ECHL chorak final ishtirokchilari rekordni takrorlashdi
11 apr 2024 08:35
Yangiliklar


ECHL chorak final ishtirokchilari rekordni takrorlashdi
CHempionlar ligasining joriy mavsumi chorak finalining dastlabki o'yinlarida 18 ta gol kiritildi.
SHu tariqa, jamoalar 2010/2011 yilgi mavsumda o'rnatilgan ushbu bosqich rekordini takrorladilar.
Eslatib o'tamiz, 9 aprel, seshanba kuni Madridning «Real» «Manchester Siti» bilan durang o'ynadi (3:3), «Arsenal» ham «Bavariya» bilan durang o'ynadi (2:2). Kechagi uchrashuvlarda esa «Barselona» PSJni mag'lub etdi (3:2), «Atletiko» esa Dortmundning «Borussiya»sidan (2:1) kuchliroq bo'lib chiqdi.
Eslatib o'tamiz, chorak final javob uchrashuvlari 16-17 aprel kunlariga belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar