So’nggi yangiliklar

20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  0 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  10 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  8 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  6 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  6 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  9 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  10 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  12

ECHL. 1/8 finalga chiqqan jamoalar haqida Yangiliklar

ECHL. 1/8 finalga chiqqan jamoalar haqida

Evropa chempionlar ligasi 1/8 finaliga yo'llanma olgan 16ta jamoa haqida malumot beramiz.
Guruh g'oliblari
"Real" (Ispaniya)
Tushishi mumkin bo'lgan raqiblar: PSV, "Benfika", "Yuventus", "Roma", "Arsenal", "Dinamo" Kiev, "Gent"
Eng yaxshi to'purar: Krishtianu Ronaldu - 11 (guruh bosqichi rekordi)
O'tgan mavsum: yarim final ("Yuventus"dan mag'lubiyat - 2:3)
Musobaqadagi eng yaxshi natijasi: g'olib, 10 marta (1956, 1957, 1958, 1959, 1960, 1966, 1998, 2000, 2002, 2014)

• Krishtianu Ronaldu guruh bosqichida 11ta gol urgan holda 88ta gol bilan bilan musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. "Real" ketma-ket 19-marta guruh bosqichidan chiqdi.



"Volfsburg" (Germaniya)
Tushishi mumkin bo'lgan raqiblar: "PSJ", "Benfika", "Yuventus", "Roma", "Arsenal", "Dinamo" Kiev, "Gent"
Eng yaxshi to'purar: Naldo - 2
O'tgan mavsum: Evropa ligasi chorak finali
Musobaqadagi eng yaxshi natijasi: Ilk bor 1/8 finalga chiqdi

• "Volfsburg" o'z tarixida ilk bor ECHL pley-offiga chiqdi.

"Atletiko" (Ispaniya)
Tushishi mumkin bo'lgan raqiblar:
"PSJ", PSV, "Yuventus", "Roma", "Arsenal", "Dinamo" Kiev, "Gent"
Eng yaxshi to'purar:  Antuan Grizmann - 4
O'tgan mavsum:  chorak final ("Real"dan mag'lubiyat - 0:1)
Musobaqadagi eng yaxshi natijasi:  final (1974, 2014)

• "Atletiko" ketma-ket uchinchi yil ECHL guruh bosqichini birinchi o'rinda tugatdi.



"Manchester Siti" (Angliya)
Tushishi mumkin bo'lgan raqiblar:
"PSJ", PSV, "Benfika", "Roma", "Dinamo" Kiev, "Gent"
Eng yaxshi to'purar:  Raxim Sterling - 3
O'tgan mavsum: 1/8 final ("Barselona"dan mag'lubiyat - 1:3)
Musobaqadagi eng yaxshi natijasi: 1/8 final (2006)

• "Siti" o'z tarixida ilk bor guruhda birinchi o'rinni oldi.

"Barselona" (Ispaniya)
Tushishi mumkin bo'lgan raqiblar:
"PSJ", PSV, "Benfika", "Yuventus", "Arsenal", "Dinamo" Kiev, "Gent"
Eng yaxshi to'purar:  Luis Suares - 5
O'tgan mavsum:  CHempion ("Yuventus" ustidan g'alaba - 3:1)
Musobaqadagi eng yaxshi natijasi: chempion, besh marta (1992, 2006, 2009, 2011, 2015)

• "Barselona" CHempionlar ligasini ketma-ket ikki yil yutgan ilk klub bo'lishga harakat qilmoqda.



"Bavariya" (Germaniya)
Tushishi mumkin bo'lgan raqiblar:
"PSJ", PSV, "Benfika", "Yuventus", "Roma", "Dinamo" Kiev, "Gent"
Eng yaxshi to'purar: Robert Levandovski - 7
O'tgan mavsum:  yarim final ("Barselona"dan mag'lubiyat - 3:5)
Musobaqadagi eng yaxshi natijasi:  chempion, besh marta (1974, 1975, 1976, 2001, 2013)

• "Bavariya" guruh g'olibi bo'lish bo'yicha "Manchester Yunayted"ga tenglashib oldi. Bu borada "Barselona" (17) va "Real" (15) peshqadam.

"CHelsi" (Angliya)
Tushishi mumkin bo'lgan raqiblar:
"PSJ", PSV, "Benfika", "Yuventus", "Roma", "Gent"
Eng yaxshi to'purar:  Villian - 5
O'tgan mavsum: 1/8 final ("PSJ"dan mag'lubiyat - 3:3 (safarda urilgan gol tufayli)
Musobaqadagi eng yaxshi natijasi:  chempion (2012)

• "CHelsi" oxirgi 13ta mavsumdan 10tasida guruhda g'olib bo'ldi.

"Zenit" (Rossiya)
Tushishi mumkin bo'lgan raqiblar:
"PSJ", PSV, "Benfika", "Yuventus", "Roma", "Arsenal"
Eng yaxshi to'purar:  Artem Dzyuba - 6
O'tgan mavsum: Evropa ligasi chorak finali
Musobaqadagi eng yaxshi natijasi:  1/8 final (1986, 2012, 2014)

• "Zenit" so'nggi turda "Gent"ni mag'lub etganida guruh bosqichining barcha o'yinida yutgan ettinchi jamoaga aylanardi.



Ikkinchi o'rinni egallaganlar
"Pari Sen-Jermen" (Franciya)
Tushishi mumkin bo'lgan raqiblar:
"Volfsburg", "Atletiko", "Manchester Siti", "Barselona", "Bavariya", "CHelsi", "Zenit"
Eng yaxshi to'purar:  Anxel Di Mariya - 3
O'tgan mavsum: chorak final ("Barselona"dan mag'lubiyat - 1:5)
Musobaqadagi eng yaxshi natijasi:  yarim final (1995)

• "Pari Sen-Jermen" guruh bosqichida bitta gol o'tkazib musobaqa rekordini o'rnatdi.

PSV (Gollandiya)
Tushishi mumkin bo'lgan raqiblar:
"Real", "Atletiko", "Manchester Siti", "Barselona", "Bavariya", "CHelsi", "Zenit"
Eng yaxshi to'purar:  Lyuk de Yong, Maksim Lestenn - 2
O'tgan mavsum:  Evropa ligasi 1/16 finali
Musobaqadagi eng yaxshi natijasi:  chempion (1988)

• PSV 2006/07 yilgi mavsumdan buyon ECHL pley-offiga chiqqan ilk Gollandiya klubi bo'ldi. O'sha mavsumda Eyndxoven klubi chorak finalga qadar etib borgandi.



"Benfika" (Portugaliya)
Tushishi mumkin bo'lgan raqiblar:
"Real", "Volfsburg", "Manchester Siti", "Barselona", "Bavariya", "CHelsi", "Zenit"
Eng yaxshi to'purar:  Nikolas Gaytan - 3
O'tgan mavsum: Evropa ligasi finali
Musobaqadagi eng yaxshi natijasi:  chempion, ikki marta (1961, 1962)

• "Benfika" oxirgi 8 mavsumda ikkinchi bor 1/8 finalga chiqdi.

"Yuventus" (Italiya)
Tushishi mumkin bo'lgan raqiblar:
"Real", "Volfsburg", "Atletiko", "Barselona", "Bavariya", "CHelsi", "Zenit"
Eng yaxshi to'purar:  Alvaro Morata, Mario Mandjukich - 2
O'tgan mavsum:  final ("Barselona"dan mag'lubiyat - 1:3)
Musobaqadagi eng yaxshi natijasi:  chempion, ikki marta (1985, 1996)

• "Yuventus"ning evrokuboklardagi o'z uyidagi mag'lubiyatsiz seriyasi 16ta o'yinga etdi (10ta g'alaba, 6ta durang).



"Roma" (Italiya)
Tushishi mumkin bo'lgan raqiblar: "
Real", "Volfsburg", "Atletiko", "Manchester Siti", "Bavariya", "CHelsi", "Zenit"
Eng yaxshi to'purar: Edin Jeko, Miralem Pyanich, Daniele De Rossi - 2
O'tgan mavsum: Evropa ligasi 1/8 final
Musobaqadagi eng yaxshi natijasi:  final (1984)

• "Roma" 6 ochko bilan guruhdan chiqdi. Rim klubi 2013/14 yilgi mavsumda "Zenit"ning natijasini takrorladi.

"Arsenal" (Angliya)
Tushishi mumkin bo'lgan raqiblar:
"Real", "Volfsburg", "Atletiko", "Barselona", "Zenit"
Eng yaxshi to'purar: Olive Jiru - 5
O'tgan mavsum: 1/8 final
Musobaqadagi eng yaxshi natijasi:  final (2006)

• Guruh bosqichidagi dastlabki ikki mag'lubiyatga qaramay, "Arsenal" 1/8 finalga chiqdi. London klubi ketma-ket 16-marta pley-offda o'ynaydi.



"Dinamo" Kiev (Ukraina)
Tushishi mumkin bo'lgan raqiblar:
"Real", "Volfsburg", "Atletiko", "Manchester Siti", "Barselona", "Bavariya"
Eng yaxshi to'purar:  Andrey Yarmolenko - 2
O'tgan mavsum: Evropa ligasi chorak finali
Musobaqadagi eng yaxshi natijasi: yarim final (1977, 1987, 1999)

• Kievning "Dinamo" klubi 1999/2000 yilgi mavsumdan buyon ilk bor musobaqaning bahorgi qismiga chiqdi.

"Gent" (Belgiya)
Tushishi mumkin bo'lgan raqiblar:
"Real", "Volfsburg", "Atletiko", "Manchester Siti", "Barselona", "Bavariya", "CHelsi"
Eng yaxshi to'purar:  Daniel Milichevich - 3
O'tgan mavsum:  evrokuboklarda ishtirok etmagan
Musobaqadagi eng yaxshi natijasi: uchinchi saralash bosqichi (2011/12)

• "Gent" 2000/01 yilgi mavsumdan buyon ECHL pley-offiga chiqqan Belgiyaning birinchi klubi bo'ldi. O'shanda "Anderlext" bu natijaga erishgandi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика