Dzyuba Azarga javob qaytardi
14 okt 2019 00:20
Yangiliklar


Dzyuba Azarga javob qaytardi
Belgiya termasi azosi Eden Azar jamoadoshlari bilan Evro-2020 saralashini yuz foizlik natija bilan yakunlashni istayotgani haqida aytgandi.
Rossiyaliklar hujumchisi Artyom Dzyuba esa unga javob berdi.
«Bizda o'ylangan reja bor, yani, guruhda birinchi o'rinni egallash. Azar 30 ochko yig'ish niyati borligini aytdi, biz esa haliqit berishga urunib ko'ramiz. Sankt-Peterburgdagi bahsni kutyapmiz. O'zimizni ko'rsatish uchun bu yaxshigina sinov bo'ladi. Hozirda bizdan kuchsiz yoki biz bilan bir darajadagi terma jamoalarni engishni o'rganib oldik. Belgiya esa Evro oldidan barcha mexanizmlarimizni tekshirib olish uchun bizga qo'l keladigan jamoadir», – deya qayd etgan Dzyuba.
Eslatib o'tamiz, qita birinchiligini muddatidan oldin naq qilgan Rossiya hamda Belgiya o'rtasidagi uchrashuv 16 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar