ECHL. "F" guruhi prevyusi
18 okt 2016 11:44
Yangiliklar


ECHL. "F" guruhi prevyusi
Musobaqaning amaldagi g'olibi Madridning "Real" klubi bu turni o'z maydonida o'tkazadi. "Santyago Bernabeu"da Polsha chempioni "Legiya" klubi mehmon bo'ladi. O'yinda mezbonlar safida jarohat tufayli Serxio Ramos, Luka Modrich, Kazemiro va Fabio Koentrau kabi futbolchilar maydonga tusha olishmaydi.
Krishtianu Ronalduning evrokuboklarda urgan gollari ayni paytda 98ta. Portugaliyalik futbolchi yana ikkita gol ursa evrokuboklarda 100ta to'p kiritgan er yuzidagi birinchi insonga aylanadi. "Legiya" dastlabki ikki turda umuman gol ura olmadi va 8ta gol o'tkazib yubordi.
Lissabonda "Sporting" va Dortmundning "Borussiya" klublari to'qnash kelishadi. "Sporting" o'z uyida Germaniya klublariga qarshi o'tkazgan 12ta o'yinning faqat ikkitasida yutgan va besh bor mag'lub bo'lgan. Bundesligada ham, ECHLda ham juda ko'p gol urayotgan "Borussiya"ni to'xtatish portugaliyaliklarga qiyin bo'ladi. Ikkala jamoa tarkibida ham ko'plab yo'qotishlar mavjud.
"Real" - "Legiya"
Taxminiy tarkiblar:
"Real": Navas; Danilo, Pepe, Varan, Nacho; Kovachich, Kroos, X. Rodriges; Beyl, Morata, Ronaldu.
O'ynamaydi: Ramos, Modrich, Kazemiro, Koentrau
"Legiya": Malyaj; Bereshinski, CHervinski, Jeznichak, Gloushek; Radovich, Mulen, Yodlovec, Odjidja, Gilerme; Nikolich.
So'roq ostida: Pazdan
Sariq kartochkasi borlar: Bereshinski, Gilerme
"Sporting" - "Borussiya" Dortmund
Taxminiy tarkiblar:
"Sporting": Ruy Patrisiu; Joau Pereyra, Koates, Semedu, Zeegelaar; V. Karvalyu, Elias, Bruno Sezar, Jelson Martinsh, B. Ruis; Dost.
O'ynamaydi: Adrien Silva, Jefferson, Petrovich, Bruno Paulista
So'roq ostida: Semedu
"Borussiya": Byurki; Pishek, Bartra, Ginter, Passlak; Vaygl; Pulishich, Getce, Kagava, U. Dembele; Obameyang.
O'ynamaydi: SHmelcer, Roys, SHyurrle, Gerreyru, Durm, Bender, Kastro
So'roq ostida: Papastatopulos
O’xshash yangiliklar

Fikrlar