So’nggi yangiliklar

22:26"Бавария" 125 йиллигига бағишланган либосини тақдим қилди  0 21:57Европа лигаси. "Рома" - "Порту" баҳси асосий таркиблари маълум!  21 21:39"Интер" посбони бармоғини синдириб олди  1 21:15Камрон Саидазимов – "Шўртан" футболчиси!  0 20:59Назорат ўйини. "Қизилқум" Грузия жамоасини мағлуб қилди  0 20:45"Хоразм" назорат ўйинида Россия жамоасига ютқазди  2 20:29"Локомотив" назорат ўйинида "Шериф"га мағлуб бўлди  1 20:15Лига U-21 чемпионати учрашувларининг тўлиқ тартибда ўтказиш масъулиятини ўз зиммасига олмайди  0 20:01"Насаф" Туркияда Молдова клубига мағлуб бўлди  3 19:39"Динамо" Самарқанд Қозоғистон чемпионати гранди билан баҳсда дуранг қайд этди  1 19:33"Ливерпуль" — ЕЧЛ ғолиблигига асосий даъвогар. "Астон Вилла" эса ТОП-10да  11 19:11"Манчестер Сити" ёзда яна бир ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 18:24Ламин Ямаль "Реал"га ўтиши мумкинлиги ҳақида гапирди  20 17:51Иш якунланди! Беллингемга қизил берган ҳакам жазоланмайди  27 17:32Абдуқодир Ҳусанов иштирокидаги ўйинлар Ўзбекистонда олиб кўрсатиладими?  30

ECHL. "Milan" ilk o'yinda "Tottenxem"ni kichik hisobda dog'da qoldirdi Yangiliklar

ECHL. "Milan" ilk o'yinda "Tottenxem"ni kichik hisobda dog'da qoldirdi

Evropa CHempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Milan" - "Tottenxem" bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Milan" (Italiya) – "Tottenxem" (Angliya) 1:0

15 fevralya, 01.00, «Juzeppe Meacca (San-Siro)»

Gol: Dias (7, 1:0).

Milan – Teterushanu, Ker, Tiav, Kalulu, Ernandes, Salemakers (Junior Messias, 77), Krunich, Braim Dias (de Ketelare, 77), Tonali, Jiru, Rafael Leau.

Tottenxem – Forster, Emerson, Dayer, Langle, Romero, Perishich, Kulusevski (Risharlison, 70), Skipp, Sarr, Son Xen Min, Keyn.

Ogohlantirish: Romero (48), Dayer (63), Tonali (80).

AC Milan

Brahim Diaz - 7'

Champions League Final Stage . 1/8-tur

15/02/2023, 01:00

0
:
1
Tugadi

Tottenham Hotspur

Stadion: San Siro, 74320 tomoshabin

Bosh hakam: Sandro Schaerer

45'
90'
7'  Brahim Diaz
77'  Alexis Saelemaekers (Junior Messias)
77'  Brahim Diaz (Charles De Ketelaere)
80'  Sandro Tonali
86'  Sandro Tonali (Tommaso Pobega)
90'  Rafael Leao (Ante Rebic)
90'  Theo Hernandez
48'  Cristian Romero
63'  Eric Dier
70'  Dejan Kulusevski (Richarlison)
81'  Heung-Min Son (Arnaut Danjuma)
81'  Clement Lenglet (Ben Davies)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Milan" dastlabki bahsda "Tottenxem"ni kichik hisobda mag'lub etdi.

90+3. Keyn "Milan" jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi. Bu safar Ker undan to'pni osonlik bilan olib qo'ydi.

O'yinga 6 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

89. "Milan" hujumga o'tdi. Ammo Leau yaxshi imkoniyatga chiqib borayotgan paytda to'pni o'zidan yiroqlashtirib yubordi.

82. "Tottenxem"ning burchak zarbasidan keyin Dayerning zarbasi aniq chiqmadi. Yakunda Devis offsaydda qolib ketdi.

79. ZARBAAAAAAAA!!! Endi Malik Tiav boshi bilan darvozaga gol ura olmadi! Ikki daqiqada "Milan" ikkita golli vaziyatni ko'kka sovurdi. 

77. ZARBAAAAAAAA!!! De Kateleare deyarli 100 foizlik vaziyatdan foydalana bilmadi. Perishich to'pni burchakka chiqarib yubordi.

75. Sarrning zarbasini Teterushanu ushlab olishda qiynalmadi.

72. O'yin tempi yana pasaydi. So'nggi daqiqalar asosan markazda o'tmoqda.

66. UXXXX!!! Langle o'zi ham kutmay turgan paytda ikki himoyachidan o'tib ketdi va juda bo'sh pas berdi. Himoyachilar to'pni osonlik bilan burchakka chiqarib yuborishdi.

62. Son Xen Min burchak zarbasi ishladi. Undan uzatilgan to'pni darvozabon ushlab oldi.

59. Son jarimadan to'pni darvoza yoniga uzatdi. Himoyachilar birinchi zarbani qaytardi, Kulusevskining zarbasi esa himoyachilarga tegib, darvozabonga bordi.

56. Keyn "Milan" jarima maydonchasi yonida standart ishladi. "Tottenxem"da xavfli nuqtadan jarima.

51. "Milan" taym startida jarima zarbasiga ega bo'ldi. Tonalining uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+5. ZARBAAAAAA!!! Son Xen Min uzoq masofadan jarimadan zarba yo'lladi. Teterushanu zarbani qaytardi va taym tugadi.

45+4. Bu to'rtinchisi. Ker Keynga qarshi yana fol ishlatdi. Taymdagi so'nggi jarima.

45+2. ZARBAAAAA!! Keynning "bisiklet" zarbasidan keyin Emerson offsaydda qoldi. Natijada tayyor hujum yana yo'q bo'ldi.

Bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. ZARBAAAAAAAAAAA!!! Teterushanu hamda to'sindan seyv! Son Xen Min hamda Xarri Keyn ajoyib imkoniyatdan foydalana bilmadi.

42. Emerson o'ng qanotdan to'pni markazga oshirdi. Salemakers jamoasini goldan saqlab qoldi. U Son Xen Minga zarba berishiga yo'l qo'ymadi.

39. UXXXX!! Teo o'z qanotidan Romeroni "fishka" qilib o'tib ketdi va pas berdi. Himoyachi to'pni burchakka chiqarib yubordi.

38. Bugun Ker va Keyn "do'stlashib olishdi". Daniyalik futbolchi raqibiga qarshi uchinchi marta fol ishlatdi.

36. O'yin surati pasaydi. To'p asosan markazda.

30. "Tottenxem" hujumda. Qanotdan uzatilgan to'p uchun kurashda Ker hamda Keyn to'qnashib ketdi.

26. ZARBAAAAAAA!!! Emersonning kuchli zarbasini Teterushanu ushlab oldi.

25. UXXXXXXX!!! Keyn jarimadan zarba yo'lladi. To'p bir qancha futbolchilarga tegib, burchakka chiqib ketdi.

21. "SHporlar"da yana bir jarima zarbasi. Uzatilgan to'pga Emerson boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

16. "Tottenxem" xavfli vaziyatga ega bo'ldi. Jarimadan uzatilgan to'pdan keyin Keyn hujumda Kerga qarshi fol ishlatdi.

13. Xavfli vaziyat yuzaga keldi. Teterushanu aniq zarbani ushlab oldi. Hozircha "Tottenxem" xavfli o'yin ko'rsata olmayapti.

7. GOOOOOOOOOLLLL!!! "Milan" hisobni ochdi! Dastlabki ikki zarbani qaytargan Forster uchinchisini qaytarishga kuchi etmadi.

3. "Milan" standartga ega bo'ldi. Jarimadan uzatilgan to'pni himoyachilar ikki urinishda qaytarib yubordi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Ikkala jamoa futbolchilari va butun stadion zilzila sababli qurbon bo'lganlar xotirasiga bir daqiqa sukut saqladi.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! "Milan" hamda "Tottenxem" jamoalari ishtirokidagi bahs startiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика