ECHL. 1/8 finalning 15 ta ishtirokchisi malum bo'ldi
12 dek 2018 07:49
Yangiliklar
ECHL. 1/8 finalning 15 ta ishtirokchisi malum bo'ldi
Deyarli barcha guruhlarda keyingi bosqichga jamoalar nomi aniq.
Unga ko'ra quyidagi jamoalar ECHLning 1/8 finaliga yo'llanmani qo'lga kiritib ulgurgan: «Atletiko», «Barselona», «Real» (hammasi — Ispaniya), «Bavariya», «Borussiya», «SHalke» (hammasi — Germaniya), «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Tottenxem» (hammasi — Angliya), «Roma», «Yuventus» (hammasi — Italiya), «Ayaks» (Niderlandiya), «Portu» (Portugaliya), PSJ (Franciya).
Bugun F guruhida so'nggi yo'llanmasi sohibi malum bo'ladi. Unda «Lion» va «SHaxtyor» 1/8 finalga chiqish uchun kurash olib boradi.
Fikrlar