Duvan Sapata safga qaytdi

1 yanv 2020, 01:51
Hujumchi oktyabr oyidan buyon maydonga tushmadi.

Duvan Sapata mashg'ulotlarga qaytdi, deb xabar qoldirdi "Atalanta" klubi rasmiy sayti. Kolumbiyalik hujumchi so'nggi marta 1 oktyabr kuni (YCHL guruh bosqichi doirasida "Shaxtyor"ga qarshi uchrashuv - 1:2) maydonga tushgandi.  

Eslatib o'tamiz, 28 yoshli Sapata joriy mavsum 9 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 bor sheriklariga shunday imkoniyatni yaratib berdi.

Jan Pero Gasperini 6 yanvar kuni "Parma"ga qarshi o'tkaziladigan yangi yilning ilk uchrashuvida Sapataning xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: atalanta.it