jamoasiga qarshi (Prevyu) Yangiliklar

ECHL. Parijda markaziy o'yin, Madridda taktik kurash, "Barselona" esa Ronalduning sobiq jamoasiga qarshi (Prevyu)

Evropa chempionlar ligasining 2-turi doirasidagi bugungi to'rtta guruh uchrashuvlariga tayyorlangan prevyuni taqdim etamiz.

Guruh peshqadamlarining o'zaro to'qnashuvida CSKA "Manchester Yunayted" bilan uchrashadi. Moskvada mehmon bo'ladigan "Manchester Yunayted" CSKAga jiddiy tashvish tug'dirishi aniq. Joze Mourinyu jamoasi ayni paytda juda yaxshi sport formada. Juda kam gol o'tkazayotgan "Manchester Yunayted" gol urish bobida yaxshi ko'rsatkichga ega. CSKA esa ECHL startini yaxshi boshladi. Portugaliyadan ilk turda g'alaba bilan qaytgan "harbiylar"ning ishtahasi ancha ochilgan. SHu boisdan ham o'z uyidagi o'yinda o'zi uchun kerakli natijaga umid qilishga haqli. 

Ammo jamoalarning hozirgi darajasi va saviyasidan kelib chiqadigan bo'lsak, bugun CSKA kecha "Spartak" qilgan ishni, yani bir ochko olishni uddalasa ham yaxshi natija hisoblanadi. Bu ishni qanday amalga oshirishni CSKA biladi. CHunki bu jamoalarning 2015 yildagi Moskvada o'tgan bahsida "harbiylar" durang qayd etishgandi. Moskvadagi o'yin guruhda kim yakka hokimlikni o'rnatishiga oydinlik kiritib beradi.

Birinchi turdan keyin guruh autsayderiga aylangan ikki jamoalar o'rtasidagi bahs SHveycariyada bo'lib o'tadi. "Bazel" MYUdan uchralgan mag'lubiyat alamini "Benfika"dan olishga urinib ko'radi. Rui Vitoria shogirdlari esa o'z uyida qilolmagan ishlarini safarda amalga oshirish uchun harakat qilib ko'rishadi.


"B" guruhida ham peshqadamlar hamda autsayderlar o'zaro to'qnash kelishadi.
Belgiyada "Anderlext" o'tgan turda PSJdan yaralangan "Seltik"ni qabul qiladi. Ushbu o'yin  guruhdagi uchinchi o'rin uchun imkoniyatni keskin oshiradi.

Nafaqat guruhning, balki turning eng markaziy uchrashuvi Parijda kechadi. Dahshatli transferlarni amalga oshirgan yangi PSJ uchun ilk jiddiy sinovni "Bavariya" taqdim etadi. Karlo Anchelotti o'zining sobiq jamoasiga qarshi "Bavariya"ni boshlab tushadi.
O'tgan haftada o'z chempionatlarida durang qayd etgan guruh favoritlari "kvartet"da kim "xo'jayin" bo'lishini belgilab beradi.

Neymar va Mbappe bilan boyigan PSJ evropa grandiga qarshi o'yinda nimalar ko'rsata olishiga amalda guvoh bo'lamiz.
"Bavariya" esa ichki chempionatdagi bazi muvaffaqiyatsizliklar uchun ham ushbu katta o'yin orqali tanqidchilarga munosib javob qaytarishga ishtiyoqi baland.
PSJ safida Pastore jarohatidan forig' bo'layotgani uchun uning o'yinda ishtirok etishi hali nomalum.

"Bavariya" lazaretidagi eng muhim futbolchi Noyer uzoq muddatga safdan chiqdi. Bernat ham hali jarohatidan forig' bo'lgani yo'q. Tyago Alkantara esa umumiy guruh bilan mashg'ulotlarni boshlagan. SHuningdek, jarohati tufayli bir qator uchrashuvlarni o'tkazib yuborgan David Alaba ham safga qaytgan. Anchelotti bugun ularni maydonga tushirish imkoniyatiga ega. Robbenda esa kichik mikro jarohat mavjudligi bois uning ishtiroki hozircha so'roq ostida turibdi.

Tarix shuni aytib turibdiki, "Bavariya" hali Parij safaridan ochko bilan qaytmagan. Anchelotti "Bavariya"ning Parijdagi statistikasini yaxshi tarafga o'zgartira oladimi?
Ushbu dramatik o'tishi kutilayotgan o'yin ko'pchilikka katta qiziqish uyg'otmoqda. PSJ joriy mavsumda ECHLda jiddiy kurash taklif eta oladimi yoki yo'q, degan savolga javob beradigan o'yinda imkoniyatlar deyarli teng.


"C" guruhida ham ushbu turda etiborga molik uchrashuv bor. Madridda taktik qarashlari hamda uslublari jihatidan bir-biriga juda o'xshash mutaxassislar Diego Simeone va Antonio Konte to'qnash kelishadi. "Atletiko"ning metin himoyasi "CHelsi"ning italyancha uslubdagi himoyasiga qarshi.
Bu bahsda asosan taktik kurash, jamoalar bir-birini xatosini kutadigan o'yin bo'ladi. "Atletiko" birinchi turda yo'qotilgan ochkolar o'rnini qoplash maqsadida "CHelsi"ga qarshi faqat va faqat g'alaba uchun maydonga tushadi. Konte esa kamida bir ochko bilan qaytishni ko'zlashi aniq. Natija uchun o'ynaydigan jamoalar o'rtasidagi bahsda aql ko'p narsani hal etadi.

Guruhning narigi bellashuvida ECHL debyutanti "Qorabog'" "Roma"ni mehmon qiladi. Londonda javobsiz oltita golni qabul qilib olgan ozarboyjonliklar katta sensaciya qayd etish uchun bor kuchlarini sarflashlari aniq. "Roma" esa nafaqat ochkolar sonini oshirib olishi, balki to'plar nisbatini ham keskin yaxshilab olishi mumkin.


"D" "kvarteti"da "Yuventus" o'z uyida Greciyaning "Olimpiakos" jamoasini qabul qilsa, "Barselona" Portugaliyada Krishtianu Ronalduning sobiq jamoasiga qarshi kuch sinashadi.
O'tgan turda mag'lubiyat alamini tatib ko'rgan ikki jamoa - "Yuventus" hamda "Olimpiakos" Turinda o'zaro bahslashadi.
"Yuventus" jamoasining o'ng qanot himoya chizig'ida etarlicha muammolar bor. Lixtshtayner ECHLda ro'yxatdan o'tkazilmagan bo'lsa, aynan shu nuqta uchun xarid qilingan De SHilo "Barselona"ga qarshi o'yindagi jarohati tufayli safdan chiqqandi. Bu esa Allegriga ortiqcha bosh og'riq bo'lmoqda. Bugun Allegri o'ng qanotda asli yarim himoyachi hisoblangan Sturaroni qo'yishi mumkin. Yoki Barcali o'ng qanot himoyasida o'ynaydi. Qolgan chiziqlar bo'yicha ortiqcha muammo yo'q. Xedira va Markizioning o'rni esa Pyanich hamda Matyuidi bilan munosib to'ldirilmoqda.

Ushbu uchrashuvda "Yuventus"ni xato qilishga haqqi yo'q. Aks holda guruhdagi holati ancha qiyinlashib qoladi. "Olimpiakos" uchun ham Turindan ochko bilan qaytish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Navbatdagi mag'lubiyat greklar uchun imkoniyatlar eshigini deyarli yopib qo'yadi.

"Sporting" - "Barselona" uchrashuvi esa guruh peshqadamini aniqlab beradi va pley-off yo'llanmasi uchun katta qadam bo'ladi. Kataloniya jamoasi La Ligada ham, ECHLda ham yaxshi start oldi. Ernesto Valverde Ispaniya superkubogidan keyin jamoani tezda o'ziga keltira oldi. Jamoa ketma-ket g'alabalarni rasmiylashtirmoqda. Ernesto Valverde tarkibda bazi yo'qotishlarga ega. Usman Dembele malum muddat jarohati sabab jamoasiga yordam bera olmaydi. SHuningdek, Rafinyada ham jarohat bor. Qolgan futbolchilarning barchasi Valverde ixtiyorida tayyor holatda turishibdi.

Krishtianu Ronalduni kashf etgan jamoa "Barselona"ga bugun jiddiy qarshilik ko'rsatishga harakat qiladi. Ronalduning Lissabondagi ishqibozlari tomonidan Messi anchagina "iliq" kutib olinishi aniq.
Yorge Jesus jamoasi Greciyadagi muhim g'alabadan keyin o'z kuchiga bo'lgan ishonchni ancha oshirib oldi. SHu boisdan lissabonliklar "Barselona"ga qarshi o'yinda ham g'alaba uchun kurash olib borishlari tabiiy.

Ammo jamoaning oxirgi ikki uchrashuvda kutilgan natijani qayd eta olmagani, ularning ruhiy holatiga o'z tasirini o'tkazishi mumkin. "Sporting" avvaliga "Maritomo" bilan, keyinchalik "Moreirense" bilan durang o'ynadi.
Lekin shuni qayd etish lozimki, "Sporting" joriy mavsumda hali mag'lubiyatga uchragani yo'q. "Barselona" hozircha hech kim uddalay olmayotgan ishni Lissabonda bajarishi mumkin.



ECHL, 2-tur.

"A" guruhi

CSKA - "Manchester Yunayted"

"VEB Arena" stadioni.

Bosh hakam
: Yonas Eriksson (SHveciya)

CSKA
: Akinfeev; Nababkin, Vasin, V. Berezuckiy, A. Berezuckiy, SHHennikov; Golovin, Vernblum, Dzagoev; Vitino, Olanare
So'roq ostida: Mario Fernandes (jarohat)

"Manchester Yunayted": de Xea; Darmian, Beyi, Djons, Blind; Errera, Matich; Mata, Mxitaryan, Reshford; Lukaku
O'ynamaydi: Pogba (jarohat), Roxo (jarohat), Ibragimovich (jarohat), Fellayni (jarohat), Karrik (jarohat)


"Bazel" - "Benfika"

"Yakob Park" stadioni.

Bosh hakam
: Kreyg Tomson (SHotlandiya)

"Bazel": Vaclik; Akandji, Suxi, Balanta; SHteffen, Dzuffi, T. Djaka, Lang; Elyunussi; Oberlen, van Volfsvinkel
O'ynamaydi: Gaber (jarohat)

"Benfika": Julio Sezar; Andre Almeyda, Luizao, Ruben Diash, Grimaldo; Feysa, Picci, Salvio, Servi; Jonas, Seferovich


"B" guruhi

"PSJ" - "Bavariya"

"Park de Prens" stadioni.

Bosh hakam
: Antonio Mateu (Ispaniya)

"PSJ"
: Areola; Dani Alves, Markinos, Tyago Silva, Kyurzava; Verratti, Tyago Motta, Rabo; Mbappe, Kavani, Neymar
So'roq ostida: Pastore (jarohat)

"Bavariya": Ulrayx; Kimmix, Xummels, Boateng, Rafinya; Xames, Alkantara, Vidal; Robben, Riberi, Levandovski
O'ynamaydi: Noyer (jarohat), Bernat (jarohat)


"Anderlext" - "Seltik"

"Konstant Vanden Stok" stadioni.

Bosh hakam
: Jesus Gil (Ispaniya)

"Anderlext"
: Buks; Appia, Spaich, Deshaxt, Sova; Trebel, Dendonker, Stanchu; Anni, Berich, Onekuru
O'ynamaydi: Kums (diskvalifikaciya), Naxar (jarohat)
So'roq ostida: Mbodji (jarohat), Obradovich (jarohat), Teodorchik (jarohat)

"Seltik": Gordon; Lustig, SHimunovich, Boyata, Tirni; Braun, Ncham; Roberts, Armstrong, Sinkler; Griffits
O'ynamaydi: Svyatchenko (jarohat), Ebue (jarohat)


"C" guruhi

"Atletiko" - "CHelsi"

"Eshtadiu Vanda Metropolitano" stadioni.

Bosh hakam: CHuneyt CHakir (Turkiya)

"Atletiko"
: Oblak; Xuanfran, Savich, Godin, Filipe Luis; Koke, Gabi, Tomas, Saul; Grizmann, Korrea
O'ynamaydi: Fernandes (jarohat)

"CHelsi": Kurtua; Aspilikueta, Luis, Kexill; Dzappakosta, Kante, Bakayoko, Alonso; Villian, Pedro; Morata
O'ynamaydi: Drinkuoter (jarohat)
So'roq ostida: Luis (jarohat)


"Qorabog'" - "Roma"

"Baki Olimpiya Stadionu" stadioni.

Bosh hakam
: Artur Dias (Portugaliya)

"Qorabog'"
: Kanibolockiy; Medvedev, Guseynov, Yunuszade, Jeznichak; Michel, Richard Almeyda; Enrike, Elyunussi, Madatov; Ndlovu
So'roq ostida: Agoli (jarohat)

"Roma": Alisson; Bruno Peres, Manolas, Juan Jezus, Kolarov; Pellegrini, De Rossi, Nainggolan; Defrel, Jeko, El-SHaaravi
O'ynamaydi: Karsdorp (jarohat), SHik (jarohat), Moreno (jarohat)
So'roq ostida: Perotti (jarohat)



"D" guruhi

"Sporting" - "Barselona"

"Eshtadio Xose Alvalade" stadioni.

Bosh hakam
: Ovidiu Xategan (Ruminiya)

"Sporting"
: Patrisiu; Pichchini, Mate, Koates, Silva; Jelson, Villyam Karvalyu, Battalya, Brunu Fernandesh, Akunya; Dumbiya

"Barselona": ter Stegen; Semedu, Pike, Yumtiti, Alba; Rakitich, Buskets, Iniesta; Messi, Suares, Deulofeu
O'ynamaydi: Dembele (jarohat), Alkantara (jarohat)


"Yuventus" - "Olimpiakos"

"Alyanc stedium" stadioni.

Bosh hakam
: Tobias SHtiler (Germaniya)

"Yuventus"
: Buffon; Sturaro, Bardzali, Kellini, Aleks Sandro; Pyanich, Matyuydi; Kuadrado, Dibala, Mandjukich; Iguain
O'ynamaydi: De SHilo (jarohat), Xevedes (jarohat), Markizio (jarohat), Pyaca (jarohat)
So'roq ostida
: Xedira (jarohat)

"Olimpiakos": Proto; Elabdellaui, Engels, Romao, Figeyrash; Zdelar, Jiye, Odjidja; Karsela-Gonsales, Seba; Djurdjevich
O'ynamaydi: Vukovich (jarohat), Kapino (jarohat)

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика