

“Men bu yerda baxtliman. “Atalanta” meni o'ziga maftun etdi. Gasperini - juda yaxshi inson. U bilan ishlash yoqimli. Bu yerdan ketish haqida umuman o'ylayotganim yo'q. Biroq futbolda hech qachon “hech qachon” deb bo'lmaydi. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Ammo men bor diqqat e'tiborimni klub bilan muvaffaqiyatlarga erishishga qaratganman”, - deydi Sapata.
Avvalroq futbolchining MYUga o'tishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.


