Duvan Sapata: “Atalanta”dan ketish haqida o'ylayotganim ham yo'q”
18 jan 2020 09:28
Yangiliklar


Duvan Sapata: “Atalanta”dan ketish haqida o'ylayotganim ham yo'q”
Kolumbiyalik hujumchi Bergamoda uzoqroq qolmoqchi.
“Men bu erda baxtliman. “Atalanta” meni o'ziga maftun etdi. Gasperini — juda yaxshi inson. U bilan ishlash yoqimli. Bu erdan ketish haqida umuman o'ylayotganim yo'q. Biroq futbolda hech qachon “hech qachon” deb bo'lmaydi. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Ammo men bor diqqat etiborimni klub bilan muvaffaqiyatlarga erishishga qaratganman”, — deydi Sapata.
Avvalroq futbolchining MYUga o'tishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar