So’nggi yangiliklar

19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  0 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 18:00Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:0 (матнли трансляция)  56 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  23 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  39 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  27 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  31 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1

Duvan Sapata haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar Yangiliklar

Duvan Sapata haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar

"Atalanta"ning kolumbiyalik yulduzi hayoti va ijodiga oid malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

1. Duvan Sapata futbolga ilk bor 10 yoshida qadam qo'ygan. O'shanda u Kolumbiyaning "Amerika de Kali" jamoasi bilan shartnoma imzolagan edi.

2. Kolumbiyalik 2011 yil Argentinaning "Estudyantes" klubiga ijaraga beriladi. U o'sha erdagi debyut o'yinida maydonga tushganidan 20 sekund o'tib, birinchi golini urgan. Mavsum so'ngigacha esa 5ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. SHundan keyin, Argentina klubi Sapatani xarid qiladi. Biroq 2 yil o'tib, uni 7,5 million evro evaziga “Napoli”ga sotib yuboradi.

3. Yosh bo'lishi va Italiya CHempionatini hali yaxshi bilmasligiga qaramay, Duvan "Napoli"dagi birinchi mavsumda 22 o'yinda ishtirok etib, 7ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. U CHempionlar Ligasi "Marsel"ga qarshi bahsda "partenopeyclar" tarkibidagi debyut golini urgan.

4. O'zini yaxshi ko'rsata olayotgani, maydonda ajoyib harakatlanayotganiga qaramay, "Napoli" rahbariyati uni 2 yilga "Udineze"ga ijaraga berib yuboradi. Sapata friulcliklar tarkibida bazida yaxshi, bazida esa yomon o'ynadi. U ikki mavsum davomida 18 marta raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. Ammo bir kuni "Udineze" murabbiyi Luijji Delneri o'yinchining mashg'ulotlardagi harakatlariga nazar solib, uni "beso'naqay" deb ataydi. Kolumbiyalik bu haqida jurnalistlardan eshitdi, biroq murabbiy nima uchun bunday deganini tushunmadi. Bir necha kundan so'ng nega unday deganini aniqlashtirib, shunday deb javob berdi: "Beso'naqay?! To'g'ri, men Messidek buyuk o'yinchi emasman. Ammo imkoniyatlarimni yuqori baholayman, men ham ko'p narsaga qodirman”.

5. Ijara muddati tugaganidan so'ng, kolumbiyalik Neapolga qaytdi. O'sha vaqt uning faoliyatidagi eng qiyin davr bo'ldi: "Neapolda o'tgan ikki oy men uchun juda qiyin kechdi. Jamoa bilan birga shug'ullanishga menga ruhsat berishmasdi. SHuning uchun, yolg'iz o'zim shug'ullanardim. Hattoki, meni ko'rishni ham istashmasdi. Biroq klub prezidenti A Seriya klublari meni xarid qilishi borasida menga juda yuqori narx belgilab qo'ydi. Baxtimga, "Sampdoriya" neapolliklar bilan kelisha oldi. SHundan so'ng, men Genuya tomon yo'l oldim". Sapata yangi klubda o'zini qaytadan kashf etdi. 2017/18 yilgi mavsumda 11ta gol urdi. "Men Genuyada chiroyli o'yinlar ko'rsata oldim. O'zimga bo'lgan ishonchim ham ortdi. Buning uchun murabbiy Jampaolodan minnatdorman”.

6. Ammo Duvan u erda ham uzoq qolmadi — 2018 yil yozda "Atalanta" kuchli markaziy hujumchini Bergamoga olib kelish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qildi. Sapataning transfer summasi klub tarixidagi rekord natija bo'ldi: 2 yillik ijara haqi 12 million evro. Bundan tashqari, bergamoliklar 2020 yilda "Sampdoriya" hisobiga yana 14 million evro o'tkazib berishlari kerak. Ikki klub o'rtasidagi shartnomada belgilangan turli bonuslar bilan birgalikda umumiy summa 30 million evroni tashkil qiladi.

7. Turinning "Yuventus" klubini mag'lubiyatga uchratib, Sapata "Atalanta" tarixidagi rekord natijani qayd etdi: unga qadar hech kim ketma-ket 9 o'yinda gol urmagan edi.

8. Duvan Sapata doim karerasini birinchi o'ringa qo'ygan. Masalan, u sevgilisi Noraga 12 yanvar kuni uylangan. Nega aynan qishda deb hayron bo'layotgandirsiz?! Sababi, futbolchi to'y tufayli bitta ham bahsni o'tkazib yuborishni istamagan. SHuning uchun, qishki tatil uylanish uchun eng qulay fursat deb hisoblagan.

9. Ko'pchilik "Milan" himoyachisi Kristian Sapata bilan Duvan Sapatani adashtiradi. Bazilar shunchaki familiyasi bir xil deydi. Tasodiflar tasodifan bo'lmaydi deganlaridek, ular aka-ukadek bir-biriga o'xshaydi. Siz-chi nima deb o'ylaysiz, ular o'xshashmi?!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика