So’nggi yangiliklar

15:00ПСЖ Санчо бўйича таклиф билан чиқди  1 14:37"Навбаҳор" Александр Лобанов билан хайрлашди  14 14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  2 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  3 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  4 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  2 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  19 11:30Хорватия термаси ҳимоячиси миллий жамоадаги фаолиятини якунлади  1 11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  5 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  9 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  12 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  13 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  7

ECHL. "Liverpul" "Benfika" maydonida ishonchli g'alabani tantana qildi Yangiliklar

ECHL. "Liverpul" "Benfika" maydonida ishonchli g'alabani tantana qildi

CHempionlar Ligasi 1/4 finali doirasidagi "Benfika" hamda "Liverpul" o'rtasidagi birinchi uchrashuv matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Benfika (Portugaliya) – Liverpul (Angliya) 1:3 

«Eshtadiu da Lush»

Gol: Nunes 49' – Konate 17', Mane 34', Dias 87'

Benfika – Vlaxodimos, Jilberto, Vertongen, Otamendi, Grimaldo, Taarabt (Meyte, 70), Rafa Silva, Vaygl, Everton (Yaremchuk, 82), Nunes, Gonsalu Ramush (Joau Mariu, 87).

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Jo Gomes, 89), van Deyk, Konate, Robertson, Tiago Alkantara (Xenderson, 61), Fabino, Keyta (Milner, 89), Saloh (Jota, 61), Mane (Firmino, 61), Dias.

Ogohlantirishlar: Tiago Alkantara (58), Taarabt (63). 

Bahs yakunlandi! "Liverpul" muxlislarini chiroyli g'alaba bilan muborakbod etaman. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+5. Fabino maydonga qaytdi. 

90+4. "Benfika" burchak zarbasidan unumli foydalana olmadi. 

90. Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Fabino va Otamendi to'qnashib ketdi, ularga tibbiy yordam kerak. 

89. "Liverpul"da 2 ta o'zgarish: Arnold o'rniga Jo Gomes, Keyta o'rniga Milner uchrashuvni tugatib qo'yadi.  

87. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Keytaning ajoyib pasidan keyin birga-bir holatga chiqib borgan Luis Dias darvozabonni aldab o'tib, to'pni bo'sh darvozaga yo'lladi – 1:3!  

87. "Benfika"da almashtirish: Ramush o'rniga Joau Mariu maydonga tushdi.

84. Diogu Jota olisdan zarba berdi. Yo'l-yo'lakay himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi.

82. "Benfika"da o'zgarish: Everton o'rniga Yaremchuk bahsni davom ettiradi.

82. Luis Dias jarima maydoni ichida darvozaga aniq zarba yo'llay olmadi. To'p chap ustun oldidan o'tib ketdi.

80. Endryu Robertsonning standartdan oshirmasi. Mudofaa vakillariga yordamga kelgan Nunes to'pni uzoqlashtirdi

79. Jordan Xendersonning uzatmasi kutilganidek chiqmadi.

77. Rafael Silva qanotdan oldinga bordi va ichkariga pas berishga harakat qildi, himoyachilardan biri so'nggi lahzada to'pni uzoqlashtira oldi.

76. Darvoza tomon aniq zarbalar: 3-6.

73. "Liverpul" to'pni markazda saqlagan holda qanotlarda tezkorlik hamda faollikni oshirmoqda. Oxirgi vaziyatda Trent to'pgi ulgurmay qoldi.

71. Jota Firmino bilan "devor" uslubida o'ynab, ichkariga yorib kirishga urindi. 

70. "Benfika"da almashtirish: Taarabt o'rniga Meyte tushirildi.

67. Darvin Nunes jarima maydoni ichida himoyachilarga qarshi kurash olib borib, yiqilib tushdi. Hakam penalti yo'q, dedi. Takroriy lavhalarga qaraganda, van Deyk Nunesni qo'li bilan ushlab qolgan.

65. "Liverpul" hamon to'p nazoratini o'zida saqlab turibdi, lekin "Benfika"dan har vaqt xavf kutsa bo'ladi. 

63. Taarabt Keytaga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

61. "Liverpul"da 3 ta o'zgarish: Mane o'rniga Firmino, Saloh o'rniga Jota, Alkantara o'rniga Xenderson o'yinga qo'shildi.

60. Uuuux!  Evertonning kuchli zarbasidan so'ng Alisson o'ziga xos seyv namoyish qildi, braziliyalikning zarbasi chakki chiqmagandi, o'z navbatida, uning vatandoshi ham to'p yo'liga g'ov bo'la oldi.

58. Tiago Alkantara Rafa Silvagi nisbatan juda qo'pol o'ynagani bois ogohlantirildi. 

55. Zarba!  Rafa Silvaning uzatmasidan so'ng Darvin Nunes bosh bilan muvaffaqiyatsiz zarbani ijro qildi.

53. Kameralar nigohi Jotaga qaratilmoqda. U Salohning o'rniga maydonga tushishi kutilmoqda.

52. Darvin Nunesning zarbasi ancha noaniq ko'rinish kasb etdi.

50. Trent burchakdan uzatmani amalga oshirdi, Mane bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.

49. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Silvaning qanotdan oshirib bergan to'pini Konate qaytara olmadi va Darvin Nunes uni qiyinchiliksiz raqib darvozasiga kiritdi – 1:2! 

47. Rafael Silva hujumga o'tishda berilib ketib ofsaydda qoldi.

46. Luis Dias uzatmani amalga oshirmoqchi bo'ldi, ammo unga qarshilik ko'rsatishdi.

46, Ikkinchi taym boshlandi! 

45. Birinchi taym yakuniga etdi. Hozircha hisob – 0:2. 

43. Nabi Keyta fol ishlatdi. U Rafa Silvani maysaga qulatdi.

42. Zarbalar bo'yicha yaqqol ustunlik Klopp shogirdlarida: 3-11 

39. Luis Dias ikki himoyachini qoyilmaqom tarzda aldab o'tdi va darvozani nishonga oldi, to'p ustunning bir necha santimetr narisidan o'tib ketdi.   

37. O'zaro bog'lamlardan keyin Everton zarba berib ko'rdi, Alisson o'z o'rnida! 

34. GOOOOOOOOOOOOL! Luis Diasning pasidan so'ng Sadio Mane yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi – 0:2!

33. Burchakdan uzatilgan to'pni Nikolas Otamendi bosh bilan zarba yo'lladi, ammo zarbaga aniqlik etishmadi.   

30. Endryu Robertsonning uzatmasinidan so'ng raqib himoyachilari to'pni uzoqlashtirishdi.

29. Fabino to'pni egallab olishga urinib, Gonsalu Ramushni yiqitdi.

26. Aleks Grimaldo ichkariga yaxshi pas uzatdi, ammo Alisson to'ni egallab olishga erishdi.

24. Luis Dias bo'shliqqa ega bo'ldi va vaziyatdan foydalanib qolib zarba berdi, Vlaxodimos sergak turganini ko'rsatdi.

23. Everton himoyachilarni adlashga kirishib, zarba berish uchun qulay poziciyaga chiqdi va zarbani yo'lladi ham, biroq noaniq.

20. Vertongen va Otamendi o'zaro pas o'ynashmoqda. Hozircha bundan hech qanday samara sezilmayapti.

19. Manening havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Nabi Keyta bosh bilan darvozani nishonga oldi, ammo to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

17. GOOOOOOOOOOOOOOL! Endryu Robertsonning burchak zarbasidan uzatgan to'pini Ibraima Konate bosh bilan darvozaga joylab qo'yib, hisobni ochdi – 0:1! 

14. "Benfika" futbolchilari o'z jarima maydoni tarafni tark etishmayapti, shu bilan birga, to'pga ham ega chiqishgani yo'q.

12. Zarbaaa!  Nabi Keytaning uzoqdan yo'llagan zarbasi Vlaxodimos tomonidan bartaraf qilindi.

9. Mane Salohni oldinga boshladi. Muhammadning yaqin masofadan bergan zarbasidan keyin to' himoyachi va darvoza ustuniga tegib, maydondan chiqib ketdi.

8. Dias chap qanotdan yorib kirib, Salohga pas berdi, biroq misrlik hujumchi zarba berishning uddasidan chiqmadi.

6. Nunes o'ng qanotda "Liverpul" o'yinchisini aldab, to'pni ichkariga oshirdi, ammo to'p Everton orqali maydondan chiqib ketdi. 

4. Robertsonning uzatmasidan so'ng Nabi Keyta bosh bilan zarba yo'lladi, ammo sal noaniq.

2. Mehmonlar to'pni nazorat qilishmoqda. Fabino va Luis Dias to'pga egalik qilishmoqda. 

1. Van Deyk Salohni izladi va uzun pasni amalga oshirdi, ammo to'p Vlaxodimosga borib tushdi.

- O'yinga start berildi! 

- Bahs 00:00 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun "Liverpul" safarda ECHL 1/4 finali doirasidagi birinchi uchrashuvda "Benfika"ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o'yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика