So’nggi yangiliklar

23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  52 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  832 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (50-41-o'rinlar) Yangiliklar

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (50-41-o'rinlar)

Teglar :  Reyting
"Goal" nashri dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.

50. YASIN ADLI

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 29 iyul, Franciya
Poziciyasi: Hujumkor yarim himoyachi
Jamoasi: PSJ (Franciya)

O'tgan yilgi 17 yoshgacha bo'lgan jahon chempionati yulduzlaridan biri, PSJ akademiyasining eng yorqin vakili. Adli PSJning asosiy tarkib futbolchisi Adrien Raboga juda o'xshaydi, ammo 17 yoshligidayoq jismoniy va ruhiy holati juda kuchli ekanligini ko'rsatib bo'ldi. Uning o'yinlariga bir necha grand jamoalardan qiziqishlar bor.

49. ALAN

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 8 mart, Braziliya
Poziciyasi: Yarim himoyachi
Jamoasi: "Palmeyras" (Braziliya)

Uning bo'yi uzun, baquvvat futbolchi emas, biroq juda qobiliyatli. CHiroyli to'p oshirishlari, maydonni ko'rish sifatlari juda yaxshi rivojlangan. Buni u 17 yoshgacha bo'lganlar jahon chempionatida ko'rsatib berdi. Ayni damda u "Palmeyras" tarkibida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lib bormoqda. Uni "Real" o'z tarkibida ko'rishni istayotgani borasida malumotlar tarqalgandi.

48. ETAN AMPADU

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 14 sentyabr, Angliya
Poziciyasi: Yarim himoyachi
Jamoasi: "CHelsi" (Angliya)

Ampadu 17 yoshga kirgan bo'lsa-da, uni etuk futbolchi deb atasa bo'ladi. U bir mavsumning o'zidayoq "CHelsi" hamda Uels milliy terma jamoalari safida debyut qilishga erishdi. U yozda "Ekseter" jamoasidan "CHelsi" safiga ko'chib o'tgandi. Uning o'yinlariga baho bergan insonlar bo'lajak David Luisni ko'rishmoqda.

47. MIRKO ANTONUCHCHI

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 11 mart, Italiya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Roma" (Italiya)

Bruno Kontining eng sevimli futbolchisi. "Roma" A seriya chempionligi uchun kurashayotgan vaqtda 18 yoshli futbolchiga yuqori ishonch bildirmoqda. U bu mavsumning o'zida 28 uchrashuvda maydonga tushdi. Mirko "Roma" safidagi debyut "Sampdoriya"ga qarshi bahsida golga hammualliflik qilgandi.

46. YAN-FETE ARP

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 6 yanvar, Germaniya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Gamburg" (Germaniya)

18 yoshli futbolchi bu mavsumda "Gamburg" tarkibida 18 uchrashuvda qatnashib, 2 bora gol ham kiritgan. U o'yinga tushganda raqib himoyachilariga tinim bermaydi. O'zidan anchagina katta, tajribali raqiblari bilan tengma teng kurashadi. U tug'ma hujumchi. O'z ustida ishlasa, yuqori maqsadlarni ko'zlasa bo'ladi.

45. ESEKEL BARKO

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil, 29 mart, Argentina
Poziciyasi: Yarim himoyachi
Jamoasi: "Atlanta Yunayted" (AQSH)

Kechagina tug'ilgan kunini nishonlagan futbolchini MLS jamoasi 12,2 mln evroga transfer qildi. Hozircha u yangi jamoasi tarkibida maydonga tushgani yo'q, biroq u "Independente"da o'ynaganida jamoasining "Sudamerikan Kubogi"ni qo'lga kiritishida muhim futbolchi bo'lgandi. Uni MLSda yulduzli onlari kutib turgani shubhasiz.

44. BRENNER

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 16 yanvar, Braziliya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "San Paulo" (Braziliya)

18 yoshli futbolchi uchun Evropaning top-klublari 50 mln evro sarflashga tayyor turishibdi. Biroq yosh iqtidor egasini "San Paulo" sotib yuborgisi kelmayapti. Uning texnikasi yuqori. 17 yoshlilar mundialida Brenner qanday mahoratga ega ekanligini ko'rsatgandi.

43. RIAN BRYUSTER


Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 1 aprel, Angliya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Liverpul" (Angliya)

"Liverpul" akademiyasining eng yaxshi vakillaridan biri. U bo'lajak yulduz, bo'lajak Luis Suares. Albatta, hali u APLda ko'rinish bermagan, biroq jamoaning ikkinchi tarkibida yorqin o'yin namoyish etmoqda. U birinchi divizionda 11 uchrashuv o'tkazib, 5 gol kiritdi. Albatta, o'sib kelayotgan yosh avlod uchun bu natija - juda yaxshi.

42. TAXIT CHONG

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 4 dekabr, Kyurasao
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Manchester Yunayted" (Angliya)

MYUning 18 yoshgacha bo'lgan tarkibining asosiy figurasi. "Feyenoord" uni sotib olib, muntazam o'yin amaliyoti berishga tayyor turgandi. Uning o'yinlarini Robben bilan tenglashtirishmoqda. U ham Robben kabi chapaqay va xuddi u kabi o'yin uslubiga ega. O'zi esa Fellayniga o'xshaydi.

41. FAKUNDO KOLIDIO

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 4 yanvar, Argentina
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Inter" (Italiya)

"Inter" 18 yoshli iqtidorni sotib olish uchun 7 mln evro sarfladi. Bu futbolchini "Yuventus" va "Manchester Siti" ham o'z tarkibida ko'rishni istagandi. Hozircha futbolchi tajriba orttirish uchun Milan jamoasining 18 yoshgacha bo'lganlar tarkibi to'p tepmoqda. Keyingi mavsumlardan u Mauro Ikardi bilan qattiq raqobat qilishiga ishonishmoqda.

(Davomi bor)

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика