So’nggi yangiliklar

11:00Пролига. Бугун 9-турга старт берилади  0 10:38Марк-Андре тер Штеген фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  4 10:11Италия термасини бошқаришга асосий номзод маълум  3 09:45Клоппнинг икки нафар собиқ ёрдамчилари “Манчестер Сити“ билан шартнома имзолади  2 09:18He we go! “Ливерпуль“ ёзнинг энг катта трансферини ҳал қилди  4 08:51Клаудио Раньери қарорини маълум қилди  2 08:23Суперлига. 12-тур ҳакамлари маълум  1 07:55Расман: Жоб Беллингем — “Боруссия Д“ футболчиси  1 07:20Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ йирик ҳисобда ғалаба қозонган ва мухлислар маза қилган учрашувдан СУПEРГАЛEРEЯ  6 06:50Ўртоқлик учрашуви. Англия тарихда илк бор Африка терма жамоасига мағлуб бўлди  3 06:00Шавкат Мирзиёев футболчиларга BYD совға қилди  4 02:29Расман: "Манчестер Сити" навбатдаги трансферни эълон қилди  3 02:20ЖЧ-2026 саралаши. Фаластин Ўмонга қарши охирги дақиқада пенальтидан гол ўтказиб, Жаҳон чемпионати саралашини омадсиз якунлади  4 01:29ЖЧ-2026 саралаши. Австралия Саудия Арабистонини мағлубиятга учратиб, Жаҳон чемпионатига йўл олди!  9 01:01ЖЧ саралаши. Ўзбекистон ўрин олган гуруҳнинг якуний ҳолати қандай?  23

ECHL. "Atletiko" sensacion tarzda musobaqani tark etdi Yangiliklar

ECHL. "Atletiko" sensacion tarzda musobaqani tark etdi

Evropa chempionlar ligasi 1/4 finali doirasidagi "Leypcig" - "Atletiko" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

"RB Leypcig" (Germaniya) – "Atletiko" (Ispaniya) 2:1

"Joze Alvalade"

Gol: Olmo (51), Felish (71-pen), Adams (88).

"RB Leypcig" – Gulachi, Xalstenberg, Klostermann, Upamekano, Anxelino, Kampl, Zabitcer, Nkunku (Aydara, 83), Laymer (Adams, 72), Olmo (SHik, 83), Poulsen.

"Atletiko" – Oblak, Lodi, Ximenes, Tripper, Savich, Errera (Joau Feliks, 58), Koke, Saul, Ferreyra Karrasko, Lorente, Diego Kosta (Morata, 72).

Ogohlantirish: Lodi (62), Klostermann (70), Kampl (82), Aydara (87).

RB Leipzig

Dani Olmo - 51', Tyler Adams - 88'

Champions League Final Stage . 1/4-tur

14/08/2020, 01:00

1
:
2
Tugadi

Atletico Madrid

Joao Felix - 71'

Stadion: Estadio Jose Alvalade, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Szymon Marciniak

45'
90'
51'  Dani Olmo
51'  Marcel Sabitzer
70'  Lukas Klostermann
72'  Konrad Laimer (Tyler Adams)
82'  Kevin Kampl
83'  Dani Olmo (Patrik Schick)
83'  Christopher Nkunku (Amadou Haidara)
87'  Amadou Haidara
88'  Tyler Adams
88'  Angelino
90'  Marcel Sabitzer (Nordi Mukiele)
58'  Hector Herrera (Joao Felix)
62'  Renan Lodi
71'  Joao Felix
72'  Diego Costa (Alvaro Morata)
90'  Koke (Felipe)
90'  Jose Gimenez

YANGILASH

TUGADI!! Sensaciya!! "Atletiko" kutilmaganda "Leypcig" to'sig'idan o'ta olmadi. Simeonening bugungi pragmatik o'yin uslubi bilan "Leypcig"ni mag'lub etishni uddalay olmadi. Germaniyaliklarning yarim finaldagi raqibi PSJ bo'ladi.

90+4. "Atletiko" avvaliga jarima zarbasi, keyin burchak zarbasidan samara chiqara olmadi.

90+2. "Atletiko" jarima zarbasiga ega bo'ldi.

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. GOOOOOOOOOLLLL!!! Adamsning zarbasidan keyin  to'p "Atletiko" futbolchisiga tegib, darvozaga kirib ketdi!

87. Aydara maydonga tushganiga 5 daqiqa o'tib, sariq kartochka ishlab oldi.

83. "Atletiko" so'nggi 10 daqiqani hujumda o'tkazib, masalani asosiy vaqtda hal qilishni istamoqda.

81. Ximenesning kuchli zarbasini himoyachilar qaytardi.

78. "Leypcig"dan hozirda nemischa tartibli futbolning yuqori namunasini ko'ryapmiz. Jamoa himoyada juda ham tartibli o'ynamoqda.

74. "Leypcig" jarima zarbasiga ega bo'lmoqda. Ximenes aybdor.

71. GOOOOOLLLLL!! Felish penaltidan unumli foydalandi! Gulachi to'p yo'nalishini topgandi.

70. PENALTIIIII!!! Klostermann o'z jarima maydonchasi ichida Felishni yiqitdi!

69. Karrasko hujumni rivojlantirayotgandi. U darvoza yoniga to'pni oshirishga tayyorlanayotgan bir vaqtda Upamekano buni istamadi.

68. Morata maydonga tushishga tayyorlanmoqda.

67. Poulsenning zarbasi o'xshamadi. To'p tribuna bag'riga kirib ketdi.

64. "Atletiko" burchak zarbasiga ega bo'lgandi. Nkunku to'pni qaytarayotgan chog'ida raqibidan zarba qabul qilib oldi.

62. PENALTII!! Uzr, biroz hissiyotlarga berilib ketdim. Olmo raqib jarima maydchonasi ichida simulyaciya ishlatgani uchun sariq kartochka ishlab oldi. Rostdan ham bu erda Upamekano raqibiga teginmagandi.

60. Olmo aylanma traektoriya orqali Oblakni qiynab ko'rmoqchi edi. To'p hattoki autga ketib qoldi.

58. Kutilmagan qaror. Simeone tavakkal qilishni boshladi. Ektor Errera o'rnini Felish egalladi.

56. Maydonga tushishga Felish tayyorgarlik ko'rmoqda.

53. XAVFLI VAZIYATTTTT!!! Lorente raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotgandi. Upamekano ispaniyalikka halaqit qildi va Gulachi to'pni ushlab oldi.

51. GOOOOOOLLLLLL!! Qanotdan oshirilgan to'pga Olmo boshi bilan zarba berib, hisobni ochdi. Birinchi bo'limidagi o'yiniga qarasak, "Leypcig" golga haqli edi!

49. Lorente markazda Olmoni yiqitdi. Jarima zarbasidan keyin "Atletiko" futbolchilari tezda to'pni olib qo'yishdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, jamoalar maydonga qaytishmoqda. Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45+2. ZARBAAAAAAAAA!! Upamekanoning burchakdan oshirilgan to'pga bergan zarbasi Oblakning qo'llariga borib tushdi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

43. Ko'pchilik "Atletiko"ni yaqqol favorit deb hisoblab, har tomonlama raqibdan ustunlik qilishini taxmin qilgandi. Biroq hozircha "Leypcig"ning bosimini ko'ryapmiz.

41. "Leypcig"da yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi. Poulsenning boshi bilan uzatgan to'piga uning jamoadoshlari darvozaga zarba yo'llay olmadi.

39. Upamekano bu safar "podkati" orqali Markos Lorentedan to'pni olib qo'ydi.

35. UXXXXXX!! Savich hamda Xalstenberg havodagi kurashda to'qnashib ketdi. Ikki futbolchi ham jiddiy jarohat olgan bo'lishi mumkin.

34. Klostermann bu safar "Atletiko"ning juda xavfli hujumini qaytarib yubordi.

30. Kostaga oshirilgan to'pni Upamekano sakrab qaytardi. Mana u nima uchun top klublarning etiborida...

28. Anxelinoning qanotdan oshirgan to'pini Oblak ushlab oldi.

26. Jarima zarbasi belgilandi. VAR ko'rib chiqmadi vaziyatni.

25. To'p "Atletiko" futbolchisini qo'liga tekkandek. Tegdi ham! VAR ko'rib chiqishi kerak bu vaziyatni.

23. Anxelinoning chap qanotdan oshirgan to'pini darvozaga to'g'rilab qo'ymoqchi bo'lgan Poulsen hujumda fol ishlatdi.

21. Karrasko to'p bilan raqib jarima maydonchasi ichiga kirib keldi va to'pni darvoza yoniga oshirdi. To'p raqib himoyachisi va uning o'ziga tegib, maydonni tark etdi.

19. UXXXXX!! Nigesning jarimadan oshirgan to'pi Xalstenbergning oyog'iga tegib, maydonni tark etdi. Uning ortida Karrasko zarba berishga tayyor turgandi.

17. Kamplning zarbasi noaniq ketdi.

15. Lodi endi raqib hujumini qaytarib qoldi. 

13. ZARBBAAAAAAA!! Lodining qanotdan oshirgan to'piga Karrasko kuchli zarba yo'lladi. Gulachidan super seyv!

12. Anxelino "Atletiko" jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatgandi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

10. ZARBAAAAAA!! Lodining jarimadan oshirgan to'piga Savich boshi bilan zarba yo'lladi Gulachi baland sakrab to'pni ushlab oldi.

9. Yo'q, jarimadan oshirilgan to'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi.

8. Endi "Atletiko" etiborni hujumga qaratmoqda. Jarima zarbasi ishlab olindi.

4. ZARBAAAAAAAA!! Xalstenbergning yaqin masofadan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

3. Uchrashuvdagi ilk burchak zarbasi "Leypcig" tomonidan amalga oshirildi. Ximenes to'pni qaytarib yubordi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Eslatib o'tamiz, bugungi uchrashuv g'olibi yarim finalda PSJ bilan to'qnash keladi.

- Yurakni larzaga keltiruvchi ECHL madhiyasi yangrab o'tdi.

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Barchaga yana bir bor assalomu alaykum. Dohadan Portugaliyaga etib keldik) Bugun "Joze Alvelade" stadionida ECHLning 2019/20 yilgi mavsumidagi ikkinchi yarim finalchisi aniqlanadi. Bu yo'llanma uchun "Leypcig" hamda "Atletiko" kurash olib boradi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика