So’nggi yangiliklar

17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  18 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   16 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  11 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2

Dunyoning eng qimmat darvozaboni masxara qilinadigan o'yinchiga aylangandi. Murabbiy o'zgarishi esa unga faoliyatini qayta tiklashga yordam berdi Yangiliklar

Dunyoning eng qimmat darvozaboni masxara qilinadigan o'yinchiga aylangandi. Murabbiy o'zgarishi esa unga faoliyatini qayta tiklashga yordam berdi

Kepaning "jonlanishi".

Tibo Kurtua "CHelsi" bilan chiroyli xayrlashmay, 2018 yilning yozida baribir "Real"ga ketgandan so'ng, "ko'klar" unga tezda o'rinbosar topishdi. "Atletik"dan Kepa Arrisabalaganing katta transferi amalga oshirildi: o'sha paytda 23 yoshli darvozabon uchun 80 million evro to'landi va bu baskni futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylantirdi. Biroq, "CHelsi"da ko'p tanlov yo'q edi – aynan shuncha pul Kepaning shartnomasida tovon puli sifatida yozilgan edi, bu esa avgust oyining boshi va yangi mavsum boshlanishiga oz muddat qolgan paytga to'g'ri keldi.

Keyingi to'rt yilda Arrisabalaga tanqidlar, hazillar va har xil trollar uchun obekt bo'ldi. Eng shov-shuvli voqea Londondagi birinchi yildayoq sodir bo'ldi. U "Manchester Siti"ga qarshi Liga Kubogi finalida penaltilar seriyasi oldidan almashtirishlarini rad etdi va yakunda uni yutqazdi. Kepaning o'yini muvaqqafiyatli chiqmadi, vaqti-vaqti bilan ijtimoiy tarmoqlarda uning juda qo'pol xatolari "aylandi".

Masalan, bu "Luton"ga qarshi 2021 yilning yanvarida bo'lib o'tgan Angliya Kubogi o'yini.




Xatolar hammada bo'ladi. Kepa esa APL top-klubi darajadasidagi darvozabon olishi kerak bo'lgan zarbalarni "o'tkazib yubordi". Xo'sh, bask 2019/20 yilgi mavsum chempionat yakuniga ko'ra o'ziga aniq yo'llangan zarbalarning faqatgina 54,5%ini qaytardi, – bu ligadagi barcha darvozabonlar orasida va 2003/04 yilgi mavsum Opta kompaniyasi statistikani yuritganidan keyingi eng yomon natija. Boz ustiga, Kepaning "Stemford Bridj"dagi birinchi yilida bu ko'rsatkich 67,5 foizni tashkil etgan (Bilbaodagi so'nggi mavsumda 68,2% edi).

"Unda ishonchni shakllantirishga harakat qilishimiz kerak, chunki darvozabonning o'yini ko'p jihatdan o'ziga bo'lgan ishonchiga bog'liq. O'ziga bo'lgan ishonch darajasini qanday baholash mumkin? Bilmayman..." – dedi "Liverpul"ga qarshi sentyabr oyidagi o'yindan so'ng o'sha paytdagi "CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard. Kepa o'sha o'yinda to'pni Sadio Manega sovg'a qilgan holda, navbatdagi xatoga yo'l qo'ydi, "ko'klar" esa 0:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.




Albatta, yorqin lahzalar ham yo'q emas. Masalan, "Ayntraxt"ga qarshi 2018/19 yilgi mavsum yarim finalda penaltilar seriyasini yutdi, jumladan Martin Xinterregerning "panenka"sini qaytardi. Yoki o'tgan yilning yozida "Vilyarreal"ga qarshi Evropa Superkubogi o'yinida penaltilar seriyasiga chiqib, "CHelsi"ga sovrin taqdim etganini qayd etish mumkin. SHundan o'ng "ko'klar"ning o'sha paytdagi bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Liverpul"ga qarshi 2022 yilning fevral oyidagi Liga Kubogi o'yinida tryukni takrorlashga qaror qildi va Kepaning o'yindan keyingi penaltilarga tushirdi. Ammo, u o'n bir zarbadan birortasini bartaraf qila olmadi, o'zining zarba berish imkoniyati kelganda esa to'pni darvozadan yuqoriga tepib yubordi. Qayg'uli latifa.

Umuman, "CHelsi" ikki yil oldin Eduar Mendini xarid qilganda, hech kim hayron qolmadi. Senegallik ilk mavsumni ajoyib o'tkazdi. U CHempionlar Ligasidagi g'alaba evaziga UEFA va FIFAdan eng yaxshi darvozabon mukofotlarini oldi. Kepa esa sekingina "juda ko'p pul to'langan, ammo umidlarni oqlamagan o'sha yigit" toifasiga o'tdi.



Barchasi "CHelsi"ga Grem Potter kelganidan so'ng o'zgardi. Uning Kepaga imkoniyat berishini taxmin qilish mumkin edi, sababi u Mendidan baribir oyoqda o'ynashda kuchliroq, shuningdek senegallik ushbu mavsumni o'rtacha boshladi. Ha, shuningdek klubda murabbiy o'zgargan payt kichik jarohat ham oldi. SHunday ekan, Potterda Kepani tarkibga qo'yishdan boshqa tanlov yo'q edi.

"CHelsi" "Zalcburg" bilan CHempionlar Ligasi (1:1)da durang o'ynadi, so'ngra APLda "Kristal Pelas" (2:1)ga qarshi g'alaba. Mendi jarohatdan tiklangandan so'ng Potter hech narsani o'zgartirmaslikka qaror qildi va Kepani "Milan" (3:0)ga qarshi o'yinga qo'ydi. SHundan so'ng bask ketma-ket to'rtta quruq o'yin o'tkazdi.

Yakun: 7ta o'yin, mag'lubiyatlarsiz, atigi ikkita o'tkazib yuborilgan to'p va beshta "quruq" o'yin, qaytarilgan 90,9% zarbalar. Ayniqsa, "Aston Villa"ga qarshi o'yin ajoyib chiqdi – ettita seyv.




"Hozirda o'zimni to'psiz va zarbalarni qaytarishda juda ishonchli his qilyapman. Bu shunchaki ajoyib tuyg'u, jamoaga yordam kerak bo'lganda yordam bera olishing ajoyib. Har bir o'yinchiga kuchiga bo'lgan ishonch kerak, bu har bir muvaffaqiyatli o'yin bilan keladi. Darvozabon uchun esa bu juda ham muhim, sababi o'yinda ko'p narsalarni kuzatish kerak, bu mashg'ulotlardagidek emas. Hozirda o'zimga bo'lgan ishonch bor, barchasi yaxshi ketmoqda, ammo sekinlashmaslik va ishlashda davom etish kerak", – dedi Kepa "Brentford"ga qarshi o'yindan so'ng. Bu ispan uchun ketma-ket beshinchi "quruq o'yin" bo'ldi.

Kecha "CHelsi" o'z maydonida "Manchester Yunayted" (1:1) bilan durang o'ynadi. "Ko'klar" 90+4da Kazemironing bosh bilan urgan goli sabab g'alabani qo'ldan chiqarishdi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика