So’nggi yangiliklar

00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  0 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  0 00:20А Серия. "Кальяри" "Ювентус" дарвозасига ҳозирча иккита гол урди (онлайн ҳисоб)  23 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  0 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0 00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1 22:35Эрон. "Истиқлол" навбатдаги ғалабага эришди. Машарипов 78 дақиқа ўйнади  0 22:26СПЛ. Роналдусиз "Ал Насср" "Ал Файҳа"ни енгди. Садио Манедан дубль  0 21:40Ўқинг, қизиқ! Максим Саррафнинг онаси ПФЛдан миннатдорлигини билдирди  6 21:40"Сирдарё ФА" бош мураббийи: "Кубок ўйинлари биз учун тажриба мактаби бўлаяпти"  1

"Bavariya" "Barselona"ni Messiga qo'shib yanchib tashladi va yarim finalga yo'l oldi! Yangiliklar

"Bavariya" "Barselona"ni Messiga qo'shib yanchib tashladi va yarim finalga yo'l oldi!

ECHL chorak finali doirasida bugun tunda muxlislar Evropaning ikki grand jamoasi ishtirokida superto'qnashuv guvohiga aylanishdi.

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.


CHempionlar Ligasi.
1/4 final
"Barselona" – "Bavariya" 2:8

Gollar: 0:1 – 4 Myuller, 1:1 – 7, avtogol Alaba, 1:2 – 21 Perishich, 1:3 – 27 Gnabri, 1:4 – 31 Myuller, 2:4 – 57 Suares, 2:5 – 63 Kimmix, 2:6 – 82 Levandovski, 2:7 – 85 Koutino, 2:8 – 89 Koutino.

"Barselona" – ter Stegen, Langle, Alba, Pike, Serdji Roberto (Grizmann, 46), de Yong, Buskets (Fati, 70), Vidal, Semedu, Suares, Messi.

"Bavariya" – Noyer, Alaba, Kimmix, Boateng (Zyule, 76), Gnabri (Koutino, 75), Devis (Lyuka Ernandes, 84), Alkantara, Perishich (Koman, 67), Goretcka (Tolisso, 84), Levandovski, Myuller.

Ogohlantirishlar: Boateng (42), Devis (52), Suares (54), Alba (59), Kimmix (85), Vidal (90).


Barcelona

David Alaba - 7', Luis Suarez - 57'

Champions League Final Stage . 1/4-tur

15/08/2020, 00:00

8
:
2
Tugadi

Bayern Munich

Thomas Mueller - 4', Ivan Perisic - 22', Serge Gnabry - 27', Thomas Mueller - 31', Joshua Kimmich - 63', Robert Lewandowski - 82', Philippe Coutinho - 85', Philippe Coutinho - 89'

Stadion: Estadio da Luz, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Damir Skomina

45'
90'
7'  David Alaba
46'  Sergi Roberto (Antoine Griezmann)
54'  Luis Suarez
57'  Luis Suarez
57'  Jordi Alba
60'  Jordi Alba
70'  Sergio Busquets (Ansu Fati)
90'  Arturo Vidal
4'  Thomas Mueller
4'  Robert Lewandowski
22'  Ivan Perisic
22'  Serge Gnabry
27'  Serge Gnabry
27'  Leon Goretzka
31'  Thomas Mueller
31'  Joshua Kimmich
42'  Jerome Boateng
52'  Alphonso Davies
63'  Joshua Kimmich
63'  Alphonso Davies
67'  Ivan Perisic (Kingsley Coman)
75'  Serge Gnabry (Philippe Coutinho)
76'  Jerome Boateng (Niklas Suele)
82'  Robert Lewandowski
82'  Philippe Coutinho
84'  Alphonso Davies (Lucas Hernandez)
84'  Leon Goretzka (Corentin Tolisso)
85'  Joshua Kimmich
85'  Philippe Coutinho
85'  Thomas Mueller
89'  Philippe Coutinho
89'  Lucas Hernandez


YANGILASH


Bo'ldi, "Barsa"ni bugun faqat hakam ayadi. U ikkinchi bo'limda ham vaqt qo'shib bermadi va kataloniyaliklarni ehtimoliy 9-goldan qutqarib qoldi. Bo'ldi, "Bavariya" navbatdagi raqibni yanchib tashladi va yarim finalga yo'l oldi! 

Dunyoning eng yaxshi futbolchisi Messining bugun shunchaki boshi og'riyapti.

89-daqiqa. Xullas, yana GOL! "Barsa"ni o'zinikilar ham ayamayapti. Koutino ikkinchi, "Bavariya"ning sakkizinchi golini urdi. 

85-daqiqa. GOOOL! "Barselona" o'yinni maydon markazidan boshlab bermoqda, "Bavariya" esa gol urmoqda. Koutino hisobni 7:2 ko'rinishiga olib kelmoqda.

Gol inobatga olindi! Turnir to'purari Robert Levandovski hisobiga yana bitta gol yozdirib qo'ydi.

"VAR" ishga tushdi. Takroriy lavha ko'rilmoqda. 

82-daqiqa. GOOOOOOL! Robert Levandovski!

78-daqiqa. Asli "Barselona"ga tegishli Koutino driblingini ishga solib kataloniyaliklar himoyasini yorib o'tmoqchi bo'ldi, lekin to'p maydondan chiqarib yuborildi.  

76-daqiqa. Leo Messi zarba berishga imkon topdi, lekin uning kuchsiz zarbasini Noyer ortiqcha qiyinchiliksiz egallab oldi. 

70-daqiqa. Buskets o'rnini Ansu Fatiga bo'shatib bermoqda. Seten yo'qotadigan narsamiz qolmadi-ku, hech bo'lmasa harakat qilib ko'raylik dedi chog'i.

67-daqiqa. "Bavariya" taym boshida biz biroz xazillashgan edik degandek, endi "Barsa" o'ziga kelishiga umuman imkon bermayapti. 

63-daqiqa. GOOOOL! Joshua Kimmix. Alfonso Devis o'z hisobiga golli uzatma yozdirib qo'ydi.

"Barselona" o'yinga intrigani qaytarish niyatida harakat qilmoqda. 

57-daqiqa. GOOOOOL! Luis Suares Xordi Albaning uzatmasidan keyin ajoyib harakatlari evaziga raqibini dog'da qoldirdi va hisobni qisqartirdi. 

54-daqiqa. Luis Suaresga ketma-ket qo'polligi uchun sariq kartochka ko'rsatildi. Urugvaylik futbolchi avvaliga Devis, keyin Tyago Alkantaraga qarshi qoidani buzdi.

52-daqiqa. Alfonso Devis sariq kartochka bilan "siylandi".

51-daqiqa. Kimmix aniq uzatmani amalga oshirdi, lekin Goreckaning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

50-daqiqa. Leon Gorecka markazga yaqin hududda Frenki de Yongga nisbatan qoida buzdi.

49-daqiqa. Ivan Perishich uzoq masofadan zarba berdi, lekin Ter SHtegen o'z o'rnida.  

46-daqiqa. Serxi Roberto o'rniga Antuan Grizmann o'yinga qo'shildi. Kech bo'lmadimikin?

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'limda "Barselona" umumiy hisobda 7 bor zarba berdi (3tasi aniq) "Bavariya"ning esa faqatgina aniq zarbalari soni 7 ta. Umumiy zarbalari - 13 ta!

Hakam birinchi bo'limga ortiqcha vaqt qo'shishdan mano yo'q deb hisobladi va taymni yakunlab qo'ya qoldi. Tanaffus!

45-daqiqa. Alfonso Devisning xatosidan keyin Suaresda imkoniyat yuzaga keldi, lekin zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi va Noyer to'pni ushlab oldi. 

43-daqiqa. Himoyachilar biroz bo'shashgani tufayli xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, lekin Leon Gorecka kerakli paytda, kerakli joyda paydo bo'ldi.

42-daqiqa. "Barsa" yaxshi hujum uyushtirib, xavfli vaziyat yaratishi mumkin edi, ammo Boateng Suaresni qo'pollik ishlatib kutib oldi.

40-daqiqa. Suares o'yindan tashqari holatda ekanligi qayd etildi. 

O'yinda 5ta gol bo'ldi, lekin hozircha Robert Levandovski gol urmadi. Muxlislarning bir qismi u ham gol urishini kutishlariturgan gap. 

38-daqiqa. Kimmix qanotdan yorib kirdi va to'pni jarima maydoni ichiga etkazib bermoqchi bo'ldi, ammo burchak to'pi. 

Zo'r boshlangan o'yinda intriga o'lgandek. Lekin ishoning, bunday uchrashuvni har kuni ham ko'ravermaysiz.  

Takroriy lavhada ko'rindiki, u haq ekan, Tomas chindan to'pga o'ynagan, lekin Skomina Messining hurmati jarima zarbasi belgilagan bo'lib chiqdi!

Etibor bering. To'p uchun kurashgan Myuller qoida buzmaganini jon kuydirib tushuntiryapti. Unga qarab jamoasi 30 daqiqada 4ta gol urgan demaysmiz ham. 

32-daqiqa. Yana "Bavariya" hujumda. Bu safar Leon Gorecka zarba berdi, lekin to'p noaniq ketgani uchun gol bo'lmadi.

31-daqiqa. GOOOOOL! Tomas Myuller.

30-daqiqa. O'ttiz daqiqa ortda qoldi, hozircha faqat "Bavariya" gol urmoqda.


Myullerdan ajoyib to'p uzatilishi va Gnabri tezligini ishga solib raqibini ortda qoldirdi va darvozabonni ayab o'tirmadi.

27-daqiqa. GOOOOL! Gnabri!

27-daqiqa. Perishich bu safar to'pni sherigiga etkazib berdi, lekin Levaning zarbasi qovushmadi.

26-daqiqa. Leo Messi qanotdan to'pni havolatib uzatib berdi, Pike to'pni darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi, lekin noaniq. Qo'shimchasiga, o'yindan tashqari holat ham qayd etildi.  

Albatta bu xazil, lekin hozir Jerom Boateng sal qolsa to'pni Noyer qo'riqlayotgan darvozaga yo'llardi. Burchak to'pi! 

25-daqiqa. Endi navbat "Barsa"ga. Aniqrog'i "Bavariya" futbolchilari endi o'z darvozalariga gol urishlari kerak.  

O'ng qanotda to'pngi qabul qilgan xorvatiyalik futbolchi anchagina o'tkir burchakda bo'lishiga qaramay, kuchli va asosiysi kutilmagan zarba yo'lladi va yana jamoasini oldinga olib chiqdi.

21-daqiqa. GOOOOL! Ivan Perishich! 

20-daqiqa. Leo Messi!!! Jarima maydoniga kirib borib zarba berdi, lekin Noyer to'pni ortiqcha qiyinchiliksiz egallab oldi.  

20-daqiqa. Taqib ostida qolgan Frenki De Yong to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi.  

18-daqiqa. Ketma-ket uzatmalar va "Barselona" himoyachilari ortiqcha tortinib o'tirmay to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuboryapti.

17-daqiqa. Burchak to'pi. Perishich bilan kurashda Alba to'pni maydondan chiqarib yubordi. Jarima maydoniga etkazib berilgan to'pga Leon Gorecka boshi bilan zarba berdi, ammo noaniq. 

16-daqiqa. Alfonso Devis to'p uchun kurashda Vidalga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topildi. 

15-daqiqa. Kimmix oldinga o'tmoqchi bo'lgan Albadan to'pni olib qo'ydi. 

13-daqiqa. Leon Gorecka zarba bermoqchi edi, raqiblar bunga yo'l qo'ymadi. Etibor beryapsiz-a, to'p maydon markazida deyarli ushlanib qolmayapti. Har ikki klub tezkorlik bilan oldinga oshiqmoqda. 

12-daqiqa. CHap qanotdan Alfonso Devis oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoniga oshirdi, lekin Langle uni qaytarib yubordi.  

Jamoalar afishaga mos tarzda, shiddatli o'yin namoyish qilib berishmoqda. 

10-daqiqa. Keyingi hujum va yana xavfli vaziyat. O'ng qanotdan uzatib berilgan to'p sal qolsa, hech kimga tegmay darvozaga kirib ketardi, lekin darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

9-daqiqa. Suares!!! Noyer bilan uchrashuvga chiqib bordi va zarba berdi, lekin darvozabon o'z o'rnida. 

Kutilmaganda germaniyaliklar himoyachisi o'z darvozasiga juda chiroyli zarba bilan gol urib qo'ydi. Noyer hayratda!

7-daqiqa. GOOOOOL! David Alaba gol urdi, lekin hisob 1:1

4-daqiqa. GOOOOL! Myuller. Tezkor hujum chap qanotdan rivojlandi va Tomas Myullerga etkazildi, u Leva bilan devor uslubida o'ynab, qulayroq vaziyatga chiqib bordi va chap oyoqda hamyurti qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etdi. 

3-daqiqa. Kutilmaganda Suares qulay vaziyatda to'pni egallab olishi mumkin edi, lekin Manu Noyer oyoqlari bilan to'pni tepib yubordi. 

2-daqiqa. Buskets himoyadan to'p bilan chiqib ketayotganida raqibi "podkat" tashlab uni to'xtatdi, lekin to'p ispanlarda qoldi.  

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi. Jamoalar o'ta zich harakat qilib, raqibga umuman bo'sh zona qoldirmaslikni maqsad qilganliklarini ko'rsatib qo'yishmoqda.

Evropa CHempionlar Ligasi chorak final doirasidagi markaziy uchrashuv.


YANGILASH


Reyting: +110   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика