So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  6 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  4 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  37 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  33 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9

Dunyodagi eng qadimiy 10 ta klub Yangiliklar

Dunyodagi eng qadimiy 10 ta klub

Futbol dunyodagi eng qadimgi sport turlaridan biri bo'lsa ham, bunday darajaga etishida ushbu betakror o'yin tarixiga o'z hissasini qo'shgan son-sanoqsiz tarixiy klublarga bog'liq.

SHu bois hozirda mavjud dunyoning eng qadimgi 10 ta futbol klubini yodga olishni lozim topdik. Hatto Angliyaning bugungi kundagi eng qimmat futbolchisi ushbu klublardan birida to'p tepgan.


10. "Wrexham FC", 1864


Uels klubi dunyodagi eng qadimiy klublardan biridir.

"Ajdarlar" 1864 yilda tashkil topgan bo'lib, asosan o'rtoqlik o'yinlari va mahalliy turnirlarda qatnashgan. Hozirda Angliya Milliy ligasida ishtirok etadi. 


9. "Royal Engineers Association FC", 1863


Qirollik muhandislar associaciyasini professional klub deb atash mumkin bo'lmas, lekin o'yinchilar o'z jamoasi bilan faxrlanadi.

"Harbiylar" laqabli klub 1863 yilda mayor Frensis Marindin tomonidan tuzilgan va jamoa kombinacion o'yinni afzal ko'radi. 


8. "Civil Service FC", 1863


Davlat xizmatchilari jamoasi 1863 yilda tashkil topgan va Angliya FAni tashkil etgan 11 ta klub qatoriga kirgan.

London klubi hozirda Janubiy havaskorlar ligasida o'ynaydi. Ilgari jamoa futbol va regbi bilan faoliyat olib borgan bo'lsa, keyinroq faqatgina futbol bilan mashg'ul bo'lgan.

Klub 2013 yilda Bukingem saroyida FAning 150 yilligini nishonlash uchun faxriy uchrashuv o'tkazgan.


7. "Stoke City FC", 1863


"Kulollar" 1863 yilda tashkil topgan eng qadimgi Premer-liga klublaridan biridir.

"Stok Siti" maxsus maktab-internat azolari tomonidan tashkil etilgan va dastlab "Stok Ramblers" deb nomlangan, keyinchalik 1928 yilda uning nomi "Stok Siti"ga o'zgartirilgan.

Klub hozirda 1997 yilda foydalanishga topshirilgan "bet365" stadionida o'ynaydi.


6. "Notts County", 1862


Notts okrugiga qarashli klub 1862 yilda tashkil etilgan. Jamoa hozirgacha 4750 dan ortiq o'yin o'tkazgan, bu boshqa ingliz klublariga qaraganda ko'proq. Hatto tarkibda hozirda Angliyaning barcha davrlardagi eng qimmat futbolchisi Jek Grilish (2013/14 yilgi mavsum) to'p tepgan!


5. "Cray Wanderers FC", 1860


"Cray Wanderers FC" London futbol klubi hisoblanadi.

Jamoa 1860 yilda tashkil etilgan va Londondagi eng qadimgi klub hisoblanadi.

"Cray Wanderers FC" taxminan 5000 kishini o'z bag'rigasig'dira oladigan "Hayes Lane" stadionida to'p tepadi va ulkan muxlislar bazasiga ega. Klub hozirda Istmian Ligasi Premer-divizionida o'ynaydi.


4. "Hallam FC", 1860


SHeffildda joylashgan klub 1860 yilda tashkil topgan va hozirda SHimoliy grafliklar SHarqiy Ligasi Birinchi divizionida o'ynamoqda.

"Hallam FC" Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng qadimgi futbol stadioni sifatida etirof etilgan "Sandygate Road"da to'p tepadi.


3. "Lima CFC", 1859


Ajablanarli tuyulishi mumkin, biroq 1859 yilda tashkil topgan Perudagi kichik jamoa dunyodagi eng qadimgi klublardan biri hisoblanadi.

"Lima CFC" ham futbol, ham kriket sport turiga ixtisoslashgan bo'lib, futbol jamoasi hozirda San-Isidro tumanining mahalliy ligasida o'ynaydi.

Klubni ingliz muhojirlari tashkil etgani taxmin qilinmoqda. Garchi klub mavqeiga ega bo'lmasa-da, boy tarixga ega.


2. "Cambridge University AFC", 1857


AQSHda joylashgan klub 1857 yilda tashkil topgan, biroq universitet rasmiylari klub ushbu sanadan bir yil ilgari tashkil topgan deya davo qilishmoqda.

Kembrij universiteti associaciyasi futbol klubi Fenner maydonlari nomi bilan ham dovrug' qozongan "Grenj Road" stadionida o'ynaydi. Maydon atigi 1000 kishini o'z bag'riga sig'dira oladi.


1. "Sheffield FC" – 1857


"SHeffild FK" dunyodagi eng qadimgi futbol klubi bo'lib, mahalliy muxlislar bundan juda faxrlanadilar.

Klub hozirda SHimoliy Premer-liganing Janubiy Birinchi divizionida o'ynamoqda.

"SHeffild" jamoasi 1857 yil 24 oktyabrda mahalliy kriketchilar tomonidan asos solingan. Klub hozirda 2000 dan ortiq kishini sig'dira oladigan "Coach and Horses Ground"da o'z uchrashuvlarini o'tkazadi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика