So’nggi yangiliklar

02:17ЖЧ-2026 саралаши. Нидерландия ва Австрияда ғалаба, Албания ва Сербия ўртасидаги баҳсда ҳисоб очилмади  1 01:17Флик 36 ёшли футболчини "Барселона"да кўрмоқчи  5 00:03ЖЧ саралаши. Англия Андоррага биттагина гол ура олди  4 23:26Гарначо МЮни тарк этади. Вингерга қайси клублар қизиқмоқда?  2 22:50Дембеле жароҳат олди  0 22:07"Барселона" тер-Штегендан қутулишни истамоқда  6 21:59Назорат ўйини. "Насаф" - "Сўғдиёна" баҳсида 7та гол урилди  1 21:40Григорий Колосовский: "Биз жуда ёмон ўйнадик. Рақиблар ғалабага яқин эди"  2 21:20Айбек Нурбаев: "Биз икки очко йўқотдик"  1 20:55Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Қатар терма жамоаси сафида ўзгариш  24 20:25"Локомотив" меҳмонда "Жайхун"ни мағлуб эта олмади  4 19:58"Реал" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга киришиши мумкин  3 19:14"Фенербахче" Де Брюйне учун курашга қўшилди  5 18:27Расман: "Интер" 25 млн евролик трансферни амалга оширди  2 17:56ПФЛ: Ўзбекистоннинг 17 та клуби ОФК лицензиясига эга чиқди  1

Dunyoning eng yaxshi 10ta tayanch yarim himoyachisi Yangiliklar

Dunyoning eng yaxshi 10ta tayanch yarim himoyachisi

Maydonda tinmay mehnat qiladigan, ammo ko'pincha "soyada" qolib ketadigan futbolchilar kam emas.

Futbol olami birgina futbolchi u bilan o'yindagi muvozanatni yo'qotish tufayli, tarkibda ko'plab yulduzlar bo'lishiga qaramay, omadsizlikka uchraganiga ko'p bor guvoh bo'lgan. Eng yorqin misol sifatida hayolga birinchi bo'lib "Real"ning Klod Makelele bilan xayrlashgani kelaveradi. Bu yo'qotishdan so'ng "galaktikos"ning sovrinlarni "taxlab tashlash" rejasi barbod bo'lgandi. O'tgan vaqt davomida himoyaga yaqin harakat qiluvchi yarim himoyachining roli ancha o'zgargan bo'lsa-da, jamoasi uchun tayanch vazifasini bajaruvchi tayanch yarim himoyachilari hamon muhim figuralardan biri bo'lib qolgan.


10-o'rin. Ruben Nevesh ("Vulverxempton"; Portugaliya)

Nevesh hali yosh bo'lishiga qaramay, "Portu"dan "Vulverxempton"ga ko'chib o'tdi, lekin APLda yo'qolib qolmadi. Bunda klubdagi "portugalcha muhit" o'z rolini o'ynagan bo'lsa ajabmas. Ikki yarim yil davomida Ruben chempionatning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biriga aylana oldi. Nunu Eshpiritu Santu shogirdi xizmatlariga ko'plab top klublar qiziqib qolgan: "Real", "Yuventus" va "Manchester Yunayted" ro'yxatning boshida turishibdi. Portugaliyalik futbolchi endigina 23 yosh ekanligini hisobga olsak, uni hali biror-bir top-klubda ko'rsak ajabmas.


9-o'rin. Rodri ("Manchester Siti"; Ispaniya)

Rodrigo Ernandes 23 yoshda va hozirning o'zida top-klubda. Etiborlisi, bu uning faoliyatidagi ikkinchi jiddiy klub: 2018 yil yozida ispaniyalik "Vilyarreal"dan "Atletiko"ga 25 million evro evaziga ko'chib o'tdi, yana bir yil o'tib esa "Manchester Siti" futbolchi uchun uch barobar ko'proq mablag' to'ladi. Rodri — Xosep Gvardiola sxemalaridagi eng muhim futbolchilardan biri, APL rekordlarini yangilashni boshlab ulgurdi, lekin hali o'zining imkoniyatlarini to'liq ochib bera oldi deb bo'lmaydi: Rodri hali ancha o'sa oladi.


8-o'rin. Marcelo Brozovich ("Inter"; Xorvatiya)

Xorvatiyalik tinmay mehnat qilishi orqali o'nlikka kirdi. Bu mavsum Antonio Konte qo'l ostida harakat qilyapti va murabbiy Brozovichni Pirlo bilan solishtirmaslikni so'ramoqda. Marcelo orqaroqda harakat qilsa-da, klassik tayanch yarim himoyachi emas. SHu bilan birga, u qaysi jihatlarda o'yinini kuchaytirishi kerakligini yaxshi biladi: himoyaviy harakatlarda hali o'z ustimda ko'p ishlashim kerak. Sinchkov bo'lishim lozim, men ko'prog'iga qodirman. Bazan to'pni oddiy vaziyatda yo'qotishim bor gap, shu jihat ustida yana ishlashim shart.


7-o'rin. Jorjino ("CHelsi"; Italiya)

Asli braziliyalik futbolchi xalqaro arenada Italiya bayrog'i ostida to'p tepadi. "Stemford Bridj"ga Mauricio Sarri bilan birga kelgandi, ammo murabbiydan ko'proq vaqtga klubda qoldi. Frenk Lempard Jorjinoni tayanch yarim himoyachi nuqtasida o'ynayotgan bo'lsa-da, Brozovich va Rodri kabi aslida yashirini dispetcher vazifasini bajaradi.


6-o'rin. Tomas Partey ("Atletiko"; Gana)

Bu yigitning o'yinlarini ko'rar ekansiz, agar u "Atletiko"da emas boshqa bir jamoada o'ynaganda bundanda ochilib ketarmidi deb o'ylab qolasiz. Partey maydonda juda katta ko'lamdagi ishni bajara oladi. Ustiga-ustak, afrikalik nafaqat to'pni olib qo'yishda foydali, hech bo'lmasa "Liverpul" bilan o'yinda bir necha bor dribling evaziga o'yinni "Atletiko" darvozasidan uzoqlashtirgandi. Tomas jamoa mexanizmning muhim detali bo'la olishini isbotladi va uni futbolchilarga ko'proq erkinlik taqdim etiladigan jamoada ko'rish qiziq bo'lardi.


5-o'rin. Fabino ("Liverpul"; Braziliya)

"Liverpul"ga birdaniga kirishib keta olmagan bo'lsa-da, vaqt o'tishi bilan raqib hujumlarini buzishga usta braziliyalik Yurgen Klopp jamoasida o'z o'rnini topa oldi. Uzun oyoqli Fabino istalgan raqibga muammo tug'dira oladi, SHu bilan birga, Fabinoning o'zi ham kezi kelsa oldinga o'tib, kuchli zarba berib qolishi mumkin. Kuzda "qizillar" "Manchester Siti"ni mag'lub etgan bellashuv aynan Fabinoning golidan boshlangandi.


4-o'rin. Serxio Buskets ("Barselona»"; Ispaniya)

"Barselona" yarim himoyachisini ortiqcha tariflash shart emasdek: biz jahon va Evropa chempioni, CHempionlar Ligasining bir necha karra g'olibi haqida gapiryapmiz. Ha, Serxio yaqinda 32 yoshga to'ladi va faoliyatidagi eng yaxshi o'yinlarini o'tkazib bo'ldi. Lekin u tajriba va aql evaziga hamon eng yaxshilar qatoridan joy egallamoqda.


3-o'rin. Yozua Kimmix ("Bavariya"; Germaniya)

Iqtidorli futbolchi barcha jabxada iqtidorli. Kimmix o'ng qanot himoyasida faoliyatining malum vaqtini o'tkazdi, ammo bu mavsumdan maydon markaziga ko'chib o'tdi. O'yinni o'qish qobiliyati, to'p uchun kurashda faol va "Bavariya" hujumlarini boshlab bermoqda. Total universallik, bazan Yozuaga ortiqcha bosh og'riq tug'dirayotgandek ham tuyuladi. U bir nuqtani tanlab, bor etiborini jamlasa, dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'la olarmidi...


2-o'rin. Ngolo Kante ("CHelsi"; Franciya)

So'nggi vaqtlardagi qiyinchiliklarga qaramay, Kante hamon dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri. Francuz hattoki, shu ro'yxatda ham ajralib tura olmoqda: u jamoa hujumini boshqaruvchi, odatiy markaziy yarim himoyachi ham, yorqin "buzuvchi" ham emas. Kante — chaqqon va to'p uchun kurashda eng yaxshilaridan biri bo'lib, o'yinni juda yaxshi his qiladi. SHu sababli u juda katta hududni nazorati ostida ushlab tura oladi va zarur pallada, kerakli nuqtada paydo bo'ladi. 


1-o'rin. Kazemiro ("Real"; Braziliya)

Bir qarashda yo'q joydan paydo bo'lgan super-o'yinchi. Etti yil avval Kazemiro "San-Paulo"dan "Real"ga 6 million evro evaziga ko'chib o'tdi. Asosan "Kastilya" tarkibida maydonga tushib, ko'p shirinlik tanovvul qilardi. Ammo keyin "Portu"ga ijaraga bordi, o'z ustida ishladi va "Real"ga asosiy tarkib uchun kurashish maqsadida qaytdi. Kazemiro ajoyib sifatlar jamlanmasidir: u jismonan baquvvat va "qora mehnat"dan qochmaydi, taktik jihatdan aqlli, o'zining kuchli va nisbatan kuchsiz tomonlarini biladi. SHu bilan birga, Karlosda vaziyatni his qilish, sezish qobiliyati mavjud. U "Real"ni ko'p marta qutqargan: muhim pallalarda gol urgan va kerak pallalarda goldan qutqarib qolgan.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика