So’nggi yangiliklar

00:30Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз" (онлайн ҳисоб)  1 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:50АҚШдаги қонун Месси ва Альбага келганда ишламади  0 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   5 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2

Dunyodagi eng katta stadionlardan biri Koreyada - ammo unda hech qachon jahon futboli yulduzlarini ko'rmaymiz Yangiliklar

Dunyodagi eng katta stadionlardan biri Koreyada - ammo unda hech qachon jahon futboli yulduzlarini ko'rmaymiz

U yirik turnirlarning final bosqichiga mezbonlik qilishi mumkin edi.

Birinchi may stadioni Pxenyan shahrida joylashgan bo'lib, dunyodagi eng katta arena hisoblanadi. Stadionga bir vaqtning o'zida 150 ming kishi kirishi mumkin (bazi manbalar malumotiga qaraganda, 114 ming nafar). Koreyaning "Rungard" (arenaning norasmiy nomi) stadioni "gigantlar" reytingida ikkinchi o'rinni egallgan. Pragadagi "Stragovskiy" stadioni 220 ming nafar odamga mo'ljallangan bo'lsa-da, hozir faqatgina mashg'ulot bazasi sanaladi.


Qurilish

Arenaning qurilish ishlari 1986 yili jadal tempda boshlangandi. Yakunlash ishlari belgilangan muddatgacha tugatilishi lozim edi, Koreyadagi tartibni o'zingiz yaxshi bilasiz. Hammasi rejadagidek amalga oshdi. 1989 yilning 1 may sanasida stadionning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir Pxenyanda o'tkaziladigan o'n uchinchi Yoshlar va sport festivaliga to'g'ri keldi.


Futbol yulduzlari hech qachon o'ynamaydigan, lekin ko'plab qo'shiqlar kuylanadigan stadion

Kompleks magnoliya guli shaklida barpo etilgani uchun ham etiborni tortadi. 16 "arka"ga "tayanib" turadigan stadion tomlari xuddi ana shu gul barglari bilan o'ralgandek. Birinchi may stadionining balandligi taminan 60 metrni tashkil qiladi. Uni to'liq shaklda ko'rish uchun ancha balandga ko'tarilish lozim. SHuningdek, arenada ofislar, restoranlar, fitnes-markazlar va basseyn bor edi.

Ishonish qiyin, lekin arxitekturaning bu mo'jizasi o'z bag'riga 150 ming tomoshabinni sig'dira oladi va ularning bariga o'tirish uchun joy mavjud. Zamonaviy futboldagi vaziyatdan kelib chiqsak, fantastik natija! Bu "Kamp Nou" stadionidan 1,5 barobar katta.



Tanqidchilarning takidlashicha, bunday ulkan inshootda ballistik raketalarni uchirish uchun maxsus hudud ham bor. Biroq buni hech kim isbotlay olmagan.


Maqsadi

Birinchi may o'yingohi futbol bo'yicha SHimoliy Koreya terma jamoasi uy stadioni hisoblanadi. Biroq shimoliy koreyaliy futbolchilar bu erda doim ham to'p tepishmaydi. Arenada o'tkaziladigan asosiy tadbir — Ariran qo'shiqlar festivali. Festival ishtirokchilari turli sahna ko'rinishlari orqali o'z mamlakatlarining o'ziga xosligi va vatanparlikni madh etishadi.

2007 yil ishtirokchilar soni bo'yicha bayram hatto, Ginnes rekrodlar kitobiga kiritilgan. O'sha shouda taxminan 150 ming odam ishtirok etgan.


Qiziqarli faktlar

Ko'p sonli ishqibozlarni sig'dira olishidan tashqari, inshoot yana boshqa ulkan parametrlarga ega:

— Maydoni – 22,5 ming kvadrat metr;
— balandligi – 60 metr;
— memoriy inshoot kvadrati – 207 ming kvadrat metr.

Stadion qurilishiga, bazi malumotlarga ko'ra, deyarli 15 mln dollar sarflangan — bu pulga Azmunni sotib olsa bo'ladi. Qanchalik istasak ham, aniq raqamlarni hech kim bizga malum qilmaydi, shuning uchun faqatgina taxmin qilishimiz mumkin.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика