So’nggi yangiliklar

18:44Трансфер мувозанати бўйича кўрсаткичларда АПЛ клуби 1,3 млрд евро зарарда экан  1 18:21Кроос Роналдунинг 900та голи ҳақида: "Машғулотларда урган голларимни қўшсам ҳам бунча бўлмайди"  0 17:39Футзал. Афғонистон терма жамоаси Тошкентда  4 17:192015 йилдан бери трансферларга энг кўп пул ишлатган клуб номини биласизми?  3 17:05Мундиал-2026. Рустам Ашурматов билан Қозондаги катта интервью   0 16:26Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Вьетнамни таслим қилди  4 16:13"Локомотив" футболчиси бир ярим йил ичида ЙҲХ қоидаларини 703 марта бузгани учун атиги 15 кунга қамалиши мумкин  2 15:48Родри: "Мен ижтимоий тармоқлар ёки 400 фунтлик кроссовкаларга қизиқмайман. Мен..."  1 15:4211 та гол урилган Ўзбекистон - Бразилия баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  1 15:14Жаҳон чемпионатида 52та ўйин кўрамиз  2 15:01 "Футбол ва Спорт бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Зиёратуллаев Фозилжон  0 14:37"Барселона" Бундеслиганинг икки футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:11Суареснинг Уругвай терма жамоасидаги хайрлашув учрашуви бўлиб ўтди. Унда Месси, Неймар, Форлан ва бошқа юлдузлар иштирок этди  3 13:38Оуэн: "МЮ Роналдуни мураббийликка кўриб чиқиши учун Криштиану бир ишни уддалаши керак"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Бразилия ниҳоят ғалаба қозонди ва бошқа натижалар (+жадвал)  1

ECHL. O'ta asabiy ruhda o'tgan o'yin yakunlandi - Pep ilk bor "Man Siti" bilan finalga chiqdi Yangiliklar

ECHL. O'ta asabiy ruhda o'tgan o'yin yakunlandi - Pep ilk bor "Man Siti" bilan finalga chiqdi

ECHLning yarim finali javob o'yini yakunlandi.

"Manchester Siti" – PSJ 2:0
4 may, "Etixad Stedium"
Gollar
: 1:0 – 11 Marez, 2:0 – 63 Marez.

"Manchester Siti" – Ederson, Uoker, Ruben Diash, Stounz, Zinchenko, de Bryuyne (Gabriel Jezus, 82), Gyundogan, Foden (Aguero, 85), Fernandino, Marez, Bernardu Silva (Sterling, 82).

PSJ – Navas, Florenci (Dagba, 75), Kimpembe, Diallo (Bakker, 82), Markinos, Di Mariya, Errera (Draksler, 62), Paredes (Danilu Pereyra, 75), Verratti, Ikardi (Kin, 62), Neymar.

Ogohlantirishlar: Errera (22), Zinchenko (71), Verratti (71), de Bryuyne (74), Kimpembe (87), Danilu Pereyra (89).

CHetlatish: Di Mariya (69).


Manchester City

Riyad Mahrez - 11', Riyad Mahrez - 63'

Champions League Final Stage . Semi Finals-tur

05/05/2021, 00:00

0
:
2
Tugadi

Paris Saint-Germain

Stadion: Etihad Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45'
90'
8'  Oleksandr Zinchenko
11'  Riyad Mahrez
63'  Riyad Mahrez
63'  Phil Foden
72'  Oleksandr Zinchenko
74'  Kevin De Bruyne
82'  Kevin De Bruyne (Gabriel Jesus)
82'  Bernardo Silva (Raheem Sterling)
85'  Phil Foden (Sergio Aguero)
22'  Ander Herrera
62'  Mauro Icardi (Moise Kean)
62'  Ander Herrera (Julian Draxler)
69'  Angel Di Maria
71'  Marco Verratti
75'  Leandro Paredes (Danilo Pereira)
75'  Alessandro Florenzi (Colin Dagba)
83'  Abdou Diallo (Mitchel Bakker)
87'  Presnel Kimpembe
89'  Danilo Pereira


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 


YANGILASH


Pep Gvardiola tarixda ilk bor "Manchester Siti" bilan birga ECHL finaliga chiqmoqda. Etiboringiz uchun tashakkur. Nima bo'lganda ham unutmang, futbol shunchaki o'yin, undan faqatgina zavq olish zarur. Asabingizni yaqinlaringiz uchun asrang.  

Bo'ldi, "Siti" himoyachilari to'pni uzoqlashtirishdi va shu pallada Born Kyuypersning final hushtagi yangradi. 

Braziliyalikning o'zi zarbani amalga oshirdi, ammo juda noaniq.

90+1-daqiqa. Neymar o'zi uchun qulay nuqtadan jarima zarbasi berish imkoniyatini ishlab olmoqda. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.  

89-daqiqa. Ogohlantirish! Danilo qo'polligi uchun kartochka bilan "siylandi". 

88-daqiqa. Neymar gol urishni juda istamoqda, lekin bugun niyatiga eta olmaydiganga o'xshaydi.    

87-daqiqa. Kimpembe Gabi Jesusni ochiqchasiga "chopdi". Bu harakatni boshqachasiga tariflab bo'lmaydi.  

Mbappe tribunadan maydonga mayus boqib o'tiribdi...

85-daqiqa. O'zgarish! Foden o'rnini Agueroga bo'shatib beryapti. 

82-daqiqa. O'zgarish! PSJda esa Abdu Diallo o'rniga Bakker tushdi. 

82-daqiqa. O'zgarishlar! Kevin De Bryuyne o'rniga Jesus, Bernardu Silva o'rniga esa Raxim Sterling maydonga tushirildi.   

79-daqiqa. Buyog'iga "Siti" to'pni raqibga deyarli bermayapti va ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda. 

77-daqiqa. Fil Foden imkoniyatga ega bo'lishi bilan, kuchli zarba yo'lladi, ammo to'p ustunga tegib, maydonni tark etdi. 

74-daqiqa. Ogohlantirish! Bu safar Kevin De Bryuyne raqib oyog'iga zarba berdi va ogohlantirildi. 

Yana fol... Veratti raqib futbolkasi sifatini tekshirib ko'rdi. 

72-daqiqa. Ogohlantirish! Paredes bilan "yoqalashishga" kirishgani uchun Zinchenko ham sariq kartochka ishlab olmoqda.  

71-daqiqa. Ogohlantirish! Endi Veratti ochiqchasiga Fil Fodenni tepib qulatdi.  

69-daqiqa. QIZIL KARTOCHKA! Buyog'iga Anxel Di Mariyaning asabi dosh bermadi. 

68-daqiqa. Kayl Uoker tavakkal qilib o'tirmay, to'pni maydondan chiqarib yubordi. Burchak zarbasi.

Inglizlar amalda bellashuv taqdirini hal qilishdi. Endi parijliklar 3 ta gol urishi... Qiyin bo'lsa kerak. 

63-daqiqa. GOOOOOOOL! Qarshi hujumda Maxrez ikkinchi golni urdi. 

62-daqiqa. Errera va Ikardi uchun bugungi o'yin yakunlandi. Ularning o'rnini Draksler va Moyze Kin egalladi. 

61-daqiqa. Ruben Diash yana boshi bilan Erreraning ancha kuchli zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.  

59-daqiqa. Riyad Maxrez qanotda to'pni o'zidan olib qo'ymoqchi bo'lgan Verattiga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

55-daqiqa. PSJning navbatdagi hujumi xavfli bo'ldi, lekin Neymar o'ziga ortiqcha ishionib yuborgandek... Braziliyalik oxirigacha o'zi o'tishga va zarba yo'llashga qaror qildi, ammo Zinchenko va Diash to'pn darvozagacha etib borishiga ham imkon berishmadi. 

54-daqiqa. Keylor Navaaaas birga-bir vaziyatda jamoasini qutqardi. Qo'shimchasiga hakam Foden o'yindan tashqari holatda bo'lganini malum qildi. 

Ikkinchi urinishdan keyin bosh hakam hujumdagilar qoidani buzdi deb topdi.  

52-daqiqa. Veratti jamoasiga burchak zarbasi ishlab berdi. Uzatmadan keyin Fernandino to'pni qaytardi. Yana standart.

48-daqiqa. PSJ tezkor hujum uyushtirdi va bo'limdagi birinchi imkoniyat Di Mariyada bo'ldi, lekin uning zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib qaytdi. 

47-daqiqa. Maydon qordan deyarli to'liq tozalangan va ikkinchi bo'limda biz yaxshiroq futbol ko'rishga umid qilsak bo'ladi. Bundan ayniqsa futbolchilar xursand bo'lsa ajab emas. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni "Man Siti" boshlab berdi. 

Hozircha tanaffus, bir oz dam olib, yana qaytamiz. Umid qilamizki, bizni yanada qiziqarliroq, shiddatli hujumlarga boy ikkinchi bo'lim kutib turibdi.   

45+3-dakika. Bo'ldi, PSJ to'pni qo'shib berilgan daqiqalarning so'nggisida olib qo'ydiyu, ammo hujumga o'tishga ulgurmadi.  

45+2-dakika. "Siti" ketma-ket ikki marta burchak zarbasini amalga oshirdi, lekin ish oxirgi zarbagacha etib bormadi.  

45+1-dakika. Kutilmaganda Markinos xatoga yo'l qo'ydi va De Bryuyne to'pni undan olib qo'ydi, lekin qo'llab-quvvatlovchilar kamligi sabab, hujum rivojlanmadi.    

45-dakika. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

44-dakika. Di Mariya jarima maydoni chizig'iga etay deganda to'pni Neymarga o'tkazib bera olmayapti. Aks holda Neymar zo'r vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi.   

43-dakika. Ruben Diash kuchli uzatmani boshi bilan qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Burchak zarbasidan esa mehmonlar samara chiqara olishmadi. 

40-dakika. Di Mariya xavfli qarshi hujumni boshlab berishi mumkin edi, lekin maydonning holati argentinalik normal to'p oshirishini amalga oshirishiga imkon qoldirmadi. Jahon darajasidagi futbolchilar bunday vaziyatlarda bu qadar ko'p xato qilishi tasodif emas.   

38-dakika. Bernardu Silva maydon markazida Neymarga nisbatan ancha qo'pol harakat qildi. Braziliyalik noroziligini yashirib o'tirmayapti.  

37-dakika. "Man Siti" jarima zarbasini amalga oshirdi, lekin Kevin De Bryuynening uzatmasini himoyachilar qaytarishga muvaffaq bo'ldi.  

36-dakika. CHap qanotdan rivojlangan hujumning so'nggi fazasida to'p Ander Erreraga kelib tushdi va ispaniyalik yarim himoyachi kuchli zarba berdi, lekin yana noaniq.

33-dakika. PSJ raqib darvozasi tomon yo'l topa olmayapti, jarima maydoniga yaqinlashish, bemalol zarba berishga imkon topa olishmayapti parijliklar.

30-dakika. Ilk daqiqalarda to'pni, ustunlikni raqibga topshirgan mezbonlar sekin-asta o'yin borasida ham muvozanatni tiklashmoqda. Navbatdagi hujumni KDB zarba bilan yakunladi, biroz noaniq.  

28-dakika. "Siti" ko'p hujum qilmayotgan bo'lsada, raqib jarima maydoniga yaqinlashsa, xavfli vaziyat yuzaga kelmoqda. Biroq bu safar Florenci to'pni maydondan chiqarib yuborib, bunga yo'l qo'ymadi. 

24-dakika. Bugun ilk daqiqalardan kelib chiqib, "Siti" tarkibida Zinchenko eng faol va muhim futbolchilardan ekanligini takidlash lozim. Ukrainalik futbolchi ham to'pni olib qo'yishda, ham hujumlarni rivojlantirishda juda faol. 

22-dakika. Ogohlantirish! Asablar-asablar... Kerak emas joyda, faqatgina ko'p gapirgani uchun Ander Errera sariq kartochka ishlab oldi.  

19-dakika. Kutilmaganda Anxel Di Mariya zarba yo'llab qoldi va to'p darvoza yonginasidan o'tib ketdi. Hozircha "omad qushi" "Man Siti" tomonda desak mubolag'a bo'lmaydi.  

16-dakika. Uzoq davom etgan hujumni burchak zarbasi uchun raqib jarima maydonchasiga kelgan Markinos gol bilan yakunlashiga to'sin yo'l qo'ymadi. 

15-dakika. Parijliklar pressing evaziga to'pni olib qo'ydi va jarima maydoniga yaqinlashayotgan Neymar yiqitildi. Jarima zarbasini jabrlanuvchining o'zi amalga oshirdi va Fernandinoga tekkan to'p, maydonni tark etdi. 

Tezkor qarshi hujum chap qanotdan rivojlandi, Aleksandr Zinchenko oldinga o'tib, to'pni markazroqdagi Kevin De Bryuynega etkazdi, belgiyalikning zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib, Riyad Maxrezga borib tushdi va u imkoniyatidan unumli foydalandi. 

11-dakika. GOOOOOOOOOL! "Man Siti" birinchi hujumdayoq hisobni ochmoqda! 

Ammo "VAR" xonadagilar hamkasblariga shoshmaslikni va vaziyatni takroran ko'rishni maslahat berishdi, o'z ko'zlari bilan takror ko'rganidan keyin to'p Zinchenkoning elkasiga tegib, o'tib ketganini tushundi va qarorini bekor qildi.   

6-dakika. Penaltiii!!! Hakam nuqtaga ishora qilmoqda. 

3-dakika. PSJ kutilganidek ilk daqiqalardan hujumga tashlandi. 

Bugun zerikmasligimiz turgan gap. Qo'shimchasiga, stadion oppoq qorga burkangan. May oyida bunaqasi kamdan-kam bo'ladi. 

1-dakika. Uchrashuv boshlandi!

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Manchester Siti" - PSJ

"Etixad"

"Manchester Siti" - Ederson, Uolker, Diash, Stounz, Zinchenko, Fernandino, Gyundogan, Bernardo, Maxrez, Foden, de Bruyne.

PSJ - Navas, Florenci, Markinos, Kimpembe, Diallo, Paredes, Errera, Verratti, Di Mariya, Neymar, Ikardi.

Manchester City

Riyad Mahrez - 11', Riyad Mahrez - 63'

Champions League Final Stage . Semi Finals-tur

05/05/2021, 00:00

0
:
2
Tugadi

Paris Saint-Germain

Stadion: Etihad Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45'
90'
8'  Oleksandr Zinchenko
11'  Riyad Mahrez
63'  Riyad Mahrez
63'  Phil Foden
72'  Oleksandr Zinchenko
74'  Kevin De Bruyne
82'  Kevin De Bruyne (Gabriel Jesus)
82'  Bernardo Silva (Raheem Sterling)
85'  Phil Foden (Sergio Aguero)
22'  Ander Herrera
62'  Mauro Icardi (Moise Kean)
62'  Ander Herrera (Julian Draxler)
69'  Angel Di Maria
71'  Marco Verratti
75'  Leandro Paredes (Danilo Pereira)
75'  Alessandro Florenzi (Colin Dagba)
83'  Abdou Diallo (Mitchel Bakker)
87'  Presnel Kimpembe
89'  Danilo Pereira

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика