ECHL, 5-tur. "C" guruhi. "Zenit" Piterda "Benfika" bilan to'qnashadi, "Bayer" esa "Monako"ni mehmon qiladi
26 noy 2014 15:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/152857_original.jpg)
![](/upload/storage/152857_220.jpg)
ECHL, 5-tur. "C" guruhi. "Zenit" Piterda "Benfika" bilan to'qnashadi, "Bayer" esa "Monako"ni mehmon qiladi
"C" guruhining 5-tur uchrashuvlarini "Zenit" - "Benfika" o'yini boshlab beradi. Piterliklar "Benfika" bilan bo'lgan birinchi davra bellashuvida mehmonda ishonchli g'alabani qo'lga kiritgan edi. Aynan shu g'alaba hozircha "Zenit"ning bu mavsumda chempionlar ligasidagi yagona g'alabasi bo'lib turibdi. SHundan so'ng o'tkazilgan uchta turdan buyon "Zenit" raqiblarini enga olmay kelmoqda. "Zenit" va "Benfika" hozirda bir xil to'rt ochkodan jamg'arib, guruhda 3-4 o'rinlarni bo'lishib turishibdi. Bu uchrashuvdagi g'alaba har ikkala jamoasi uchun ancha katta qiymatga ega bo'lishi aniq. Mag'lubiyatga uchraydigan jamoa esa deyarli keyingi pley-offga chiqish imkoniyatini yo'qotadi.
Guruhdagi ikkinchi o'yin Leverkuzenda o'tkaziladi. Unda "Bayer" jamoasi o'z maydonida "Monako" klubini mehmon qiladi. Durang natijasi qayd etishni sevuvchi "Monako" jamoasi hozircha birgina g'alabani tantana qilgan. Ushbu yutuq aynan "Bayer" bilan Franciyada kechgan o'yinda qo'lga kiritilgan edi. "Bayer" o'sha mag'lubiyat uchun ham bugun "Bay Arena"da "Monako"ni mag'lub etish yo'llarini qidirishi kutilmoqda.
"Bayer" agarda bugun "Monako" ustidan g'alaba qozonsa, unda "aspirinliklar" rasman pley-offga yo'llanma olishadi.
"C" guruhi.
"Zenit" - "Benfika" (22:00, "NTV PLYUS Futbol")
"Petrovskiy".
Bosh hakam: Nikola Riccoli (Italiya)
"Bayer" - "Monako" (00:45, "NTV PLYUS Sport")
"Bay Arena".
Bosh hakam: Paolo Talyavento (Italiya)
4-turdan keyingi holat
# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk 1 Bayer Leverkusen 4 3 0 1 7 - 3 4 9 2 Monaco 4 1 2 1 1 - 1 0 5 3 Zenit St. Petersburg 4 1 1 2 3 - 4 -1 4 4 Benfica 4 1 1 2 2 - 5 -3 4
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar