Dzyuba APL klubiga o'tishi mumkin
19 jan 2019 13:48
Yangiliklar
Dzyuba APL klubiga o'tishi mumkin
"Zenit" hujumchii Artyom Dzyuba "Everton" futbolchisiga aylanishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, Liverpul jamoasi bosh murabbiyi Marku Silva rossiyalik forvard xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Dzyuba ham faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishga qarshi emas.
Malum bo'lishicha, "Everton" futbolchini ijaraga olmoqchi, ammo uning transfer huquqini to'liq sotib olish varianti yo'q emas. "Zenit" "Everton" futbolchilaridan biriga qiziqayotgani tufayli, kelishuvga rozi bo'lishi mumkin. Dzyuba va Sankt-Peterburg klubi o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozida yakuniga etadi.
Dzyuba 2015 yil "Spartak"dan "Zenit"ga o'tgan edi. Joriy mavsum u RPLning 16ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.
Fikrlar