So’nggi yangiliklar

23:56"Реал" — "Атлетико". ЕЧЛдаги Мадрид дербиси учун таркиблар маълум  2 23:54"Боруссия Дортмунд" — "Лилль" ва ПСВ — "Арсенал" ўйинлари учун таркиблар маълум  0 23:18"Реал" Лондон клубидан 70 млн фунтга баҳоланаётган ўйинчига қизиқмоқда  0 22:58Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" турнирдаги илк мағлубиятини "Пахтакор" майдонида қабул қилиб олди  199 22:45ЕЧЛ. "Брюгге" ва "Астон Вилла" 1/8 финалнинг биринчи ўйинида ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  2 22:28"Ливерпуль" собиқ ўйинчиси Минамино яна 2 йил Францияда қолади  1 21:44Расман: Ўзбек телеканаллари Англия кубогини намойиш этади  21 20:25Антони "Бетис"да яна бир йил қолмоқчи. МЮ вингери Испания клубида 7 ўйинда 3+2 қайд этди  3 20:00Субименди учун АПЛдан яна икки даъвогар чиқди  1 19:54Элит ОЧЛ. "Пахтакор" - "Ал Ҳилол": Асосий таркиблар маълум  26 19:44Элит ОЧЛ. "Пахтакор" - "Ал Ҳилол": "Шерлар" кийниш хонасидан галерея  5 19:33"Арсенал" "Атлетико" футболчиси учун "Челси" билан курашга қўшилди  1 19:06Винисиус Жуниор: "Тез орада "Реал" билан шартномамни узайтираман"  3 18:45Ўзбекистон футзал федерацияси ҳамкорликка чорлайди  0 18:168-8-8...   8

ECHL. "Manchester Yunayted" yirik hisobda g'alabaga erishdi Yangiliklar

ECHL. "Manchester Yunayted" yirik hisobda g'alabaga erishdi

Evropa chempionlar ligasining 4-turi doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Istanbul" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Manchester Yunayted" Angliya – "Istanbul" Turkiya 4:1

"Old Trafford"

Gol: Fernandesh (7, 1:0), Fernandesh (19, 2:0), Reshford (35-pen, 3:0), Turuch (75, 3:1), Jeyms (90+2, 4:1).

"Manchester Yunayted" – De Xea, Uan-Bissaka, Telles, Maguayr, Lindelef (Tuanzebe, 46), van de Bek, Brunu Fernandesh (Grinvud, 59), Fred, Kavani, Marsyal (Matich, 82), Reshford (Djeyms, 59).

"Istanbul" – Gyunok, Rafael, Epuryanu, SHkrtel, Bolingoli-Mbombo, Kaxvedji (Tekdemir, 46), Vishcha, Tyuryuch, Ozdjan, SHadli, Ba.

Ogohlantirish: Tuanzebe (55), SHkrtel (78), Tekdemir (85), Maguayr (86), Turuch (89).

Manchester United

Bruno Fernandes - 7', Bruno Fernandes - 19', Marcus Rashford - 35', Daniel James - 90'

Champions League Grp. H . 4-tur

25/11/2020, 01:00

1
:
4
Tugadi

Istanbul Basaksehir

Deniz Turuc - 75'

Stadion: Old Trafford, 545 tomoshabin

Bosh hakam: Ovidiu Hategan

45'
90'
7'  Bruno Fernandes
19'  Bruno Fernandes
35'  Marcus Rashford
46'  Victor Nilsson Lindeloef (Axel Tuanzebe)
55'  Axel Tuanzebe
59'  Marcus Rashford (Daniel James)
59'  Bruno Fernandes (Mason Greenwood)
59'  Aaron Wan-Bissaka (Brandon Williams)
82'  Anthony Martial (Nemanja Matic)
86'  Harry Maguire
90'  Daniel James
90'  Mason Greenwood
46'  Irfan Kahveci (Mahmut Tekdemir)
61'  Nacer Chadli (Fredrik Gulbrandsen)
74'  Boli Bolingoli-Mbombo (Hasan Ali Kaldirim)
74'  Berkay Ozcan (Giuliano)
75'  Deniz Turuc
78'  Martin Skrtel
85'  Mahmut Tekdemir
87'  Martin Skrtel (Carlos Ponck)
89'  Deniz Turuc

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! MYU "Istanbul"dan revansh oldi. Mankunianliklar guruh peshqadamligini saqlab qolishdi.

90+5. UXXXX!!! Navbatdagi tezkor qarshi hujumdan keyin Grinvud gol urishi mumkin edi. Gyunokdan seyv!

90+2. GOOOOOOOOOOLLL!!! MYUning tezkor qarshi hujumi ish berdi!!! Grinvudning pasidan keyin Jeyms osonlik bilan gol urdi!

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Hakamga "ko'p gapirgani" uchun Turuch ham ogohlantirildi.

87. UXXXXXX!!! Vishchaning aylantirma zarbasini De Xea ushlab oldi. Vaziyat qiyin edi. Posbonni bir necha himoyachilar to'sib turgandi. MYU chuqur himoyaga yotib olgan. Tasavvur qiling, qandaydir jamoa MYUni "Old Trafford"da hujumga ko'mib tashlayapti.

85. Endi Tellesni "yanchib o'tib ketishdi". Tekdemir sariq kartochka ishlab oldi.

82. Sulsher extiyot chorasini ishga tushurdi. Marsyal o'rnini Matich egalladi.

80. VISHCHAAAAAAAAAA!!! CHap oyog'ida juda kuchli zarba berdi. MYUni goldan ustun qutqarib qoldi. Ikkinchi tempda davom etgan hujumda esa Demba Ba hisobni qisqartirish imkoniyatiga ega bo'lgandi. De Xea to'pni tepib yubordi. Mehmonlar bosim uyushtirmoqda. 

78. Kavanini ortidan "chopgani" uchun SHkrtelga sariq kartochka ko'rsatildi.

75. GOOOOOLLLL!! Turuchning jarimadan yo'llagan zarbasini De Xea darvoza ichkarisidan qaytardi!!! Gol inobatga olindi!

74. Mehmonlarda juda ham xavfli nuqtadan jarima zarbasi. Gol ursa bo'ladigan nuqta.

71. XAVFLI VAZIYATTT!!! Grinvudning kuchli zarbasini himoyachi qaytardi.

67. Vishcha chap qanotda Uilyamsni ortda qoldirib, De Xea darvozasi tomon to'pni oshirdi. Hech kim yo'q edi u erda.

63. Tellesning burchakdan to'p uzatishlari ajoyib. Huddi Bekxem kabi. Uning barcha uzatishlari MYU futbolchilariga bormoqda. Avvaliga Grinvudning boshi bilan yo'llagan zarbasi raqibiga tegib, maydonni tark etgan bo'lsa, navbatdagi burchakdan oshirilgan to'pga Maguayr boshi bilan noaniq zarba berdi.

61. UXXXXX!!! Raqibining qo'pol xatosidan keyin Grinvud qulay vaziyatga chiqib bordi. Biroq zarba bera olmadi.

59. Grinvud hamda Jeyms maydonga tushdi. Sulsher ko'proq gol urilishini istamoqda.

55. Brununing qanotdan oshirgan to'pini Rafael darvozabonga tashlab berdi va MYUning hujumi yakunlandi.

50. DE XEAAAAAAAAA!! CHadlining kuchli zarbasini qaytardi! David yaqin burchakni alo darajada yopa oldi.

49. KAVANIIIII!!! Hisobni yiriklashtirishi mumkin edi. Uning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- MYU tarkibida o'zgarish bo'lmoqda. Lindelof o'rniga Tuanzebe maydonga tushdi.

- Demak, jamoalar maydonga qaytib chiqishmoqda.

Taymga yakun yasab berildi. Biz ham kutamiz.

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

40. UXXXXXX!! Marsyalning ajoyib pasini Brunu amallab darvoza tomon tepdi. To'p Gyunokning oyoqlariga tegib qaytdi.

39. UXXXXXX!! Vishcha jarimadan to'pni MYU darvozasi yoniga uzatdi. De Xea to'pga chiqishda xatolikka yo'l qo'ydi. Ba esa boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

35. GOOOOOOLLLLL!!! Markus penaltidan unumli foydalanmoqda!!!

34. VAR hech nimani aniqlamadi. Reshford to'p yonida.

33. PENALTIIII!!! Lindelofning ajoyib uzatmasidan keyin Reshford raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib borishi mumkin edi. Himoyachi uni yiqitdi va penalti belgilandi. VAR tekshirib chiqmoqda.

31. Demba Ba "yoshiga yarasha" zarba yo'lladi. De Xea to'pni ushlab oldi.

28. UXXXXX!!! "Istanbul" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Masofa uzoq bo'lishiga qaramasdan, Vishcha De Xea darvozasini nishonga olib ko'rdi. Kuchli zarba noaniq ketdi.

25. "Istanbul" uxlab qolgan ayiqdek o'zini tutmoqda. Harakatlardan hech nima chiqmayapti. MYU ham raqiblariga imkon bermayapti. SHu pallada bizga Ser Aleksni ko'rsatishdi. Kayfiyat natijaga yarasha)

19. GOOOOOOOOOLLL!!! Darvozabonning qo'pol xatosidan keyin Brunu ikkinchi golni urdi!

16. MYUning bosimi oshmoqda.

14. UXXXXXX!!! Brununing uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

12. GOOOOLLL!!! YO'O'O'O'QQQQ!!! Reshford gol urishdan oldin, offsaydda qolib ketgandi. Biroq gol chiroyli chiqqandi. 

7. GOOOOOOOOOOOOLLL!!!! BRUNUUUUUU!! Tellesning burchakdan uzatgan to'pi himoyachiga tegib qaytdi. Brunu esa to'pni to'xtatmasdan darvoza tomon tepdi. SUPER GOOLLL!!!

5. UXXXX!! Endi Marsyal chap qanotdan raqiblarini aldab o'tib, jarima maydonchasiga kirib bordi. Biroq uning Reshford tomon uzatgan pasini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

2. ZARBAAAAAAAA!! Reshford ikki-uch raqibini aldab o'tib, birga bir holatda darvozani nishonga oldi. Gyunok to'pni qaytardi!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va stadion uzra ECHL madhiyasi yangramoqda!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari. Bugun "Manchester Yunayted" o'z maydonida birinchi davradagi mag'lubiyat uchun revansh olishga harakat qilib ko'radi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика