So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

ECHL. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Milan" o'z maydonida mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

ECHL. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Milan" o'z maydonida mag'lubiyatga uchradi

"Milan" hamda "CHelsi" o'rtasidagi CHempionlar ligasi guruh bosqichi 4-tur o'yini yakuniga etdi.

AC Milan

Champions League Grp. E . 4-tur

12/10/2022, 01:00

2
:
0
Tugadi

Chelsea

Jorginho - 21', Pierre-Emerick Aubameyang - 34'

Stadion: San Siro, 75051 tomoshabin

Bosh hakam: Daniel Siebert

45'
90'
18'  Fikayo Tomori
20'  Olivier Giroud
33'  Matteo Gabbia
36'  Rade Krunic
37'  Brahim Diaz (Sergino Dest)
62'  Olivier Giroud (Ante Rebic)
62'  Ismael Bennacer (Tommaso Pobega)
66'  Tommaso Pobega
80'  Theo Hernandez (Fode Ballo-Toure)
80'  Rafael Leao (Divock Origi)
89'  Sandro Tonali
90'  Fode Ballo-Toure
20'  Mason Mount
21'  Jorginho
29'  Raheem Sterling
34'  Pierre-Emerick Aubameyang
34'  Mason Mount
46'  Mason Mount (Conor Gallagher)
62'  Reece James (Cesar Azpilicueta)
62'  Raheem Sterling (Ruben Loftus-Cheek)
79'  Pierre-Emerick Aubameyang (Kai Havertz)
85'  Conor Gallagher
89'  Ben Chilwell (Marc Cucurella)


"Milan" – "CHelsi" 0:2

"Juzeppe Meacca (San-Siro)"

Gollar: 0:1 – 21, penalti Jorjino, 0:2 – 34 Obameyang.

Milan – Teterushanu, Kalulu, Tomori, Gabbiya, Ernandes (Ballo-Ture, 80), Krunich, Bennaser (Pobega, 62), Braim Dias (Dest, 37), Tonali, Jiru (Rebich, 62), Rafael Leau (Origi, 80).

CHelsi – Arrisabalaga, Djeyms (Aspilikueta, 62), Tiago Silva, Kulibali, CHaloba, CHiluell, Kukurelya, Kovachich, Jorjino, Maunt (Gallaxer, 46), Obameyang (Xavertc, 79), Sterling (Loftus-CHik, 62).

Ogohlantirishlar: Maunt (20), Jiru (20), Sterling (29), Gabbiya (32), Krunich (35), Pobega (66), Gallaxer (86), Tonali (89), Ballo-Ture (90).

CHetlatish: Tomori (18).


Uchrashuv yakunlandi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. "CHelsi" yana bitta gol urishga harakat qilmoqda, biroq so'nggi zarbalar noaniq bo'lyapti.

86. Konor Gallaxer hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

79. O'zgarish: Obameyyang o'rniga Xaverts, Teo Ernandes o'rniga Ballo Ture, Leao o'rniga Divok Origilar maydonga tushishdi.

75. Obameyyang raqib jarima maydonchasi ichida o'ziga kelayotgan to'pni bo'ysundira olmadi, aks xolda hisob o'zgargan bo'lardi.

72. "Milan" bir kishi kam bo'lishiga qaramasdan katta kuch bilan hujumga o'tmoqda. Natijada "CHelsi" qarshi hujumda yaxshigina vaziyatlar sodir eta oldi.

62. O'zgarish: Jeyms o'rniga Aspilikueta, Sterling o'rniga Lofuts CHik, Bennaser o'rniga Pobega, Jiru o'rniga Rebichlar maydonga tushishdi.

60. Biroz avval jarohat olgan Ris Jeyms bahsni davom ettira olmasligi malum bo'ldi.

52. "CHelsi" o'ta xavfli hujumlar tashkil qilmoqda, ammo so'nggi aniq zarbani beradigan "snayper" topilmayapti.

48. Xavfli vaziyat! Tonali o'ng qanotdan to'pni raqib jarima maydonchasi markaziga tashladi, biroq to'pni "CHelsi" darvozasiga joylab qo'yadigan futbolchi topilmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

43. Maunt jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berdi, Teterushanu to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

34. GOOOL! OBAMEYYANG! Jorjino-Maunt-Obameyyang. Ushbu uchlik "CHelsi"ning ikkinchi golini yaratishdi. Bir tepar uslubida o'ynagan futbolchilar gabonlikni qulay vaziyatga chiqarishdi va hujumchi aniq zarba bilan hisoboni 0:2 ko'rinishiga keltirdi.

33. Endi Gabbiya jazolandi. Jabrlanuvchi rolida yana Maunt. 

29. Sariq kartochka. Raxim Sterling Krunichga nisbatan qo'pol o'ynadi. Butsasining tag qismi bilan raqib oyog'iga zarba berib yubordi. Mezbonlar qizil kartochka talab qilishdi, ammo hakam ularning gaplariga quloq solmadi.

27. ZARBAAA! Jir qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga burishga urindi. To'p ustunning yonginasidan o'tib ketdi.

21. To'p oldida Jorjino! ZARBAAA.... GOOOL! 0:1 

18. QIZIL KARTOCHKA! Hakam kutilmaganda Tomorini chetlatdi. Fikayo darvozabon bilan birga bir chiqayotgan Mauntni elkasidan tortdi, hakam esa penalti belgiladi va qizil kartochka ko'rsatdi.

15. Aniq paslar soni "Milan"da ko'proq, biroq bu uzatmalar bilan xavfli hujum tashkil qilib bo'lmayapti.

11. Jamoalar to'p nazoratini qo'lga olishga intilishmoqda, ammo hozircha ikkala klub vakillari ham buni eplay olishmayapti.

4. Uchrashuvni Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini stadiondan kuzatmoqda. Andrey SHevchenko ham shu erda ekan.

2. Markazda Tomori Mauntga turtilib ketdi va yiqilib olib, fol so'radi. Hakam esa bunga ishondi.

1. Uchrashuv boshlandi. Assalomu alaykum hurmatli saytimiz o'quvchilari, ushbu bahs davomida siz bilan Jasur Aslanov bo'ladi va o'yindagi voqealarni birgalikda kuzatamiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика