So’nggi yangiliklar

00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  1 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  3 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  1 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  1 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  0 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  9 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  9 21:30Эшитдик-да! "Бунёдкор" хорватиялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  8 21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  10 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  8 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  3 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  4

ECHL. Oxirgi 10 ta o'yinda 7 bor mag'lub bo'lgan "Inter" yana Ispaniyada mehmon bo'ladi Yangiliklar

ECHL. Oxirgi 10 ta o'yinda 7 bor mag'lub bo'lgan "Inter" yana Ispaniyada mehmon bo'ladi

"Atletiko" hozirgi "Inter"ni to'xtatish uchun boshdan baland sakrashi zarur.

ECHL 1/8 finalida hozircha sensacion natija kuzatilmadi va favoritlar keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilib kelmoqda. Biroq bu bellashuvda favoritni aniqlash biroz qiyinroqdek. To'g'ri, hozir neytral muxlislar "Inter"ning imkoniyatini yuqoriroq baholar, ammo... Har holda qura endi tashlangan vaqtda shu mavzu ko'tarilganida, Grizmann va Morata gollarni taxlab tashlayotgan, "Inter" esa "Real Sosedad"ni yuta olmagan vaziyat edi hamda ispanlarning imkoniyati sezilarli darajada yuqori baholangan bo'lardi. SHuning uchun ham odatda ECHL guruh bosqichidan keyingi qura tashlanganidagi taassurotlar va bevosita o'yinlar sanasiga etib kelganda, qarashlar bir-biridan farq qiladi.

Nima bo'lganida ham kunning eng muhim o'yini shubhasiz, Madridda bo'lib o'tadi. Unda bir muncha qiyin ahvolda bo'lishiga qaramay, CHolo "bandasi" "Inter"ni ranjitib Milanga kuzatib qo'yishga urinadi.    


"Atletiko Madrid" haqida...

1. "Atletiko" "Inter" bilan birinchi o'yindan keyin bor yo'g'i 1 ta g'alaba qozondi

Milandagi mag'lubiyatdan keyin "matraschilar" 4 ta o'yin o'tkazdi va faqatgina bitta g'alaba qozondi — "Betis" 2:1 hisobida taslim etildi. SHunigdek, "Almeriya" bilan durang (2:2), "Atletik"ka Ispaniya Kubogida 2 ta o'yin boy berildi (0:1, 0:3) va chempionat doirasida jon saqlash uchun kurashayotgan "Kadis" ustun keldi (0:2). Mag'lubiyatni "Inter" bilan javob o'yini muhimroqligiga yo'yish mumkin, biroq Diego Simeone jamoasining mexanizmida ECHL va chempionatda muhim o'yinlar davriga kelib, qaysidir qismi ishdan chiqqan. 

2. "Matraschilar" hujumida nima gap? 

Grizmannni to'pig'idagi jarohati bezovta qilayotgandi, lekin Antuan sheriklarini olg'a boshlashga tayyorligi aytilmoqda. Alvaro Morata bu ishda unga yordamlashadi. Milanda Alvaro jarohatidan endi tiklangandi va zaxiradan o'yinga qo'shilgan. Javob o'yinida "Yuventus" sobiq forvardi ko'prog'ini istashi aniq. Alvaro faoliyatining Italiyadagi davri "Inter"ga qarshi statistikasiga qaraydigan bo'lsak, 4 ta gol va 2 ta assist mavjudligini ko'ramiz. Lemar, Aspilikueta va Xose Ximenes "Inter"ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olishmaydi. Himoyaning eng markazida Vitsel o'ynasa, undan o'ngroqda Stefan Savich maydonga tushadi.

3. "Atletiko"ning asosiy umidi ― "Civitas Metropolitano" 

Jahonda kamdan-kam uy stadioni klubga, xuddi "Metropolitano" "Atletiko"ga bera oladigan energiyani bera oladi. Afsonaviy "Visente Kalderon"da ham shunday edi, yangi "Civitas Metropolitano"da ham anana davom etmoqda. Joriy mavsum "matraschilar" uy stadionida faqatgina Ispaniya Kubogida yutqazdi (o'sha "Atletik" bilan uchrashuv 0:1) va bir marta "Xetafe" bilan durang (3:3) o'ynadi. Vaziyatni yaxshiroq tushunish uchun, CHempionlar Ligasida "Atletiko" oxirgi marta 2021 yil noyabrida "Milan"ga (0:1) imkoniyatni boy berganini eslatib o'tish o'rinli bo'ladi. Hozirgi kundagi 8 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya bugun tunda davom etarmikin? 


"Inter" haqida...

1. "Inter" g'alabali seriyada ketmoqda

Ayni damda "neradzurri" 2024 yil boshidan qatorasiga 13 bor zafar quchishdi. Oxirgi ikki g'alaba "Jenoa" (2:1) va "Bolonya" bilan (1:0) "neradzurri"dan oxirgi payt ko'rib o'rganib qolganimizdan farqli o'laroq, bir muncha sustroq, kichik farqli natija bilan yakunlandi. ECHLda pley-off bosqichida ham keyingi bosqichga chiqishga yaqin turgan "Inter"ning A Seriyadagi ishlari ham joyida va ikkinchi o'rin bilan oradagi farq 16 ochko. 

2. "Inter" Marko Arnautovichni yo'qotdi, Karlos Augustoning ishtiroki so'roq ostida

Hujumchi "Bolonya"ga qarshi bahsda orqa son mushaklarini tortib oldi va bir oyga safdan chiqdi. Hozirgi vaziyatda lateral Karlos Augustoning yo'qotilishi muhimroqdek. Yuqori intensivlik sababli Dimarko barcha o'yinlarni yuqori darajada o'tkazishi oson emas, shu sababli, Karlosning zaxiradan o'yinga qo'shilishi jamoa foydasiga ishlayotgandi. Hozir esa katta ehtimol boshqa variant guvohiga aylanamiz — balki, Darmian qanotini alishtirar.

Hakan CHalxanoglu safga qaytdi — u "Bolonya"ga qarshi o'yinda maydonga tushib ulgurdi. Pavar, Dimarko, De Vrey va Lautaro Martines to'liq dam olishdi hamda barchasi joyida bo'lib tursa, ularning barchasini "Atletiko" bilan ilk daqiqalardan maydonda ko'ramiz.

3. "Inter" odatda Ispaniyada omadsiz o'yinlar o'tkazadi, ammo hozir vaziyatni o'zgartirish uchun qulay fursat

Uzoqqa bormaylik: "Inter" guruh bosqichida Ispaniyada qiyinchilik bilan "Real Sosedad"ga qarshi durang (1:1) o'ynadi, Pireney orollaridagi oxirgi 10 o'yinda esa — 3 durang va 7 mag'lubiyatga nima deysiz? Bir qarashda "Inter" bu safar ham "Metropolitano"dan xursand bo'lib ketishi qiyindek edi, biroq "Atletiko"ning muammolari va italiyaliklarning sport formasini inobatga olsak, nafaqat durang, balki g'alabadan ham umid qilish mumkin. "Inter" hozir himoyada ham, hujumda ham, texnik-taktik harakatlarda ham birdek ishonchli o'ynamoqda. Futbolchilar bir-birini tushinishi bu kabi juda yuqori darajaga chiqqanida istalgan raqibga qiyin bo'ladi.


Xo'sh, qadrli muxlis, siz bo'lajak bahsdan nimalar kutyapsiz? Fikrlaringizni izohda yozib qoldiring.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика