So’nggi yangiliklar

20:08Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1 (матнли трансляция)  28 20:00Суперлига. "Насаф" – ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  10 19:55Диалло МЮ мухлисларига ваъда берди  0 19:33Анчелотти: "Футбол ҳаёти шундай – вақти келиб ҳар қандай авлод кетади"  0 19:11"Насаф" мухлисларга 3 та соврин билан суратга тушиш имконини яратди  1 18:35Ўзбекистон Кубоги. 1/8 финал босқичига қуръа ташланди: "Қўқон-1912" ўз уйида "Бунёдкор"ни қабул қилади, "Навбаҳор" меҳмонда "Хоразм" билан ўйнайди  8 18:21"Реал" президенти: "Карло Анчелотти энди буюк Мадрид оиласининг абадий аъзосига айланди"  4 17:52Суперлига. 11-тур дисквалификациялари: "Насаф", "Нефтчи" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  4 17:33УЕФА Европа Лигаси финалидан сўнг "Тоттенхэм"га медаллар етмай қолгани учун узр сўради  11 17:04Томас Тухель Андорра ва Сенегалга қарши ўйинлар учун Англия терма жамоасига чақирилган 26 нафар футболчи номини айтди. Улар орасида Тоуни ҳам бор  5 16:37Роналду Модричга мурожаат қилди: "Реал"да кўп лаҳзаларни сен билан баҳам кўриш мен учун шараф бўлган"  7 16:16Ўзбекистон кубоги. Бугун 1/8 финалга қуръа ташланади  1 16:05Перес: "Модрич "Реал" мухлислари қалбида мангу сақланиб қолади"  4 15:42Қаршида қолган қасам: Қосимовнинг "Насаф"га қарши қора статистикаси  8 15:39Халқаро тақвим. Июнда бизни нималар кутмоқда?  2

ECHL. CHorak finalda xet-trik qilgan besh azamat Yangiliklar

ECHL. CHorak finalda xet-trik qilgan besh azamat

Evropa chempionlar ligasining chorak finalida Krishtianu Ronaldu "Volfsburg" bilan o'yinda uchta gol urishga erishdi.

Biz musobaqaning aynan shu bosqichida bitta o'yinda kamida 3ta gol urgan futbolchilar haqida malumot berishga qaror qildik.

1998 yil mart oyida "Yuventus" klubi chorak finalda Kievning "Dinamo" klubiga qarshi to'qnash kelgan. Birinchi bahs Turinda bo'lib o'tgan va 1:1 hisobida tugagandi. Javob o'yini esa Filippo Inzagining benefisiga aylanib ketgan. "Pippogol" 100 mingdan ziyod tomoshabin kelgan o'yinda kievliklar darvozasiga uchta gol urishga erishgan. O'sha yil "Yuve" finalgacha borib "Real"ga mag'lub bo'lgandi.

18 mart 1998
"Dinamo Kiev" - "Yuventus" 1:4

Gollar: Rebrov 54 - Inzagi 29, 65, 73, Del Pero 87


Oradan ikki yil o'tib chorak finalda xet-trik kuzatilgandi. "Valensiya" yarim himoyachisi Xerard Lopez Rimning "Lacio" klubiga qarshi o'yinda 3ta gol urishga erishgandi. Javob bahsida "Lacio" 1:0 hisobida zafar quchgandi. Ispaniya klubi o'sha mavsumda finalga qadar etib borgan va "Real"ga yutqazib qo'ygandi.


05 aprel 2000
"Valensiya" - "Lacio" 5:2
Gollar:
Angulo 2, Xerard Lopez 4, 40, 80, Klaudio Lopez 90+1 - Simeone Inzagi 28, Salas 87.


2003 yilgi chorak finalida sueprto'qnashuv bo'lib o'tgandi. MYU va "Real" o'rtasidagi ilk o'yin Madridda bo'lib o'tgandi - 3:1. "Old Trafford"dagi javob o'yini haqiqiy spektaklga aylanib ketgandi. Maydon egalarining to'rtta goliga "galaktikos" safida braziliyalik Ronaldoning bir o'zi uchta gol bilan javob bergandi - 4:3. "Real" o'sha yil musobaqaning yarim finalida ikki o'yin natijasiga ko'ra "Yuventus"ga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.


23 aprel 2003
"Manchester Yunayted" - "Real Madrid" 4:3
Gollar:
Van Nistelroy 43, Elguera 52 avtogol, Bekxem 71, 85 - Ronaldo 12, 50, 59


2010 yil chorak finalda "Arsenal" va "Barselona" klublari to'qnash kelishgandi. Londonda o'tgan birinchi uchrashuvda tomonlar jangovor durang qayd etishgandi - 2:2. Kataloniyada tashkil etilgan javob bahsi esa maydon egalari hujumchisi Lionel Messining benefisiga aylanib ketgandi. Argentinalik futbolchi o'sha oqshom "kanonirlar" darvozasiga 4ta gol urgandi. "Barselona" o'sha yarim finalda bo'lajak chempion "Inter"ga yutqazib qo'ygandi.


06 aprel 2010
"Barselona" - "Arsenal" 4:1

Gollar: Lionel Messi 21, 37, 42, 88 - Nikolas Bendtner 18


Nihoyat ushbu maqola yozilishiga sababchi bo'lgan xet-trikka ham etib keldik. Madridning "Real" klubi chorak finalning birinchi o'yinida Germaniyaning "Volfsburg" klubi mehmoni bo'lib ko'pchilik uchun kutilmaganda 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Javob bahsida esa Krishtianu Ronaldu birinchi bo'limda ikkita, ikkinchi bo'limda bitta gol urib "Qirollik klubi"ga yarim final yo'llanmasini olib berdi - 3:0. Yarim finalda "Real" Angliyaning "Manchester Siti" klubiga qarshi o'ynaydigan bo'ldi.


13 aprel 2016
"Real Madrid" - "Volfsburg" 3:0

Gollar: Krishtianu Ronaldu 15, 17, 77


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика