YCHL. Ivanovich 2009 yildan buyon 7ta gol bilan himoyachilar orasida birinchi

Narzulla Saydullayev
18 fev 2015, 07:42
Chelsi himoyachisi Branislav Ivanovich YCHL 1/8 finali doirasidagi Pari Sen-Jermenga qarshi o'yinda (1:1) hisobni ochdi.
36-daqiqada serbiyalik futbolchi Gari Keyxilning pasidan so'ng gol urdi.

Shunday qilib, Ivanovich 2009 yildan buyon Yevropa chempionlar ligasida 7-golini urdi. Ushbu davr mobaynida boshqa hech bir himoyachi buncha ko'p to'p kirita olmagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru