ECHL joriy mavsum finalini kim boshqarishi malum
20 avg 2020 19:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587855_original.jpg)
![](/upload/storage/587855_220.jpg)
ECHL joriy mavsum finalini kim boshqarishi malum
Musobaqaning hal qiluvchi bahsi PSJ – “Bavariya” o'rtasida bo'lib o'tadi.
23 avgust kuni Lissabonda o'tkaziladigan bellashuvni italiyalik 45 yoshli referi Daniele Orsato boshqarib boradi. Unga qanotlarda Lorenco Manganelli va Alessandro Jallatini ko'maklashadi. Zaxira hakami esa ruminiyalik Ovidiu Xagegan. VARga javobgarlar Massimiliano Irrati va uning yordamchisi Marko Guida (ikkalasi Italiyadan).
Eslatib o'tamiz, Orsata 2012 yildan boshlab CHempionlar Ligasi va Evropa Ligasi o'yinlarini boshqarib keladi. U 2018 yilgi mundialda ham ishlagan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar