ECHL. 3-tur. Bugungi o'yinlar prevyusi
21 okt 2014 13:45
Yangiliklar

ECHL. 3-tur. Bugungi o'yinlar prevyusi
Bugun Evropa chempionlar ligasi 3-tur uchrashuvlari boshlanadi.
Seshanba kuni tunda to'rtta guruhda jamoalar birinchi davradagi o'zlarining so'nggi o'yinlarini o'tkazishadi.
Dastlabki bellashuv "E" guruhida kechadi. Moskvaning CSKA jamoasi Angliyaning amaldagi chempioni "Manchester Siti" bilan kuch sinashishadi. Ushbu o'yin "Arena Ximki" stadionida tomoshabinlarsiz o'tadi. Bu esa mezbonlarning ustunligini sal bo'lsada kamaytirib yuborishi turgan gap. "Siti" hozirgacha o'tkazilgan ikkita bellashuvning birida durang va yana birida mag'lubiyatga uchragandi. Manuel Pellegrini jamoasi bu gal ochko yo'qotishga halari yo'q. Aks holda ularning guruhlardagi vaziyat yanada chigallashadi.
Guruhning ikkinchi o'yini Rimda bo'lib o'tadi. Bu nafaqat guruhning , balkim 3-turning eng markaziy bahsi sifatida etirof etilmoqda. "Roma" o'z maydonida Myunxening "Bavariya" jamoasi bilan hisob-kitob qilib olishi lozim. Ushbu bahs guruh g'olibligi uchun kechishi aniq. Agarda mezbonlar o'zlari uchun ijobiy natijani qayd eta olishsa, unda Rudi Garsiya shogirdlari "E" guruhi karvonboshchisiga aylanishadi. "Bavariya" ayni paytda 6 ochko bilan peshqadamlikni saqlab kelmoqda. Ular bugungi o'yinda muvaffaqiyatli qatnashib, tezroq keyingi bosqich masalasini hal etishmoqchi.
Bu uchrashuvda yana bir etiborga molik jihat shuki, mavsum avvalida "Roma"dan "Bavariyaga ko'chib o'tgan Mexdi Benatia bugun sobiq jamoasiga qarshi "stadio Olimpiko" stadionida saf tortishi mumkin.
"F" guruhida ishtirok etayotgan APOEL jamoasi PSJni qabul qilsa, Kataloniyaning "Barselona" klubi "Ayaks" bilan duch keladi.
Bu gurhda 2-turdan keyingi vaziyat ancha "tartibli" turibdi. APOELda 1 ochko, "Ayaks" 2 ochko to'plashga erishgan, "Barselona" yagona g'alabasi evaziga 3 ochko jamg'argan va PSJ bir g'alaba va durang bilan 4 ochko to'plab guruhda peshqadamlik qilmoqda. Demak barcha jamoalarda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlar mavjud. Hech bir jamoa ikkinchi turdan so'ng qo'l siltamagan. Ushbu turdan keyin esa qo'l siltamaslik uchun g'alaba uchun kurashishlari talab etiladi. APOEL o'z maydonida PSJ qarshiligini engishga urinib ko'rsa, "Barselona" "Kamp Nou"da "Ayaks"ni ranjitish rejalarini tuzib chiqmoqda. Buni rejalarni qanchalik uddalashlari esa kechga yaqin oydinlashadi.
Yana bir qizqiqarliro guruh bo'lib turgan "G" kvartetida ham vaziyat qizg'in. Londonning "CHelsi" jamoasi o'tkazilgan ikki uchrashuvda 4 ochko jamg'argan holda hozircha peshqadamlikni saqlab turibdi. "SHalke" va "Maribor"da esa 2 ochko mavjud. Portugaliya grandi sanalgan "Sporting" esa guruhdagi eng kamtar jamoa bo'lib turibdi. Ular hisobida atiga bir ochko bor. "CHelsi" bugun musobaqada halicha mag'ulubiyat nimaligini bilmay kelayotgan "Maribor"ni "Stemford Brij"da sinovdan o'tkazsa, Di Matteo boshchiligidagi "SHalke" "Sporting" qarshiligini angishga urinib ko'radi. Agarda bugungi bellashuvda mezbonlar g'alaba qozongudek bo'lsa, unda "CHelsi" va "SHalke" jamoalari keyingi bosqich uchun bir qadam oldinga qadam tashlagan bo'lishadi.
Evropa chempionlar ligasining eng kamtarroq bo'lgan "H"guruhidan o'rin olgan BATE, "SHaxtyor", "Portu" va "Atletik" jamoalari keyingi bosqichga beriladigan ikki chipta uchun kurash olib borishmoqda. "Portu" va BATE ikkinchi turdan keyin raqiblarilan ko'ra yaxshiroq holatga egalar. BATE bugun o'z maydonida "SHaxtyor"ni qabul qiladi. "Portu" esa "Atletik" bilan o'zaro bellashadi.
ECHL, 3-tur.
"E" guruhi.
CSKA - "Manchester Siti" (21:00)
"Arena Ximki" stadioni.
Bosh hakam: Ishtvan Vad (Vengriya)
Yo'qotishlar: Elm, Panchenko, Vitino, Zagoev, Vernblum - yo'q.
"Roma" - "Bavariya" (23:45)
"Stadio Olimpiko" stadioni.
Bosh hakam: Yonas Eriksonn (SHveciya)
Yo'qotishlar: Kstan, Strootman, Keyta - Reyna, Badshtuber, Martinez, Tiago, SHvaynshtayger.
"F" guruhi.
APOEL - PSJ (23:45)
"Neo stedium"
Bosh hakam: Ovidiu Xategan (Ruminiya)
Yo'qotishlar: Yo'q - Lavezzi.
"Barselona" - "Ayaks" (23:45)
"Kamp Nou" stadioni.
Bosh hakam: Uillyam Kollum (SHotlandiya)
Yo'qotishlar: Vermalen - Yo'q.
"G" guruhi.
"CHelsi" - "Maribor" (23:45)
"Stemford Brij" stadioni.
Bosh hakam: Denni Makkelie (Gollandiya)
Yo'qotishlar: Yo'q - Yo'q
"SHalke" - "Sporting" (23:45)
"Veltins Arena" stadioni.
Bosh hakam: Sergey Karasev (Rossiya)
Yo'qotishlar: Farfan, Goretcka, Sem, Santana - Yo'q.
"H" guruhi.
BATE - "SHaxtyor" (23:45)
"Borisov Arena" stadioni.
Bosh hakam: Ivan Bebek (Xorvatiya)
Yo'qotishlar: Yo'q - Yo'q
"Portu" - "Atletik" (23:45)
"Dragao" stadioni.
Bosh hakam: Damir Skomina (Slovakiya)
Yo'qotishlar: Yo'q - Aketxe.
SHahboz Beg'amov tayyorladi

Fikrlar