ECHL. Bavariya Myunxenda Arsenalni sharmanda qildi
16 fev 2017 02:40
Yangiliklar
ECHL. Bavariya Myunxenda Arsenalni sharmanda qildi
Myunxendagi bahsda hisobni Aren Robben chiroyli goli bilan ochdi. Taym o'rtasida Koselni ishlagan penaltini Aleksis Sanches amalga oshirdi. Noyer qaytargan to'pni Sanchesning o'zi darvozaga yo'lladi.
Ikkinchi taymda esa Karlo Anchelotti boshchiligidagi jamoani to'xtatib qolishning imkoni bo'lmadi. Lamning to'p uzatishini Levandovski gol bilan yakunladi. Oradan ko'p o'tmay Levaning pasidan keyin Tiago gol urdi. Tiagoning o'zi shu kuni dublga erishdi. Nihoyat zaxiradan maydonga tushgan Tomas Myuller bahsga katta nuqta qo'ydi - 5:1. "Bavariya" Londonga bormasdan turib chorak finalga deyarli chiqib bo'ldi.
Evropa chempionlar ligasi
1/8 final
Birinchi o'yin
Bavariya Germaniya – Arsenal Angliya 5:1
Gollar: 1:0 – 11 Robben, 1:1 – 30 Sanches, 2:1 – 53 Levandovski, 3:1 – 56 Alkantara, 4:1 – 63 Alkantara, 5:1 – 88 Myuller.
Arsenal – Ospina, Mustafi, Gibbs, Belerin, Koselni (Gabriel, 49), Oksleyd-CHemberlen, Koklen (Jiru, 77), Ivobi (Uolkott, 66), Ozil, Sanches, Djaka.
Ogohlantirishlar: Mustafi (15), Xummels (26), Sanches (33), Djaka (60), Lam (83).
Fikrlar