So’nggi yangiliklar

03:05"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув  119 02:22Элит ОЧЛ. Саудияда голлар шоуси, Нуньеснинг бенефиси ва Ироқда супер камбэк  1 01:46Англия Кубоги. 1/8 финал жуфтликлари маълум бўлди  1 01:25"Мақсадимиз — қасос эмас, Чемпионлар Лигасида ғалаба қозониш!" — Арбелоа "Бенфика" билан ўйин олдидан  0 00:41Моуринью: "Эҳтимол, мен "Реал"дан истеъфога чиқарилмаган саноқли мураббийлардан биридирман"  2 00:22Расман: Азиз Турғунбоев — «Андижон» футболчиси  8 23:54Расман: "Навбаҳор" икки легионер билан шартнома имзолади  4 23:40"Ўзлари симуляция қилиб, энди ахлоқдан дарс беришяпти!" — Милан мэри Кьеллини ва Дель Пьерони "ерга туширди"  3 23:00Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади  96 22:37Шармандалик: Туркияда мухлислар ҳакамнинг бошига велосипед билан зарба беришди!  7 22:33Расман: Жасур Ҳакимов — "Металлург" футболчиси!  0 22:12Назорат баҳси. "Сўғдиёна" - "Динамо" Батуми 2:0  0 21:43"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди  46 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  4

Dushan Savich: "Paxtakor"ga qaytishni istayman" Yangiliklar

Dushan Savich: "Paxtakor"ga qaytishni istayman"

Toshkentning "Paxtakor" klubida serbiyalik Dushan Savich juda qisqa vaqt faoliyat olib borganidan barchaning xabari bor.

Dushan faoliyati davomida ilk bor Serbiya klubida o'ynamoqda. Hujumchi Serbiyaning "Zemun" jamoasi bilan yil boshida shartnoma tuzgan. Biz Dushan bilan bog'lanib "Paxtakor"dagi damlari va faoliyati borasida suhbatlashdik.

- Dushan avvalam bor assalomu aleykum.

- Vaaleykum assalom.

- Dushan "Paxtakor" haqidagi yangiliklarni, sobiq jamoangiz ishtirokidagi o'yinlarni kuzatib boryapsizmi?

- Men har doim "Paxtakor"ni kuzatib boraman. Lekin so'nggi paytlarda biroz vaqtim tig'iz bo'lgani uchun kamroq etibor beryapman.

- "Paxtakor" jamoasida o'tkazgan damlaringizni qanday yodga olasiz?

- Men o'zimni "Paxtakor" tarkibida juda ham baxtli his qilganman. Faoliyatimda "sherlar" bilan biroz ko'proq vaqt qolmaganimdan afsusdaman. Bor yo'g'i 4 oy "paxtakor" jamoasi safida to'p tepganman. Men "Paxtakor" va poytaxtingiz Toshkent shahrini hech qachon unutmayman. Mana shunday boy tarixga ega jamoa safida faoliyat olib borganimdan xursandman. U erda barcha narsa meni qoniqtirgan. Jamoa tarkibida yaxshi o'yinlarnimni o'tkazganman, raqiblar darvozasiga gollar urganman. Men "Paxtakor" tarkibida ko'proq vaqt ushlanib qolishni xohlagandim, afsuski bunday bo'lishini taqdir istamadi.

- Agarda sizga O'zbekiston jamoalaridan taklif bo'lsa, chorlovni qabul qilasizmi?

- Agarda yaxshi taklif bo'lsa, nima uchun qabul qilmasligim kerak? O'zbekistonda ko'proq texnikaga tayanilgan futbol o'ynashadi. Bu esa menga yoqadi. Men Serbiya chempionatida ishtirok etuvchi "Zemun" jamoasi bilan yozgacha shartnoma imzoladim. Faoliyatim davomida birinchi marotaba Serbiya super ligasida ishtirok etayapman. Oradan 14 yil o'tgandan so'ng vatanimga qaytdim.


- Yuqorida yaxshi taklif bo'lsa O'zbekistonga qaytishim mumkin, deya fikr bildirdingiz. "Lokomotiv" yoki "Bunyodkor" sizni chorlasa ikkilanmasdan Toshkentga tashrif buyurasizmi?

- Agarda O'zbekiston chempionati grandlaridan chorlov bo'lsa juda ham xursand bo'lardim. Lekin, ko'proq "Paxtakor"ga qaytishni istayman.

- Ayni damda "Paxtakor" jamoasini SHota Arveladze boshqarmoqda. Bundan xabaringiz bo'lsa kerak?

- Albatta, xabarim bor. SHota Arveladze ajoyib futbolchi bo'lgan. Hozirgi kunda juda ham yaxshi mutaxassislardan biri.

- Siz "sherlar bilan OCHL musobaqasida ishtirok etgansiz. "Paxtakor" bu yilgi OCHL musobaqasini "pley-off" bosqichida tark etdi. Bundan ham xabaringiz bo'lsa kerak?

- Men sobiq jamoamni guruh bosqichiga chiqa olmaganini sizdan eshityapman. "Paxtakor" Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Bu yilgi OCHL musobaqasi guruh bosqichiga chiqa olmagani men uchun yomon holat. Ammo bu futbol. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin.

- Hozir ham avvalgi darajangizdek futbol o'ynay olasizmi?

- Albatta, o'ynay olaman. Ayni damda 32 yoshdaman. Bu shunchaki raqamlar. Lekin o'zimni juda ham yaxshi his qilyapman.

- "Paxtakor"dan ketganingizdan so'ng, O'zbekistonning boshqa jamoalaridan takliflar bo'lganmi?

- Jiddiy taklif bo'lganini eslay olmayman. "Paxtakor"ni tark etganimdan so'ng Ukraina chempionatida o'ynadim, undan so'ng Qozog'istondan yaxshi taklif bo'ldi.  



DUSHAN SAVICH HAQIDA QISQACHA MA'LUMOT

Tug'ilgan yili - 1985 yil 1 oktyabr

Fuqaroligi - Makedoniya, Serbiya

Bo'yi - 177 sm

Vazni - 69 kg

Poziciyasi - Hujumchi

Hozirgi klubi - "Zemun" (Serbiya)

O'ynagan jamoalari - "Belasica", "Pobeda", "Vardar", "Rabotnichki", "Brashov", "Inchxon Yunayted", "Paxtakor" ,"Volin", "Goverla", "Kaysar", "Slaviya", "Jetisu", "Tobol", "Aktobe". Dushan Savich ayni damda "Zemun" jamoasida faoliyat olib bormoqda.



MILLIY TERMA JAMOADAGI FAOLIYATI

Makedoniya milliy terma jamoasida 2007 yildan 2013 yilga qadar faoliyat olib borgan



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика