Dyugarri de Ligt haqida: "U 19 yoshda 12-15 mln evro ishlamoqchimi? Ko'nglim ayniyapti"
28 iyu 2019 15:27
Yangiliklar


Dyugarri de Ligt haqida: "U 19 yoshda 12-15 mln evro ishlamoqchimi? Ko'nglim ayniyapti"
Franciya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Kristof Dyugarri "Ayaks" himoyachisi Matteys de Ligtning moliyaviy talablari haqida keskin fikr bildirdi.
"U nima haqida o'ylamoqda? Uning miyasida nima hayol bor? U 19 yosh! U 12, 13, 14 yoki 15 million ishlamoqchimi? Yaxshiroq mashina, kattaroq uy, uzunroq yaxta xohlayaptimi? Agar bularning barchasi pul tufayli bo'lsa mening ko'nglim ayniydi.
De Ligt - ajoyib himoyachi, u juda yaxshi. Lekin, bunday ahvolda hammasi uzoq davom etmaydi. Bu mumkin emas.
Men zamonaviy futboldan charchadim. PSJ uning xizmatlaridan voz kechgani bilan ularni tabriklayman", - dedi Dyugarri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar