ECHL. "Atletiko" o'z uyida umuman g'alaba qozonmagan holda 1/4 finalga chiqqan ilk jamoa bo'ldi
16 mar 2022 11:48
Yangiliklar


ECHL. "Atletiko" o'z uyida umuman g'alaba qozonmagan holda 1/4 finalga chiqqan ilk jamoa bo'ldi
"Atletiko" "Manchester Yunayted" (2:1)ni CHL 1/8 finalida mag'lub etgan holda keyingi bosqichga chiqdi.
Madridliklar musobaqa tarixida 1/4 finalga o'z uyida g'alaba qozonmagan holda chiqqan ilk jamoa bo'ldi.
"Atletiko" CHL guruh bosqichida o'z uyida "Portu" (0:0) bilan durang o'ynadi, "Liverpul" (2:3) va "Milan" (0:1)ga esa yutqazgandi.
Ispanlar 1/8 finalning ilk o'yinida Madridda MYU (1:1) bilan durang o'ynadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar