So’nggi yangiliklar

00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  20 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  3 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5

ECHL, 1/8 final. "Real" - "SHalke", "Portu" - "Bazel" Yangiliklar

ECHL, 1/8 final. "Real" - "SHalke", "Portu" - "Bazel"

Bugun Evropa chempionlar ligasi nimchorak final javob o'yinlariga start beriladi.
Madridning "Real" jamoasi "Santyago Bernabeu"da Germaniyaning "SHalke" klubini qabul qiladi. Bu jamoalarning dastlabki Gelzerkirxenda kechgan bellashuvida "qaymoq ranglilar" 2:0 hisobida g'alabani tantana qilishgandi. Javob bellashuvi oldidan Karlo Anchelotti jamoasida imkoniyat ancha yaxshi. Roberto Di Matteo boshqaruvidagi "SHalke"ning bu to'qnashuvdagi imkoniyatlari birinchi uchrashuvdan so'ng keskin pasayib ketgandi.



Biroq "SHalke" futbolchilari javob o'yini oldidan ortiqcha bosimdan holi bo'lishgan va Madridda o'tadigan bahsda jamoa yaxshi natijaga erishish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni amalga oshirishga harakat qilishi tabiiy. "Real" jamoasi so'nggi o'yinlarni ko'ngildagidek o'tkaza olmayapti. Madridliklar chempionat doirasidagi "Vilyarreal" hamda "Atletik" bilan bo'lgan o'yinlarda ko'ngildagidek o'ynay olishmadi va o'z muxlislarini ranjitishdi. "SHalke" esa "Real"ga qarshi bellashuv oldidan o'z chempionatida g'alaba qozondi va jamoaning kayfiyati yaxshi.



"Real" bu to'qnashuvda so'zsiz favorit va birinchi o'yindagi ustunlikni "Santyago Bernabeu"da bo'ladigan uchrashuvda yo'qqa chiqarib yuborishi juda qiyin masala. Nima bo'lgan taqdirda ham bu futbol va futbolda katta sensaciyalar ham uchrab turadi. Roberto Di Matteo shoigrdlari bugun aynan o'sha sensaciyasi qayd etish uchun maydonga tushishadi. Karlo Anchelotti jamoasi esa o'z muxlislariga chiroyli g'alaba va chorak final chiptasini taqdim etish maqsadida maydonga tushishadi.



Kunning ikkinchi to'qnashuvi Portugaliyada o'tkaziladi. "Portu" jamoasi SHveycariyaning "Bazel" klubi bilan chorak final masalasini hal etish uchun saf tortadi. Bu jamoalarning dastlabki uchrashuvida 1:1 hisobidagi durang natijasi qayd etilgan edi. Mehmonda urilgan gol portugaliyaliklarga qo'l kelishi mumkin va ularni bugun nursiz durang ham qanotlantiradi. Lekin "Bazel" klubi hujumkorlikni yoqtiradigan jamoalar sirasiga kiradi. Ushbu to'qnashuvda hali hech narsa hal bo'lgani yo'q va bugungi bellashuv har ikkala jamoa uchun ham finalga teng bahs bo'lishi aniq. O'rtada chorak final chiptasi qo'yilgan. "Dragau"da bo'ladigan bahs muxlislarni 90 yoki 120 daqiqa davomida katta hayajonda ushlab turishi mumkin. Deyarli teng kuchli jamoalar o'rtasidagi bahs muxlislarga chiroyli bahsni taqdim etishi aniq.



"Real" - "SHalke"
10 mart. Madrid. "Santyago Bernabeu" stadioni.
Hakam
- Damir Skomina (Sloveniya).

"Portu" - "Bazel"
10 mart. Portu. "Dragau" stadioni.
Hakam
- Yunas Eriksson (SHveciya).


SHahboz Beg'amov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика