So’nggi yangiliklar

17:02"Лилль" МЮга ўтиши кутилаётган Йорони қўрқитишга ўтди  2 16:53"Ал Насср" бразилия терма жамоаси вакили билан битим имзолади  0 16:15Ибрагимовичнинг ўғли "Милан" билан шартнома имзолади  2 15:41"Рома" янги мавсум учун либосини тақдим этди  1 15:35Мбаппенинг онаси: "Ўғлим ҳеч қачон алдамаган"  7 15:02"Арсенал" қора рангдаги либосини тақдим этди  2 14:52"Атлетико" тез орада 30 млн. евролик трансфер ҳақида эълон қилади  1 14:19Ўзбекистон U23 терма жамоаси янги либосларда машғулот ўтказди  22 13:41"Барселона" янги мавсум учун либосини тақдим этди  6 13:26ФИФА рейтинги янгиланди. Ўзбекистон кўтарилди  16 13:08Аёллар ОЧЛ саралаш босқичига қуръа ташланди. Бу баҳсларда қайси жамоамиз иштирок этади?  2 12:5836 ёшли Ракитич Гаттузо, Перишич ва Калинич бор Хорватия клубига ўтади  2 12:34Клопп Англияга рад жавобини берди  3 12:01ПСЖ Осимхен учун икки ҳужумчидан бирини танлаши керак  2 11:47"Бунёдкор" Тошкентда учта ўртоқлик учрашуви ўтказади. Рақиблардан бири терма жамоа  2

ECHL. "Milan" qiyin o'tgan bahsda "Napoli" ustidan muhim g'alabaga erishdi Yangiliklar

ECHL. "Milan" qiyin o'tgan bahsda "Napoli" ustidan muhim g'alabaga erishdi

Teglar :  "Milan""Napoli"ECHL
Evropa chempionlar ligasi chorak final doirasidagi "Milan" – "Napoli" uchrashuvida milanliklar qiyin g'alabani tantana qilishdi.

"Milan" (Italiya) – "Napoli" (Italiya) 1:0

Gol:  Bennaser 40'

12 aprel, 23.59, «San-Siro»

Milan – Menyan, Kalabriya, Ker, Tomori, Ernandes, Krunich, Bennaser (Salemakers, 67), Braim Dias (Rebich, 80), Tonali, Rafael Leau, Jiru.

Napoli – Meret, Di Lorenco, Rraxmani, Kim Min CHje, Mariu Ruy (Olivera, 81), Lobotka, Zelinski (Ndombele, 81), Zambo-Angissa, Elmaz, Losano (Raspadori, 69), Kvaracxeliya (Politano, 81).

Ogohlantirishlar: Zelinski (38), Bennaser (60), Di Lorenco (70), Zambo-Angissa (70), Kim Min CHje (78), Rraxmani (90), Salemakers (90).

CHetlatish: Zambo-Angissa (74).

AC Milan

Ismael Bennacer - 40'

Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur

13/04/2023, 00:00

0
:
1
Tugadi

SSC Napoli

Stadion: San Siro, 74742 tomoshabin

Bosh hakam: Istvan Kovacs

45'
90'
40'  Ismael Bennacer
40'  Rafael Leao
60'  Ismael Bennacer
67'  Ismael Bennacer (Alexis Saelemaekers)
80'  Brahim Diaz (Ante Rebic)
90'  Alexis Saelemaekers
90'  Davide Calabria
38'  Piotr Zielinski
69'  Hirving Lozano (Giacomo Raspadori)
70'  Giovanni Di Lorenzo
70'  Andre-Frank Zambo Anguissa
74'  Andre-Frank Zambo Anguissa
78'  Min-Jae Kim
81'  Mario Rui (Mathias Olivera)
81'  Khvicha Kvaratskhelia (Tanguy Ndombele)
81'  Piotr Zielinski (Matteo Politano)
90'  Amir Rrahmani

90+5. O'yin yakunlandi! "Milan" juda muhim g'alabani qo'lga kiritmoqda.

90+3. Salemakers o'ziga nisbatan qo'pollik bo'ldi deya hakamga yuzlandi. Bu esa Rahmaniga yoqmadi. Ikki futbolchi o'zaro dahanaki jangga kirishdi va sariq o'z kartochkalarini olishdi.

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Leau o'zi ham bir harakat qilib ko'rdi va darvozaga zarba yo'lladi. To'g'ri darvozabonning qo'liga.

87. ZARBAAAAAAA! Menyandan yana bir super seyv! Di Lorenzo darvoza yaqin burchagiga aniq zarba bergandi.

83. "Napoli" o'ng qanotdan yorib kirishga urinib ko'rdi, biroq bugun "Milan" himoyachilari imkoniyat berishmayapti.

81. "Napoli" tarkibida uchta o'zgarish: Xvicha, Zelinski va Rui maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Ndombele, Politano va Olivera maydonga tushirildi.

80. O'zgarish. Braim Dias o'rniga, Ante Rebich maydonga tushirildi.

78. Kim Min CHje ogohlantirildi va keyingi uchrashuvni o'tkazib yuborishi malum bo'ldi. 

77. "Milan" hujumlarni boshladi. Leauning chap qanotdan uyushtirgan reydi juda xavfli bo'ldi. 

74. QIZIL KARTOCHKA! Zambo-Angissa Teo Ernandesga qarshi ishlatgan qo'polligi uchun ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydondan chetlatildi.

71. "Napoli" hujumga o'tishga harakat qilmoqda, ammo bugun "Milan" himoyachilari shunchaki ajoyib harakat qilishmoqda.

70. Di Lorenzo ham yomon hulqi sabab sariq kartochka oldi.

70. Zambo-Angissa qo'pol o'yin sabab ogohlantirildi.

69. O'zgarish. Irving Losano o'rniga, Raspadori maydonga tushdi.

67. O'zgarish. Braim Dias o'rniga Salemakers maydonga tushirildi. 

62. Xvicha jarima maydoniga yorib kirishga harakat qildi. Lekin keragidan ortiq dribling uning zarariga ishladi. Vaziyat "Milan" himoyachilari tomonidan bartaraf etildi.

60. Bennaser Zambo-Angissaning oyog'ini bosib olgani uchun ogohlantirildi.

58. Irving Losano jarima maydoni ichida yiqildi. Teo Ernandes qoidani buzmagandi. Elkama elka kurash eli bu.

51.  Zambo-Angissaning zarbasini Tomori blokladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+4. Tanaffus! Qaynoq taym uchun ikki jamoaga ham rahmat.

45+3. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Ker boshi bilan o'qdek kuchli zarba berdi. To'p darvoza to'sinini titratib yubordi! Mana o'sha biz bilan "Milan"!

45. "Milan" jonlandi! Jiru to'pni jarima maydoni ichidagi shergiga oshirgandi, zarbadan so'ng esa "Napoli" himoyachilari to'pni qaytarishdi.

"Milan" kiritgan golda Braim Diasning ajoyib harakatlarini etirof etish joiz. Dias maydon markazida ikkita raqibni aldab, hujumni golgacha olib bordi. 

40. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Milan" butun taymni himoyada o'tkazib, o'z vaziyatidan gol urib ketmoqda. Leauning uzatmasidan so'ng Bennaser to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

38. Pyotr Zelinski qo'polligi sabab ogohlantirildi.

34. Jiru maydonda yotibdi. Takroriy vaziyatda Kim Min CHje Jiruni "chopib" ketgani ko'rindi. Biroz to'xtalish.

32. Leau jarima maydoni ichiga uzatgan to'piga Brahim Diaz etib kela olmadi.

26. Rafael Leau maydon markazidan reydni amalga oshirdi va juda qulay imkoniyatga chiqib bordi, ammo oxirgi zarba noaniq. Deyarli birga-bir vaziyat edi...

25. Modomiki, bu o'yinda sokinlik davom etayotgan ekan, parallel o'tayotgan o'yinda Karim Benzema hisobni ochganini eslatib o'tishimiz zarar qilmaydi.

23. O'yin maydon markaziga ko'chdi. "Napoli" dastlabki daqiqalardagi shturmdan so'ng, biroz sekinlashdi.

15. "Napoli" tinimsiz hujumlar uyushtirib, biroz tin oldi. "Milan" o'z uyida biroz jonlanishi lozim.

12. ZARBAAAAAA! Zelinskining super zarbasini Menyan super seyv bilan qaytarib yubordi.

4. Zarbaaaaa! "Napoli" to'xtamayapti. Di Lorenzo boshi bilan darvozaga zarba bergandi. Biroz noaniq.

2. Zarbaaaaa! Kvaracxeliya super vaziyatni qo'ldan boy bermoqda! Xvicha 4-5 metrdan bergan zarbasini himoyachi qaytarib yubordi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalarning tarkibi quyidagicha: 

Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Bugun Evropa CHempionlar Ligasi chorak final bosqichi doirasida italyan derbisi guvohiga aylamiz – "Milan" va "Napoli" keyingi bosqich uchun kurashni boshlashadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика