So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  2 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  1 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  8 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

ECHL. Madridda peshqadam nomiga aniqlik kiritiladi, Franciyada esa "Lion" - "Sevilya" qarama-qarshiligi yoxud "DIZAYN" chiptasi sizni kutmoqda... Yangiliklar

ECHL. Madridda peshqadam nomiga aniqlik kiritiladi, Franciyada esa "Lion" - "Sevilya" qarama-qarshiligi yoxud "DIZAYN" chiptasi sizni kutmoqda...

Teglar :  ECHL
Bugun Evropa chempionlar ligasining guruh bosqich o'yinlariga yakun yasaladi.


Kecha to'rtta guruhda oxirgi tur uchrashuvlari yakunlangandi.

Bu kecha tunda esa yana to'rtta guruhda so'nggi tur bellashuvlari bo'lib o'tadi.

"E" "kvarteti"da masalani muddatidan avval etgan "Bayer" jamoasi peshqadam "Monako"ni qabul qiladi. Bu ikki jamoa uchun o'yin natijasi muhim ahamiyat kasb etmaydi. CHunki ular pley-off yo'llanmasini avvalroq qo'lga kiritishgandi.
Bosh murabbiylar o'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchilarga imkon taqdim etishlari mumkin.
Guruhdagi ikkinchi to'qnashuvda "Tottenxem" hamda CSKA jamoalari o'rtasida Evropa ligasi yo'llanmasi o'ynaladi.

Narigi "F" guruhda Polshaning "Legiya" klubi "Sporting" bilan kuch sinashadi. "Legiya" hisobida hozirda 1 ochko mavjud. "Sporting" esa o'z aktivida 3 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda. Varshavadagi bahs Evropa ligasi uchun beriladigan yo'llanmani hal etib beradi.
Guruhdagi ikkinchi o'yin "Real" va "Borussiya Dortmund" o'rtasida kechadi. Guruhdan chiqish masalasini muvaffaqiyatli bajargan bu ikki jamoaning ushbu bahsi 1-o'rin egasini aniqlab beradi. Tomas Tuxel jamoasi durang o'ynagan taqdirda ham guruhdagi peshqadamlikni saqlab qoladi. Zidan shogirdlarini esa faqat g'alaba qoniqtiradi.

Hozircha jumboq bo'lib turgan guruh, yani "G" "kvarteti"da faqatgina "Lester" vazifani uddalagan. "Portu" va "Kopengagen" jamoalari esa ikkinchi yo'llanma uchun kurash olib borishmoqda. "Portu" jamoasi oxirgi turda o'z uyida peshqadam "Lester"ni qabul qiladi. Bu uchrashuv "Lester" uchun ahamiyatsiz bo'lsa, "Portu" uchun aksincha. Agarda "Portu" bu bellvshuvda g'alaba qozonadigan bo'lsa, unda ular ham o'z oldilariga qo'yilgan vazifani bajarishgan bo'lishadi. SHunda "Kopengagen"ning "Bryugge" ustidan qozonishi mumkin bo'lgan g'alabasi ham daniyaliklar uchun ahamiyatsiz bo'lib qoladi.

"H" guruhida "Yuventus" "Dinamo Zagreb"ni mehmon qiladi. Franciyada esa "Lion" "Sevilya"ni sinovdan o'tkazadi. "Yuventus" o'tgan turda masalasini o'z foydasiga hal etishga muvaffaq bo'lgandi. Faqatgina ular guruh peshqadami kim bo'ladi, degan savolga nuqta qo'yishlari uchun bugun "Dinamo Zagreb"ga Mag'lubiyatga uchratishlari talab etiladi. Franciyadagi bahsda esa "Lion" ikkinchi yo'llanmani "Sevilya"dan "yulib" olishga urinib ko'radi.

Aziz o'quvchilar, bugun bo'ladigan o'yinlarda Sizningcha qaysi jamoalar g'alaba qozonadi? Taxminlaringiz va o'z fikrlaringiz bilan bemalol bo'lishishingiz mumkin. Faqat odob doirasida va haqoratlarsiz fikr qoldirishingizni so'raymiz.

Bugungi o'yinlarda gol uradigan beshta futbolchini nomini to'g'ri topgan birinchi yuzerga "DIZAYN" jamoasining koncertiga chipta taqdim etiladi.

SHarti shuki, siz faqatgina bir marotaba beshta futbolchini nomini yozishingiz mumkin va ularning barchasi bugungi uchrashuvlarda gol urishlari kerak bo'ladi.


Gol uradigan futbolchilar nomini yozayotganda faqatgina bitta variant, yani birinchisi qabul qilinadi.

Kechagi viktorinada hech bir muxlis (yuzer) g'olib bo'la olmadi. Ko'pchilikning "beshtaligi"da Luis Suares va Aleksis Sanches borligi ularga pand berdi.

Bu gal balki omadingiz chopishi mumkin.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика